Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
🗣“Yoshlar – giyohvandlikka qarshimiz” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari aniqlandi

18-19-iyun kunlari Termiz iqtisodiyot va servis institutida “Yoshlar giyohvandlikka qarshimiz” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Mazkur tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish uchun respublikaning turli hududlaridan 30 ta oliygoh jamoalari Termizga tashrif buyurib, 4 ta shart: “Insho yozish”, “Rasm chizish”, “Qisqa videoroliklar” hamda “Sahna koʻrinishi” shartlari bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.

🏆Umumiy natijalarga ko‘ra, g‘oliblar ro‘yxati bilan tanishing:

🥇Termiz iqtisodiyot va servis universiteti “Turun” jamoasi;
🥈Nukus davlat pedagogika instituti “Nur” jamoasi;
🥉Buxoro davlat universiteti “Umid” jamoasi;
🥉Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Iqtisodchilar” jamoasi.

🏆G‘oliblar diplom hamda mos ravishda 200, 150 va 100 million so‘m miqdorida pul mukofotlari bilan, nominatsiya g‘oliblari esa qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/181598

👉На руcском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤11👍5😁1
Samarqandda sayyor qabul: fuqarolar murojaatlari tinglandi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Sardor Radjabov Samarqand viloyatida sayyor qabul oʻtkazib, fuqarolar, professor-oʻqituvchilar, talabalar hamda taʼlim tizimi xodimlari bilan ochiq muloqot qildi.

Qabul davomida oliy taʼlim tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, kontrakt toʻlovlari, talabalar oʻqishini koʻchirish, oliy taʼlimga qabul jarayonlari, ilmiy va innovatsion loyihalarni qoʻllab-quvvatlash, iqtidorli yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar qabul qilindi.

Har bir murojaat mutaxassislar ishtirokida atroflicha koʻrib chiqilib, fuqarolarga huquqiy va amaliy tushuntirishlar berildi. Shuningdek, murojaatlarda koʻtarilgan masalalarni hal etish yuzasidan tegishli masʼullarga aniq topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

#SayyorQabul #Samarqand

👉На руcском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9👍2🔥2👏1
NNT sohasida faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassislar uchun qoʻshimcha ustamalar joriy etilmoqda


“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 260-bandiga muvofiq, nodavlat notijorat tashkilotlari sohasida faoliyat yuritayotgan yosh va istiqbolli kadrlarni qoʻllab-quvvatlashning yangi mexanizmi joriy etilmoqda.

🔺TOP–200 va TOP–500 xalqaro reytingdagi xorijiy oliy taʼlim muassasalarini tamomlagan hamda NNTlarda ishlayotgan yosh mutaxassislarga lavozim maoshiga qoʻshimcha ustamalar toʻlanadi.

Ustamalar bakalavriat, magistratura va PhD darajalari boʻyicha belgilangan boʻlib, 3 yilgacha muddatga beriladi.

💻 Arizalar www.ngo.uz platformasi orqali qabul qilinadi.


Qoʻshimcha ustamalar miqdori va ularni olish tartibi haqida qisqacha maʼlumot infografikada☝️

#Oʻzbekiston2030_strategiyasi

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👍2🎉1
#xizmat_safari #Buxoro

Vazir BuxDUning yangi kampusi qurilishi bilan tanishdi

Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Buxoro viloyatiga tashrif buyurib, Buxoro davlat universitetining Sheyxon mahallasida bunyod etilayotgan zamonaviy kampus qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov tomonidan yangi kampus hududida amalga oshirilayotgan qurilish jarayonlari, loyihaning ustuvor yo‘nalishlari hamda zamonaviy infratuzilma yechimlari yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. Vazir kampus tarkibida barpo etilishi rejalashtirilgan o‘quv binolari, ilmiy laboratoriyalar, talabalar turar joylari, sport inshootlari, yashil hududlar va talabalar uchun yaratilayotgan qulay sharoitlar bilan tanishdi.

Batafsil

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤12👍7😁2🎉2🔥1