Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Talabalar uchun biznes seminarlari va seminar-treninglar tashkil etildi

"Talaba Expo–2026" doirasida talaba-yoshlar va bitiruvchilarning kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, ularning tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda mehnat bozoridagi imkoniyatlar haqida xabardorligini oshirish maqsadida biznes seminarlari va seminar-treninglar tashkil etildi.

Tadbir davomida “JEMCHUG COLLECTION” MCHJ asoschisi Sayyora Jo'rayeva, “STANDART POLIGRAF SERVIS” MCHJ asoschisi Dildora Ismoilova hamda “PRINT” MCHJ asoschisi Munojat Ikromova ishtirok etib, biznes yuritish tajribasi, shaxsiy brendni shakllantirish, liderlik kompetensiyalari, soft skills ko‘nikmalarini rivojlantirish va professional tarmoqlarda samarali faoliyat yuritish masalalari yuzasidan o‘z tavsiyalarini berdilar.

Shuningdek, seminar-trening doirasida bitiruvchilar bandligini ta’minlashga qaratilgan career.edu.uz platformasining imkoniyatlari, undan foydalanish tartibi hamda mavjud xizmatlar haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

Mazkur seminar-treningni Raqamli ta’lim texnologiyalarini rivojlantirish markazi direktori Alisher Abdullayev olib bordi.

Tadbir Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi amfiteatrida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “Kelajakka qadam” markazi hamkorligida tashkil etildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤8
#tanlov

🗣“Yurtim qadriyatlari” respublika ko‘rik-tanlovi g‘oliblari aniqlandi!

🏛22-23-iyun kunlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan tashkil etilgan “Yurtim qadriyatlari” respublika ko‘rik-tanlovining final bosqichi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida bo‘lib o‘tdi. Ikki kun davomida finalga chiqqan 6 ta jamoa o‘zaro 3 ta shart: “Milliy an’ana, qadriyat va urf-odatlar”, “Kompozitsion musiqiy chiqishlar” hamda jadidlar hayoti va ijodidan savol-javoblar shartlari bo‘yicha bellashdilar.

Yakunda umumiy natijalarga ko‘ra, quyidagi jamoalar g‘olib topildi:

🥇Buxoro davlat tibbiyot instituti;
🥇Urganch innovatsion universiteti;
🥈Toshkent davlat yuridik universiteti;
🥈Namangan davlat pedagogika instituti;
🥉Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti;
🥉O‘zbekiston milliy universitetining Jizzax filiali.

🏆G‘oliblar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan I, II va III darajali diplom va mos ravishda 1-o‘rin 50 million so‘m, 2-o‘rin 30 million so‘m va 3-o‘rin 20 million so‘m pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/183292

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10👍1