Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Qoraqalpog‘istonda “Bo‘lajak olim” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

2026-yilgi tanlovda saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan 11 nafar iqtidorli yoshga o‘z loyihalarini rivojlantirish va ilk prototiplarini yaratish uchun jami 1,09 milliard so‘m miqdorida grant mablag‘lari topshirildi.

Marosimda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri maslahatchisi, Innovatsiyalar ofisi direktori Akbarxon Sobirxonov ishtirok etdi.

Shuningdek, Innovatsiyalar ofisi tomonidan g‘olib loyihalarni amalga oshirish ishlari boshlandi. Loyiha mualliflariga innovatsion g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etish jarayonida zarur tashkiliy va ekspert ko‘magi ko‘rsatiladi.

📣 Eslatma: “Bo‘lajak olim” tanlovining navbatdagi mavsumi uchun arizalar qabuli davom etmoqda.

🗓 Arizalar 5-iyundan 5-iyulga qadar qabul qilinadi.

Innovatsion g‘oyangiz bo‘lsa, imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

#BoʻlajakOlim #Qoraqalpogʻiston
#Innovatsiya #Yoshlar #IlmFan #Yoshlarofisi

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🔥8❤4👍1
#hemis #yangi_versiyasi

❗️HEMIS tizimida amalga oshirilgan barcha o‘zgarishlar va yangi funksiyalar bilan tanishing!


Tizimning navbatdagi yangilanishida quyidagi funksiyalar, integratsiyalar va texnik tuzatishlar foydalanishga topshirildi:

1️⃣ Bitiruv ishi himoyasi bo‘yicha DAK bayonnomasini rasmiylashtirish:

Tizimga talabalarning bitiruv ishlarini himoya qilganliklari bo‘yicha DAK(yakuniy davlat attestatsiyasi) qarori bayonnomasini shakllantirishfunksiyasi qo‘shildi. DAK bayonnomasi “Ta’lim buyruqlari” bo‘limida rasmiylashtiriladi va imzolanadi. Bayonnomaga YADAga ruxsat berilgan talabalar qo‘shilib, ularga DAK xulosasi, savollar va baholar kiritiladi. DAK raisi va kotibi tomonidan imzolangach, “Bajarish” tugmasi orqali baholar avtomatik ravishda akademik yozuvga (transkriptga) ko‘chiriladi.

2️⃣ Talabalarning yotoqxonadan foydalanish to‘g‘risidagi shartnomalari:

Talabalar turar joyida (TTJ) yashovchi talabalarning shartnomalari va to‘lovlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kuzatish imkoniyati yaratildi. Ushbu ma’lumotlar mas’ullar uchun “Tashqi xizmatlar/TTJ shartnomalari” menyusida, talabalar uchun esa o‘z profillaridagi “Moliyaviy to‘lov/TTJ shartnomalari” sahifasida ko‘rsatiladi.

3️⃣ Talabalarning fanlarni qayta o‘qishi to‘g‘risidagi shartnomalari:

Fanlarni qayta o‘qish yoki qayta topshirish bo‘yicha shartnomalar va to‘lovlar monitoringi yo‘lga qo‘yildi. Mas’ullar “Tashqi xizmatlar/kredit shartnomalari” menyusi orqali, talabalar esa o‘z profillarining “Moliyaviy to‘lov/kredit shartnomalari (yoki qayta o‘qish)” sahifasi orqali shartnoma, to‘lov va qarzdorlik ma’lumotlarini ko‘rishlari mumkin.

4️⃣ Talabalarning ijtimoiy faollik ballarini kuzatish:

Mas’ul rahbarlar (Rahbariyat rolida) talabalarning ijtimoiy faollik bo‘yicha to‘plagan ballarini kuzatib borishlari uchun “Statistika/ijtimoiy faollik reytingi” menyusi ishga tushirildi. Sahifada tegishli mezonlarni tanlash orqali ballarni saralangan holda ko‘rish imkoniyati mavjud.

5️⃣ Talabalar familiyasi va ismi-sharifini avtomatik inglizchaga o‘tkazish:

Talabalar anketasidagi ism-sharifni xalqaro ICAO standarti asosida avtomatik ravishda inglizcha alifboga o‘tkazish tizimi joriy etildi. Talabalar bazasi sahifasida passport ma’lumotlarini tekshirish (Lupa) tugmasi bosilganda, ma’lumotlar Personallashtirish markazi bazasidan yuklanadi va tizim ism-sharifni avtomatik ravishda ICAO standarti bo‘yicha inglizchaga o‘giradi.

