Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Eʼlon #Sayyor_qabul

Vazir o‘rinbosari Namanganda sayyor qabul oʻtkazadi


Fuqarolar muammolari bilan ishlashni samarali tashkil etish, taʼlim sohasida yechimini kutayotgan masalalarni oʻrgangan holda joyida va tezkor hal etish maqsadida Namangan viloyatida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari O‘ktam Salomovning sayyor qabuli boʻlib oʻtadi.

Ushbu qabulda professor-oʻqituvchilar, talaba-yoshlar va ota-onalar sohaga doir oʻz muammo hamda takliflari bilan murojaat qilishlari va ularga javob olishlari mumkin.

📆 Sana: 22-iyun.
⏰ Vaqti: 16:00.
🏢 Moʻljal: Namangan davlat universiteti rektorati.
⛳ Manzil: Namangan shahri, Yuksalish mavzesi Yangi shahar ko‘chasi, 30-uy

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤13🔥1
Kasbiy taʼlimda xususiy sektor ishtirokini kengaytirish choralari koʻrib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev xususiy kasbiy taʼlimni rivojlantirish chora-tadbirlari yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

Kelgusi 3 yilda xalqaro standartlar asosida faoliyat yuritadigan xususiy o‘quv va baholash markazlari soni 50 tadan 200 taga yetkaziladi. Natijada har yili 500 ming nafargacha aholini kasb-hunarga o‘qitish imkoniyati yaratiladi.

Shuningdek:
🔹 300 dan ortiq o‘quv dasturi xalqaro talablarga moslashtiriladi;
🔹 xususiy ta’lim markazlari uchun bojxona va soliq imtiyozlari joriy etiladi;
🔹 7 yilgacha imtiyozli kreditlar ajratiladi;
🔹 xorijiy mutaxassislarni jalb qilish va sertifikatlash xarajatlari qisman qoplab beriladi;
🔹 bitiruvchilar loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun 5 mln dollarlik Venchur jamg‘armasi tashkil etiladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤8👍4🔥2
#soʻragan_edingiz

❓Savol:
my.uzbmb.uz saytida oliy ta’lim muassasalariga qabul uchun ro‘yxatdan o‘tishda shaxsiy kabinetdagi 7- va 8-bosqichlar nega ochilmayapti?

✅ Javob:
Qabul jarayoni «avval test, so‘ng tanlov» tamoyili asosida amalga oshiriladi.

Hozir abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tmoqda. Test sinovlari yakunlangandan keyin 7-bosqich ochiladi va abituriyentlar o‘z fanlar majmuasiga mos bo‘lgan oliy ta’lim muassasalari hamda 5 tagacha ta’lim yo‘nalishini tanlaydi.

8-bosqichda esa kasbiy ta’lim muassasalarini tanlash imkoniyati yaratiladi.

Shuning uchun hozircha 7- va 8-bosqichlarning yopiq bo‘lishi tabiiy holat hisoblanadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤12
Mahallani rivojlantirish milliy institutini tashkil etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev mahallalar faoliyatini raqamlashtirish va Mahallani rivojlantirish milliy institutini tashkil etish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

Taqdimotda mahalla faoliyatini ilmiy asosda tashkil etish masalasi ham koʻrib chiqildi. Qayd etilganidek, shu vaqtgacha mamlakatimizda tadqiq etilgan 20 mingga yaqin ilmiy ishning atigi 10 tasida mahallaga aloqador ayrim masalalar oʻrganilgan.

Shu munosabat bilan Mahallani rivojlantirish milliy institutini tashkil etish taklifi bildirildi. Institut faoliyati katta ilmiy salohiyatga ega Davlat boshqaruvi akademiyasi bilan bogʻliq holda yoʻlga qoʻyiladi.

