Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#tanlov

🗣“Yurtim qadriyatlari” respublika ko‘rik-tanlovi g‘oliblari aniqlandi!

🏛22-23-iyun kunlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan tashkil etilgan “Yurtim qadriyatlari” respublika ko‘rik-tanlovining final bosqichi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida bo‘lib o‘tdi. Ikki kun davomida finalga chiqqan 6 ta jamoa o‘zaro 3 ta shart: “Milliy an’ana, qadriyat va urf-odatlar”, “Kompozitsion musiqiy chiqishlar” hamda jadidlar hayoti va ijodidan savol-javoblar shartlari bo‘yicha bellashdilar.

Yakunda umumiy natijalarga ko‘ra, quyidagi jamoalar g‘olib topildi:

🥇Buxoro davlat tibbiyot instituti;
🥇Urganch innovatsion universiteti;
🥈Toshkent davlat yuridik universiteti;
🥈Namangan davlat pedagogika instituti;
🥉Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti;
🥉O‘zbekiston milliy universitetining Jizzax filiali.

🏆G‘oliblar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan I, II va III darajali diplom va mos ravishda 1-o‘rin 50 million so‘m, 2-o‘rin 30 million so‘m va 3-o‘rin 20 million so‘m pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/183292

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10👍1
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri SamDTU bitiruvchilarini yangi hayot bosqichi bilan tabrikladi
 
Samarqand davlat tibbiyot universitetida universitet bitiruvchilari va talabalari uchun “Bitiruvchilar oqshomi” tantanali bayram dasturi tashkil etildi.

Tadbirning ochilish marosimida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov onlayn tarzda ishtirok etib, bitiruvchilarni samimiy qutladi. Vazir o‘z so‘zida universitetda amalga oshirilayotgan xalqaro darajadagi ta’lim dasturlari, ilmiy hamkorlik loyihalari va yaratilayotgan zamonaviy shart-sharoitlar natijasida Samarqand davlat tibbiyot universitetining mamlakatimiz hamda xalqaro miqyosdagi nufuzi tobora ortib borayotganini alohida ta’kidladi.

Shuningdek, bitiruvchilarga kelgusidagi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilab, ularning mamlakat sog‘liqni saqlash tizimi rivojiga munosib hissa qo‘shishiga ishonch bildirdi.

Batafsil: https://www.sammu.uz/uz/news/2580792

#Bitiruvchilar_oqshomi

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤15👍5🔥2😁1🎉1