6️⃣ Talabalarning ijara shartnomalarini ko‘rish:

Tizim O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi axborot tizimi bilan integratsiya qilindi. Mas’ullar “Tashqi xizmatlar/ijara shartnomalari” menyusida, talabalar esa o‘z profillarining “Moliyaviy to‘lov/ijara shartnomalari” bo‘limida shartnomalarni ko‘rishlari mumkin. “Sinx” tugmasi orqali ma’lumotlar soliq bazasi bilan yangilab boriladi.

7️⃣ Diplomlarda talaba ism-sharifini ingliz tilida shakllantirish:

Xalqaro ICAO hujjatlari talablariga mos ravishda kirill va lotin alifbosidagi belgilarni ingliz alifbosiga translyatsiya (transliteratsiya) qilish funksionali yaratildi. Tizimda to‘rt xil yo‘nalishda (o‘zbekcha lotin -> inglizcha, o‘zbekcha kirill -> inglizcha, o‘zbekcha lotin -> o‘zbekcha kirill, o‘zbekcha kirill -> o‘zbekcha lotin) o‘girishlarni amalga oshirish imkoniyati taqdim etildi.

8️⃣ Talabalarni familiya va ismi bo‘yicha birgalikda qidirish:

Talabalar bazasi va talabalar ro‘yxati bo‘limlarida qidiruv tizimi takomillashtirildi. Endilikda qidiruv maydoniga probel bilan ajratgan holda avval familiya, keyin ismni (yoki ularning bosh qismini) katta-kichik harflarga e’tibor bermasdan kiritib, talabalarni osongina topish mumkin.

9️⃣ Ilmiy daraja va unvonlar ma’lumotlarini avtomatik olish:

HEMIS tizimi Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) axborot tizimi bilan integratsiya qilindi. Xodim anketasida pasport ma’lumotlarini yuklash yoki ilmiy ma’lumotlar qatoridagi “lupa” tugmasini bosish orqali xodimlarning ilmiy daraja va unvonlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar OAK bazasidan avtomatik ravishda tizimga yuklab olinadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9👍5
#Xalqaro_hamkorlik

UrDU talabalari uchun Xitoy sanoatiga yo‘l: XCMG bilan qo‘shma dastur muhokama qilindi


Bugun Xitoy Xalq Respublikasining XCMG (Xuzhou Construction Machinery Group) kompaniyalar guruhi va Suychjou texnologiya universiteti vakillaridan iborat delegatsiya Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida tomonlar UrDU, Xuzhou texnika universiteti hamda XCMG hamkorligida texnika va mashinasozlik yo‘nalishlarida yo‘lga qo‘yilayotgan 2+1+1 qo‘shma ta’lim dasturi istiqbollarini muhokama qildilar.

Shuningdek, delegatsiya a’zolari “Xitoy–O‘zbekiston markazi”, Texnika fakulteti laboratoriyalari va talabalarning innovatsion loyihalari bilan yaqindan tanishdilar. Tashrif yakunida ushbu qo‘shma dasturida ishtirok etuvchi talabalar bilan muloqot qildilar.

Batafsil: https://urdu.uz/uz/news/5971

👉На руcском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍10❤4🥰1👏1😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
JDPUda 74 yoshli magistrant dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi

Sport sohasiga 40 yildan ortiq umrini bag‘ishlagan Umarali Jo‘rayev 74 yoshida ham ilm-fan va izlanish yo‘lidan og‘ishmay, o‘z ustida muntazam ishlashda davom etmoqda.

U magistratura bosqichidagi tahsilini muvaffaqiyatli yakunlab, magistrlik dissertatsiyasini himoya qildi. Lavhamiz qahramoni erishilgan natijalar bilan cheklanib qolmasdan, ilmiy izlanishlarini davom ettirish va kelgusida ilmiy darajaga ega bo‘lishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

#JDPU #Magistratura #IlmgaIntilish

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍20❤8🔥4😱3🎉3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚽️ Yillar davomidagi orzu. Millionlab yuraklarning umidi. Butun xalq kutgan tarixiy lahza.

Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida sport sohasida amalga oshirilgan izchil islohotlar, zamonaviy infratuzilma va futbol rivojiga qaratilgan e’tibor o‘zining tarixiy samarasini berdi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi ilk bor futbol bo‘yicha Jahon chempionati maydoniga chiqdi! O‘zbekiston bayrog‘i futbolning eng nufuzli maydonida hilpiradi!


Millionlab muxlislar orzusini ro‘yobga chiqargan, O‘zbekiston nomini jahon chempionati sahifalariga muhrlagan futbolchilarimizga yuksak ehtirom!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤19👍5🔥2👏1😁1
Edu.uz pinned a video