Yangi institut mahalla tizimidagi islohotlarni ilmiy tahlil qilish, ilgʻor tajribalarni oʻrganish va ommalashtirish, “yettilik” faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqish bilan shugʻullanadi. Ushbu tizim orqali har yili 21 ming nafar mahalla tizimi va “yettilik” aʼzolarining malakasi oshiriladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤6
#Shaxsiy_qabul

Joriy yilning 22-iyun kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari yuzasidan qabul o‘tkazdi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kiritish, o‘qishni ko‘chirish hamda o‘qishni tiklash bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaatlar ko‘rib chiqildi.

Har bir murojaat amaldagi qonunchilik talablari asosida atroflicha o‘rganilib, murojaatchilarga tegishli huquqiy tushuntirishlar berildi hamda masalalarni belgilangan tartibda hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
😁6👍5🔥4😱4🤔1
Toshkent davlat transport universiteti talabalari uchun Xitoyning Changan universiteti tomonidan grantlar ajratildi

Toshkent davlat transport universiteti hamda Xitoy Xalq Respublikasining nufuzli Changan universiteti o‘rtasida o‘tkazilgan onlayn muloqotda xalqaro ta’lim hamkorligining yangi bosqichiga qadam qo‘yildi.

Uchrashuvda Toshkent davlat transport universiteti tomonidan xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor, professor Bahodir To‘rayev, Changan universiteti tomonidan esa Xalqaro ta’lim maktabi dekani, professor Zhang Wei boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi.

Muloqot davomida qo‘shma ta’lim dasturlari, akademik mobillik va ilmiy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilinib, amaliy kelishuvlarga erishildi.


Unga ko‘ra, bakalavriat bosqichi uchun 100 nafar, magistratura uchun 30 nafar hamda doktorantura (PhD) bosqichi uchun 10 nafar talaba va nomzodlarga o‘qish to‘lovlarini qoplash, yotoqxona bilan ta’minlash hamda oylik stipendiyalar (1000 yuandan 3000 yuangacha) taqdim etilishi belgilandi.

Batafsil

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤10😁2👍1
Abituriyentlarga tavsiyalar


🔹 Hujjat topshirish jarayonini oxirgi kunlarga qoldirmang. Sertifikatlar, imtiyozlar va shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘ri aks etganini oldindan tekshirib chiqing.
🔹 SAT, milliy yoki xalqaro sertifikatlardan foydalanishda tanlagan ta’lim yo‘nalishingizga qaysi sertifikat tatbiq etilishini aniqlab oling.
🔹 Ro‘yxatdan o‘tishda faol foydalaniladigan telefon raqamini kiriting. Barcha muhim xabarnomalar va tasdiqlash kodlari shu raqamga yuboriladi.
🔹 Test sinovlariga ruxsatnoma shakllantirilganidan keyin uni o‘z vaqtida yuklab oling va unda ko‘rsatilgan sana, vaqt hamda manzilga e’tibor bering.
🔹 Test sinovlari yakunlangach, tanlov bosqichini o‘tkazib yubormang. Oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlamasangiz, tanlovda ishtirok etmagan hisoblanasiz.
🔹 Ta’lim yo‘nalishlarini tanlashda ustuvorliklarni puxta o‘ylab belgilang. Birinchi ustuvorlik sifatida eng ko‘p o‘qishni istagan yo‘nalishni tanlash maqsadga muvofiq.
🔹 Rasmiy ma’lumotlarga tayaning. Qabul jarayoniga oid yangiliklar va tushuntirishlarni Bilim va malakalarni baholash agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy manbalari orqali kuzatib boring.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤13👍3🔥1🥰1
#xalqaro_hamkolik

Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalarida samarali boshqaruvni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

 
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Oʻktam Salomov Britaniya Kengashining Oʻzbekistondagi direktor oʻrinbosari Jamilya Gulyamova bilan uchrashuv oʻtkazdi.
 
Uchrashuv davomida tomonlar Oʻzbekiston va Buyuk Britaniya oʻrtasida oliy taʼlim sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, oliy taʼlim muassasalarida zamonaviy boshqaruv mexanizmlarini joriy etish hamda xalqaro tajribalarni tatbiq etish masalalarini muhokama qildilar.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/182429

👉На руcском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9👍5😁1😱1🎉1