Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik

Oʻzbekiston–Xitoy hamkorligi doirasida muhandislik taʼlimi va sanoat integratsiyasining yangi yoʻnalishlari muhokama qilindi


Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Oʻktam Salomov Xitoyning yetakchi sanoat kompaniyalaridan biri — XCHMG korporatsiyasi hamda Syuychjou texnologiya universiteti vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuvda Urganch davlat universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti, TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti va Innovatsion rivojlanish agentligi masʼullari ham ishtirok etdi.

Muloqot davomida Oʻzbekiston va Xitoy oliy taʼlim muassasalari oʻrtasidagi hamkorlikni kengaytirish, taʼlim, ilm-fan va innovatsiyalar sohalarida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, ishlab chiqarish bilan integratsiyalashgan taʼlim modellarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/181524

👉На руcском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤16👍3👏1
🗣“Yoshlar – giyohvandlikka qarshimiz” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari aniqlandi

18-19-iyun kunlari Termiz iqtisodiyot va servis institutida “Yoshlar giyohvandlikka qarshimiz” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Mazkur tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish uchun respublikaning turli hududlaridan 30 ta oliygoh jamoalari Termizga tashrif buyurib, 4 ta shart: “Insho yozish”, “Rasm chizish”, “Qisqa videoroliklar” hamda “Sahna koʻrinishi” shartlari bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.

🏆Umumiy natijalarga ko‘ra, g‘oliblar ro‘yxati bilan tanishing:

🥇Termiz iqtisodiyot va servis universiteti “Turun” jamoasi;
🥈Nukus davlat pedagogika instituti “Nur” jamoasi;
🥉Buxoro davlat universiteti “Umid” jamoasi;
🥉Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Iqtisodchilar” jamoasi.

🏆G‘oliblar diplom hamda mos ravishda 200, 150 va 100 million so‘m miqdorida pul mukofotlari bilan, nominatsiya g‘oliblari esa qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/181598

👉На руcском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤11👍5😁1