Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Xizmat_safari #Namangan

Vazir Namangan davlat universitetiga tashrif buyurdi

Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Namangan viloyatiga tashrif buyurib, Namangan davlat universitetining Davlatobod tumani, Yuksalish mavzesida bunyod etilgan zamonaviy kampus faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida Namangan davlat universiteti rektori Abdugʻaffor Qirgʻizboyev tomonidan yangi kampus hududida amalga oshirilgan qurilish ishlari, yaratilayotgan zamonaviy infratuzilma, ta’lim jarayonini tashkil etish uchun yaratilgan sharoitlar, talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan qulayliklar hamda istiqboldagi rivojlantirish rejalari yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Batafsil: https://namdu.uz/post=1387

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9👍6👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#jahon_chempionati2026 #futbol #oq_boʻrilar

Orzular chempionati davom etadi


Bugun O’zbekiston milliy terma jamoasi Portugaliyaga qarshi maydonga tushadi. Namangan davlat pedagogika instituti futbolchilarimizga omad tilaydi va bugun g’alaba bo’lishiga ishonadi.

BIZ SIZ BILAN OQ BO’RILAR !!!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🔥13❤9👍4😁2
#xizmat_safari #Namangan

Namangan viloyati oliy taʼlim tashkilotlarida ilmiy-innovatsion faoliyat natijalari muhokama qilindi


Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov rahbarligida Namangan viloyatidagi oliy taʼlim tashkilotlarida ilmiy-innovatsion faoliyat natijadorligiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.


Yigʻilishda oliy taʼlimdan keyingi taʼlim, davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan ilmiy loyihalar, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish, startap loyihalari, spin-off korxonalar faoliyati, professor-oʻqituvchilarning ilmiy salohiyati hamda xalqaro ilmiy nashrlardagi faollik kabi dolzarb masalalar atroflicha tahlil qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/182446

👉На руcском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍7❤4👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident jurnalistlarga Milliy jamoamizning bugungi o‘yini haqida gapirdi:

🎤 Birinchi g‘alabamiz – bayrog‘imiz hilpiragani – bu Vatanimizni jahon hamjamiyati bilan tepa-tengligidan dalolat!


❗️Eslatib o‘tamiz, Portugaliyaga qarshi o‘yin bugun soat 22:00 da boshlanadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12❤5😁2
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Bugungi kunda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida 1,5 milliondan ziyod talaba tahsil olmoqda. Quvonarlisi, ularning yarmidan ko‘pini qizlar tashkil etadi. Bu mamlakatimiz Prezidenti tashabbusi bilan ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasidir.

​Qiz farzandining ilm olishiga ishongan minglab oilalar... O‘zi qiziqqan kasbni tanlayotgan minglab qizlar... Ular o‘qimoqda, izlanmoqda, bu qizlarning o‘ziga bo‘lgan ishonchi hamda shijoati kun sayin ortib bormoqda. Bilimli qiz nafaqat o‘z hayotini, balki oilasini, atrofidagi muhitni va butun mamlakat kelajagini o‘zgartirishga qodir.

​Ta’lim insonga hayot yo‘lini mustaqil tanlashda kuch va erkinlik baxsh etadi. Qizlarimizga orzulari sari dadil qadam tashlashlari uchun imkon beraylik.

—

Сегодня в вузах Узбекистана учатся более 1,5 миллиона студентов. И больше половины из них — девушки. Это результаты образовательной реформы, инициированной президентом нашей страны.

Тысячи семей, верящих в образование своих дочерей. Тысячи девушек, выбирающих профессию по душе — они учатся, развиваются и с каждым днём обретают все большую уверенность и смелость. Образованная девушка меняет не только свою жизнь. Она меняет семью, среду вокруг себя и будущее страны.

Образование даёт человеку возможность выбирать свой путь в жизни, свою свободу.
Дайте девочкам шанс следовать за своей мечтой.
❤13