Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Avtomobilsozlik sanoati uchun raqobatbardosh kadrlar tayyorlanmoqda

Jizzax politexnika instituti Avtomobilsozlik muhandislik maktabida yoshlarni kasbga o‘rgatish, ularning zamonaviy kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirish hamda xalqaro talablarga mos mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Ijtimoiy himoya yagona reyestrida ro‘yxatda turuvchi oilalar farzandlari uchun “Zamonaviy elektromobillarga texnik xizmat ko‘rsatish” o‘quv dasturi asosida 2 oylik maxsus kurs tashkil etildi.

Shuningdek, Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi 1-son texnikumning 32 nafar o‘quvchisi uchun ham 1 oylik maxsus o‘quv kursi yo‘lga qo‘yildi. O‘quv dasturi doirasida tinglovchilarning “BYD Uzbekistan Factory” qo‘shma korxonasida dual ta’lim tizimi asosida amaliyot o‘tashi tashkil etildi.

Batafsil: https://jizpi.uz/uz/yangiliklar/642/

👉На руcском
👉
In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍15❤13🤩4🔥3👏3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hayotda muvaffaqiyatga erishishning eng muhim kaliti — bu bilim va kasbdir

Bugungi kunda zamonaviy kasb egallagan, o‘z ustida ishlaydigan va bilimini muntazam oshirib boradigan yoshlar jamiyat taraqqiyotining asosiy kuchiga aylanmoqda. Kasb o‘rganish nafaqat daromad manbai, balki insonning jamiyatdagi o‘rnini topishi, o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun ham muhimdir.

🎓 Eng muhimi, o‘qish va o‘rganish uchun hech qachon kech emas. Inson qaysi yoshda bo‘lishidan qat’i nazar, yangi bilim va ko‘nikmalarni egallash orqali o‘z hayotini o‘zgartirishi, yangi imkoniyatlar eshigini ochishi mumkin.

✨ Bugun o‘rganilgan bir kasb ertangi kunning mustahkam poydevori, bugun olingan bir bilim esa kelajakdagi katta yutuqlarning boshlanishidir.

🔹 O‘qing.
🔹 Izlaning.
🔹 Kasb o‘rganing.
🔹 Kelajagingizni bugundan quring!


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
2❤21👍12👏6
#Qabul2026 #Abituriyent #Statistika

Akademik litseyga qabul boʻyicha arizalar statistikasi


Akademik litseylarga 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonida 22-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra jami 22 751 ta ariza kelib tushdi.


📌Arizalar onlayn tarzda my.edu.uz platformasi orqali qabul qilinadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤16👍5😱5😁2
#soʻragan_edingiz

❓ Savol: 6-iyunda o‘tkazilgan SAT imtihoni natijalari qachon e’lon qilinadi? Sertifikatni DI kod orqali yuborish tartibi qanday?

✅ Javob: "College Board" xalqaro taʼlim tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, 6-iyun kuni o‘tkazilgan SAT imtihoni natijalari 22-iyun kuni e’lon qilinadi.

SAT natijalari e’lon qilingach, abituriyentlar o‘zlarining "College Board"dagi shaxsiy kabinetidan natijalarini yuklab olib, qabul tizimiga belgilangan muddatlarda yuklashlari lozim.

SAT sertifikatini DI kod orqali yuborish jarayoni "College Board" tomonidan amalga oshiriladi. Bilim va malakalarni baholash agentligi esa kelib tushgan sertifikatlarning haqiqiyligini tekshiradi. Odatda sertifikatlarning agentlikka yetib kelishi ikki haftacha vaqt olishi mumkin, tezlashtirilgan xizmatdan foydalanilganda esa bu muddat qisqaradi.

Eslatma: onlayn ro‘yxatdan o‘tish O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Agentlikning my.uzbmb.uz saytida amalga oshirilmoqda. Onlayn ro‘yxatdan o‘tishning 1-bosqichi 25-iyunga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤6👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oliy ta’lim va ilm-fan sohasida haftalik voqealar dayjesti (15-20-iyun)

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤7
#soʻragan_edingiz

❓ Savol: SAT sertifikatiga ega abituriyent qabulda kimyo–biologiya fanlari majmuasi belgilangan ta’lim yo‘nalishini tanlasa, unga SAT sertifikati bo‘yicha imtiyozlar qo‘llaniladimi?

✅ Javob: Yo‘q. SAT sertifikati bo‘yicha belgilangan imtiyozlar faqat matematika va chet tili fanlari majmuasiga mos ta’lim yo‘nalishlari uchun amal qiladi.

