Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Prezident Namangan viloyatida sun’iy intellekt borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan davlat texnika universitetining sun’iy intellekt laboratoriyasi faoliyati bilan tanishdi.

Laboratoriyada talabalarning amaliy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, sun’iy intellekt texnologiyalarini real loyihalarda qo‘llash, professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyatini oshirish uchun zarur sharoitlar yaratilgan.

Uning tarkibida tahlil, robototexnika va bionika markazlari, startap-akselerator, 9 ta “aqlli” xona, 2 ta sun’iy intellekt bo‘yicha tayyorgarlik xonasi tashkil etilgan.

Mazkur markaz sun’iy intellekt, robototexnika, “aqlli” transport, ekologiya va agrotexnologiyalar yo‘nalishlarida innovatsion ilmiy-amaliy loyihalarni ishlab chiqish va joriy etish bilan shug‘ullanadi.


Davlatimiz rahbari ushbu tajribani kengaytirish, muhim sohalar rivojiga yoshlarning intellektual va ilmiy salohiyatini yanada keng jalb etish zarurligini ta’kidladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍12🤔5❤3
🎓 Oliygohni bitirgandan keyin nima qilaman, deb hali ham o‘ylanib yuribsizmi?

Unda Talaba Expo–2026 kasblar ko'rgazmasiga keling. Bu oddiy ko‘rgazma emas. Bu yerda siz haqiqiy ish beruvchilar bilan uchrashasiz, suhbatlashib ko'rasiz, amaliyot va bo‘sh ish o‘rinlarini topasiz, biznes va moliyaviy imkoniyatlar haqida ma'lumot olasiz.

Bu ko'rgazmaga kelib, yaxshi ish topib, o'zingizni ish beruvchiga ko'rsatib qo'yishni uddalasangiz, ishga joylashdim deb hisoblayvering.

Ish bormi, deb murojaat qilish juda ham oson, aslida ish topish uchun mana shunday ko'rgazmalarda faol qatnashish kerak. Bir kun kelib ish qidirarman deyish o‘rniga, bugunoq shu imkoniyatdan foydalanib qoling.

📅 24–25-iyun

📍 Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti hududi (Talabalar shaharchasi).

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9😁1
#Muhandislik_tanlovi

🏆 "Kelajak muhandislari" respublika ko‘rik-tanlovining saralash bosqichi natijalari e'lon qilindi!

✅ Saralash bosqichi yakunlariga ko‘ra, tanlovning "Eng yaxshi g'oya", "Eng yaxshi loyiha" va "Eng yaxshi ixtiro" yo‘nalishlarining talaba, amaliyotchi-muhandis hamda professor-o‘qituvchi kategoriyalarining har biridan 20 tadan, jami 180 ta ishtirokchi ikkinchi bosqichga yo‘llanma oldi.

🚀Endilikda saralangan 180 ta loyiha tanlovning ikkinchi bosqichi-akseleratsiya dasturi bosqichida ishtirok etadi. Ushbu bosqichda loyihalarni texnik, ilmiy va iqtisodiy jihatdan takomillashtirish, ularning amaliy ahamiyati va joriy etish samaradorligini oshirish, shuningdek, innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirishga tayyorlash bo‘yicha kompleks ekspertlik va mentorlik ko‘magi taqdim etiladi.

🎉 Akseleratsiya dasturi yakunida ishtirokchilar o‘z g‘oya, loyiha va ixtirolarini ekspertlar oldida taqdimot ko‘rinishida himoya qiladilar. Himoya jarayonida ishlanmalarning innovatsionligi, ilmiy-texnik asoslanganligi, iqtisodiy samaradorligi, loyiha taqdimoti hamda himoya qilish ko'nikmalari baholanadi.

Batafsil ikkichi bosqichga taklif etilgan arizalar ro‘yxati bilan quyidagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin:

Eng yaxshi g'oya;
Eng yaxshi loyiha;
Eng yaxshi ixtiro.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍10❤3👏3😁2
#Qonunchilik_yangiliklari

❗ Kiberxavfsizlik sohasida yangi strategiya tasdiqlandi

📣 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-martdagi PF-38-son Farmoni bilan 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan Kiberxavfsizlik strategiyasi tasdiqlandi.

♻️ 2026-yil 1-apreldan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan budjetdan tashqari jamg‘arma mablag‘lari hisobidan hamda budjet parametrlari doirasida zarur mablag‘lar kiberxavfsizlikni ta’minlash masalalariga yo‘naltiriladi.

