Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
“TalabaExpo — 2026”: Talabalar va ish beruvchilar uchrashadigan katta maydon!

Ko‘rgazma doirasida:

✔️ 700 dan ortiq ish beruvchi tashkilotlar ishtirok etmoqda;
✔️ 10 mingga yaqin bo‘sh ish o‘rni va amaliyot dasturlari taqdim etilmoqda;
✔️ Talaba va bitiruvchilar real ish beruvchilar bilan bevosita muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda;
✔️ Tadbirkorlik, startaplar va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari bo‘yicha ma’lumotlar berilmoqda.


Ko‘rgazmada sanoat, xizmat ko‘rsatish, axborot texnologiyalari, bank-moliya, ta’lim, ishlab chiqarish va boshqa istiqbolli yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan yuzlab tashkilot va korxonalar o‘z vakansiyalari hamda hamkorlik imkoniyatlarini namoyish etmoqda.

#TalabaExpo2026 #KelajakkaQadam #OliyTaʼlim

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tashrif

NamDPIga vazirlar tashrif buyurdi
 
Namangan davlat pedagogika institutiga Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri  Qoʻngʻirotboy Sharipov hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Eʼzozxon Karimova tashrif buyurdi.
 
Tashrif davomida vazirlar institut hududida bunyod etilgan yangi oʻquv korpusi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Jumladan, zamonaviy talablarga mos ravishda jihozlangan oʻquv auditoriyalari, maʼruza va amaliy mashgʻulotlar zallari, axborot-resurs markazi hamda talabalar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlarni koʻzdan kechirdilar.

Shuningdek, institut hududida amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlari, infratuzilmani yaxshilash boʻyicha olib borilgan saʼy-harakatlar va taʼlim jarayonini yanada samarali tashkil etishga qaratilgan modernizatsiya ishlari atroflicha oʻrganildi.

 
Vazirlar yangi korpus pedagog kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, zamonaviy taʼlim muhitini yaratish va yoshlarning bilim olishi uchun keng imkoniyatlar yaratishga xizmat qilishi zarurligini taʼkidladilar.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍6🔥6❤5👏4
🎙 RASMIY ESLATMA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasining 2026-2027-o'quv yili uchun professor-o‘qituvchi lavozimlariga e’lon qilingan ochiq tanlov bo‘yicha hujjatlar qabuli 2026-yil 26-iyun kuni yakunlanadi.

Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlardan hujjatlar to‘plamini belgilangan muddatga qadar Akademiyaning hr@dsba.uz elektron pochta manziliga yuborishlari so‘raladi.

Tanlov shartlari, malakaviy talablar va batafsil ma’lumot bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7👍1
#Ovozli_chat

Qabulning birinchi bosqichi (abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish) bo‘yicha ovozli chat

📣 Ayni paytda Bilimni baholash agentligi tomonidan ovozli chat o‘tkazilmoqda. Ovozli chat youtube orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri namoyish etilmoqda.

🎙️ Ovozli chat davomida abituriyentlarning ro‘yxatdan o‘tish tartibi, bosqichlari, kerakli hujjatlar va sertifikatlardan foydalanishga oid savollariga batafsil javob beriladi.

Kirish uchun havola: https://youtube.com/live/q_X5R8bbyFk

📨 Mavzu yuzasidan savollaringiz bo’lsa, mana bu yerda qoldirishingiz mumkin. Savollarni mazmunan aniq, qisqa va tushunarli tarzda yuborishingizni so‘qaymiz.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Biz korrupsiyaga qarshimiz! Sizchi?

Korrupsiya haqida xabar berish — xavf emas, masʼuliyat. Sen boshla – sening ortingdan boshqalar ham ergashadi.

Innovatsion rivojlanish agentligi:

📞 Ishonch telefon raqami: (71) 203-32-23 (840).

📤 Elektron pochta manzili: anti-corruptin@mininnovation.uz

🗳Telegram bot:
@innovation_anticorruption_bot

🗳Direktorga murojaat @innovatsiyamurojaat_bot

☎️Bosh prokuraturaning ishonch telefoni – 1161;
☎️Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Call-markazi – 1253;
☎️Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ishonch telefoni – 1006, anticor@edu.uz elektron pochta.
☎️Innovatsion rivojlanish agentligi ishonch telefon raqami: (71) 203-32-23 (840), @innovation_anticorruption_bot

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👏2😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qadrli yoshlar!

⚡️30-iyun kuni soat 19:00 da sizlarni Toshkent shahri, Olimpiya shaharchasida bo‘lib o‘tadigan “Yoshlar kuni” galakonsertiga taklif etamiz.

Ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting va yutuqli sovrinlarni qo‘lga kiriting.

✔️ Ro‘yxatdan o‘tish

Ishtirokchilar uchun quyidagi manzillarda bepul avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi:

Barcha yoshlarni kutamiz. Kirish bepul!


“Yoshlar kuni” gala konsertiga Bepulavtobuslar tashkil etiladigan manzillar roʻyxati.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Talaba_Expo_2026

🎓Talaba Expo–2026: Talabalar va bitiruvchilar uchun yangi imkoniyatlar maydoni

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7👏3🔥1🥰1
Oʻzbekistonda ingliz tili oʻqituvchilarini tayyorlash tizimini takomillashtirishga bagʻishlangan milliy forum boʻlib oʻtdi
 
Britaniya Kengashi (British Council), Buyuk Britaniyaning Xalqaro taraqqiyot dasturi (UK International Development), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti hamkorligida “Oʻzbekistonda ingliz tili oʻqituvchilarini tayyorlash tizimini isloh qilishni jadallashtirish” Milliy forumida  tashkil etildi.


Forumda ingliz tili oʻqituvchilarini tayyorlashning zamonaviy modellari, pedagogik taʼlim dasturlarini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish, raqamli texnologiyalarni taʼlim jarayoniga keng joriy etish, taʼlim sifatini baholashning samarali mexanizmlari hamda xalqaro tajribani milliy taʼlim tizimiga tatbiq etish masalalari muhokama qilindi.
 
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/183352

👉На руcском
👉In English

Bizni
kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤5😁3🔥2👍1
Oliy ta'lim — kelajak poydevori!

🇺🇿"O'zbekiston — 2030" strategiyasining 7-maqsadi oddiy va aniq - har bir yoshga sifatli oliy ta'lim eshigini ochish va kuchli mutaxassislar tayyorlash!

📚 2030-yilga qadar nimaga erishamiz?
- Bitiruvchilarning oliy ta'lim bilan qamrovi — 50 %
- Ish bilan ta'minlangan bitiruvchilar ulushi — 65 %
- Xalqaro akkreditatsiyadan o'tgan dasturlar — 200 ta
"Top-500" universitetlar bilan qo'shma dasturlar — 50 ta

Har bir raqam ortida bilimli yoshlar, kuchli ustozlar va dunyo bilan teng raqobatlashadigan ta'lim tizimi turibdi!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10