Agar abituriyent kimyo–biologiya yoki boshqa fanlar majmuasi talab etiladigan ta’lim yo‘nalishini tanlasa, SAT sertifikati inobatga olinmaydi. Bunday holatda u qabul jarayonida umumiy tartibda test sinovlarida ishtirok etadi va to‘plagan ballari asosida tanlovda qatnashadi.

Shu bilan birga, abituriyentda tanlangan fanlar bo‘yicha milliy yoki xalqaro sertifikatlar mavjud bo‘lsa, ular uchun amaldagi tartibga muvofiq qo‘shimcha ball beriladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤15😁1
#Eʼlon #Sayyor_qabul

Vazir o‘rinbosari Namanganda sayyor qabul oʻtkazadi


Fuqarolar muammolari bilan ishlashni samarali tashkil etish, taʼlim sohasida yechimini kutayotgan masalalarni oʻrgangan holda joyida va tezkor hal etish maqsadida Namangan viloyatida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari O‘ktam Salomovning sayyor qabuli boʻlib oʻtadi.

Ushbu qabulda professor-oʻqituvchilar, talaba-yoshlar va ota-onalar sohaga doir oʻz muammo hamda takliflari bilan murojaat qilishlari va ularga javob olishlari mumkin.

📆 Sana: 22-iyun.
⏰ Vaqti: 16:00.
🏢 Moʻljal: Namangan davlat universiteti rektorati.
⛳ Manzil: Namangan shahri, Yuksalish mavzesi Yangi shahar ko‘chasi, 30-uy

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤13🔥1
Kasbiy taʼlimda xususiy sektor ishtirokini kengaytirish choralari koʻrib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev xususiy kasbiy taʼlimni rivojlantirish chora-tadbirlari yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

Kelgusi 3 yilda xalqaro standartlar asosida faoliyat yuritadigan xususiy o‘quv va baholash markazlari soni 50 tadan 200 taga yetkaziladi. Natijada har yili 500 ming nafargacha aholini kasb-hunarga o‘qitish imkoniyati yaratiladi.

Shuningdek:
🔹 300 dan ortiq o‘quv dasturi xalqaro talablarga moslashtiriladi;
🔹 xususiy ta’lim markazlari uchun bojxona va soliq imtiyozlari joriy etiladi;
🔹 7 yilgacha imtiyozli kreditlar ajratiladi;
🔹 xorijiy mutaxassislarni jalb qilish va sertifikatlash xarajatlari qisman qoplab beriladi;
🔹 bitiruvchilar loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun 5 mln dollarlik Venchur jamg‘armasi tashkil etiladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤8👍4🔥2
#soʻragan_edingiz

❓Savol:
my.uzbmb.uz saytida oliy ta’lim muassasalariga qabul uchun ro‘yxatdan o‘tishda shaxsiy kabinetdagi 7- va 8-bosqichlar nega ochilmayapti?

✅ Javob:
Qabul jarayoni «avval test, so‘ng tanlov» tamoyili asosida amalga oshiriladi.

Hozir abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tmoqda. Test sinovlari yakunlangandan keyin 7-bosqich ochiladi va abituriyentlar o‘z fanlar majmuasiga mos bo‘lgan oliy ta’lim muassasalari hamda 5 tagacha ta’lim yo‘nalishini tanlaydi.

8-bosqichda esa kasbiy ta’lim muassasalarini tanlash imkoniyati yaratiladi.

Shuning uchun hozircha 7- va 8-bosqichlarning yopiq bo‘lishi tabiiy holat hisoblanadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤12
Mahallani rivojlantirish milliy institutini tashkil etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev mahallalar faoliyatini raqamlashtirish va Mahallani rivojlantirish milliy institutini tashkil etish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

Taqdimotda mahalla faoliyatini ilmiy asosda tashkil etish masalasi ham koʻrib chiqildi. Qayd etilganidek, shu vaqtgacha mamlakatimizda tadqiq etilgan 20 mingga yaqin ilmiy ishning atigi 10 tasida mahallaga aloqador ayrim masalalar oʻrganilgan.

Shu munosabat bilan Mahallani rivojlantirish milliy institutini tashkil etish taklifi bildirildi. Institut faoliyati katta ilmiy salohiyatga ega Davlat boshqaruvi akademiyasi bilan bogʻliq holda yoʻlga qoʻyiladi.

Yangi institut mahalla tizimidagi islohotlarni ilmiy tahlil qilish, ilgʻor tajribalarni oʻrganish va ommalashtirish, “yettilik” faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqish bilan shugʻullanadi. Ushbu tizim orqali har yili 21 ming nafar mahalla tizimi va “yettilik” aʼzolarining malakasi oshiriladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤6