Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
🗣Termizda “Yoshlar – giyohvandlikka qarshimiz” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi bahslari bo‘lib o‘tdi

🇺🇿Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi hamda Termiz iqtisodiyot va servis universiteti tomonidan oliy ta’lim tashkilotlari talaba-yoshlari o‘rtasida e’lon qilingan “Yoshlar – giyohvandlikka qarshimiz!” respublika ko‘rik-tanlovining final bosqichi o‘tkazildi.

☑️Tadbirni Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ochib berib, yoshlar orasida giyohvandlikka qarshi kurashish, sog‘lom va faol hayot tarzini shakllantirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri ekanligini alohida ta’kidladi hamda ishtirokchilarga omad tiladi.

🏆Final dasturga muvofiq, respublikaning turli hududlaridan tashrif buyurgan 30 ta jamoa 4 ta shart: “Insho yozish”, “Rasm chizish”, “Qisqa videoroliklar” hamda “Sahna koʻrinishi” shartlari asosida bellashdi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/181162

#Giyohvandlik_tanlov

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10👍4
#xalqaro_hamkorlik

Yuta universiteti delegatsiyasi bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

 
18-iyun kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Oʻktam Salomov AQShning yetakchi tadqiqot universitetlaridan biri boʻlgan Yuta universitetining Xalqaro hamkorlik boʻyicha katta masʼul xodimi Rendi Makkrilis boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
 
Uchrashuvda taʼlim va ilm-fan sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish, muhandislik, konchilik, materialshunoslik hamda zamonaviy texnologiyalar yoʻnalishlarida qoʻshma taʼlim dasturlarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Delegatsiya tarkibida universitetning xalqaro hamkorlik, materialshunoslik va konchilik muhandisligi sohalaridagi rahbar va ekspertlari ishtirok etdi.

 
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/180740

👉На руcском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍10❤2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TalabaExpo2026

Farg'onada o‘tkazilgan “Talaba Expo – 2026” kasb ko‘rgazmasida 1800 nafardan ortiq talaba uchun ish o‘rni aniq bo‘ldi


2026-yil 18-iyun kuni, Farg'ona shahrida oliy taʼlim tashkilotlarining bitiruvchi talabalari uchun yirik ko‘lamdagi “TalabaExpo – 2026” kasb ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Ahmad al-Farg'oniy bog'ida tashkil etilgan ushbu tadbir “Kelajakka qadam” dasturi doirasida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, “Oʻzmilliybank” AJ, Savdo-sanoat palatasi, Farg'ona viloyati hokimligi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamkorligida o‘tkazildi.

Yarmarka doirasida ishtirokchilarga 200 ga yaqin korxona va tashkilotlar tomonidan  3000 dan ziyod bo‘sh ish o‘rinlari taqdim etildi.

👉На руcском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍6❤3
#Qabul2026 #Abituriyent #Statistika

Akademik litseyga qabul boʻyicha arizalar statistikasi


Akademik litseylarga 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonida 19-iyun soat 18:10 holatiga ko‘ra jami 18 373 ta ariza kelib tushdi.

📌Arizalar onlayn tarzda my.edu.uz platformasi orqali qabul qilinadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤7🔥1
#xalqaro_hamkorlik

TIIF–2026: Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida xalqaro hamkorlik uchrashuvlari oʻtkazildi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari O‘ktam Salomov ishtirokida bir qator muhum uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Batafsil: 👇

O‘zbekiston–Koreya hamkorligi: oliy ta’limda sun’iy intellekt bo‘yicha yangi loyiha yo‘lga qo‘yildi;

Governful bilan sun’iy intellekt asosidagi raqamli yechimlar muhokama qilindi;

Urganch davlat universiteti Xitoyning yetakchi universiteti va sanoat giganti bilan strategik kelishuv imzoladi.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11👍1😱1