📨 Unga ko‘ra, mamlakatda kiberjinoyatchilikning oldini olish, axborot tizimlari va resurslarini himoya qilish hamda muhim axborot infratuzilmasi obyektlari xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha yangi mexanizmlar joriy etiladi. Strategiya doirasida muhim axborot infratuzilmasi obyektlarida kiberxavfsizlik talablariga rioya etilishi ustidan nazorat kuchaytiriladi hamda qonunchilik talablarini buzganlik uchun javobgarlik belgilanadi.

📑 Shuningdek:

➖ davlat organlari va tashkilotlari axborot tizimlaridagi zaifliklarni aniqlash va bartaraf etish tizimlari yaratiladi;

➖ ta’lim, ilm-fan va tadbirkorlik integratsiyasini kuchaytirish orqali ilmiy-tadqiqot natijalarini amaliyotga keng joriy etish mexanizmlari ishlab chiqiladi;

➖ ilmiy va akademik muassasalar, kasbiy hamda jamoat birlashmalari bilan hamkorlik asosida qo‘shma tadqiqotlar olib boriladi;

➖ davlat tashkilotlari xodimlari va aholi uchun kiberxavfsizlik bo‘yicha muntazam treninglar hamda targ‘ibot ishlari tashkil etiladi;

➡️ Bundan tashqari, axborotlashtirish obyektlari va muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining toifalaridan kelib chiqib, kiberxavfsizlik talablarini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqiladi.

📄 Axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik sohasidagi qonunchilik talablarini bajarmagan mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish ham rejalashtirilgan.

🖋 Mazkur strategiya mamlakatning raqamli xavfsizligini mustahkamlash va kiberxatarlarga qarshi samarali tizim yaratishga xizmat qiladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7😁1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
BUGUN KATTA O‘YIN!

🇺🇿O‘zbekiston milliy terma jamoasi 🇵🇹Portugaliyaga qarshi maydonga tushadi!

Bugun maydonda 11 nafar futbolchi harakat qiladi, ammo ularning ortida butun bir O‘zbekiston xalqi turibdi! 💪

💙 Sizlar 11 kishi emassizlar...
🤍 Sizlar 38 million yuraksizlar!
💚Sizlar 38 million orzu, ishonch va duolarsizlar!

🏟 Har bir kurashda,
⚽️ Har bir pasda,
⚽️ Har bir gol uchun intilishda,
🇺🇿Butun O‘zbekiston sizlar bilan birga!

🔥 Bugun jasorat bilan o‘ynang!
🔥 Bugun yurak bilan kurashing!
🔥 Bugun O‘zbekiston sharafini munosib himoya qiling!


"Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti jamoasi milliy terma jamoamizga omad va zafar tilaydi!

BIZ SIZ BILAN, OQ BO‘RILAR!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🔥19❤12🎉6👍5🤔3
Xorazm viloyati talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Urganch davlat universitetida Xorazm viloyatidagi oliy ta’lim tashkilotlari talabalari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi. Tadbir yoshlarning tashabbuslari, taklif va g‘oyalarini o‘rganish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda amaliyotga tatbiq etish masalalariga bag‘ishlandi.

Muloqot davomida oliy ta’lim tizimida yoshlarning faolligi va tashabbuskorligini rag‘batlantirish, ularning innovatsion g‘oyalari va takliflarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritildi. Talaba-yoshlar o‘zlarining startap g‘oyalari, IT yo‘nalishidagi innovatsion loyihalari hamda raqamli texnologiyalar asosidagi tashabbuslarini taqdim etdilar. Ularning amaliy ahamiyati, rivojlantirish istiqbollari, qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari va investitsiyalarni jalb etish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

Batafsil: https://urdu.uz/uz/news/5975

👉 На руcском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤10🔥4👏4🥰3🤔2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Oq_borilar #Biz_Siz_bilan

🇺🇿 Olg‘a, O‘zbekiston! Biz milliy terma jamoamiz bilan birgamiz!


Futbol bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasini Samarqand davlat chet tillar instituti jamoasi samimiy muborakbod etadi va ularga yuksak faxr hamda g‘urur bilan omad tilaydi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤14🔥9👏6😁4🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Davlat xizmatida faoliyat yuritish — yuksak ishonch va ulkan mas’uliyatdir.

Bu nafaqat kasbiy faoliyat, balki xalq manfaatlariga sidqidildan xizmat qilish, Vatan ravnaqi yo‘lida fidokorona mehnat qilish va jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish demakdir. Halollik, mas’uliyat, tashabbuskorlik va fidoyilik esa har bir davlat xizmatchisining asosiy mezonlaridir.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1🔥10❤3👍2😁1