Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
“Yangi O‘zbekiston” universiteti 5 yillik taraqqiyot yo‘lini sarhisob qildi

“Yangi O‘zbekiston” universiteti tashkil etilganining 5 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi, Tadbirda davlat tashkilotlari vakillari, universitetning akademik va sanoat hamkorlari, professor-o‘qituvchilar, xodimlar, talabalar va bitiruvchilar ishtirok etdi.

Yubiley tadbiri davomida universitetning besh yillik faoliyati yakunlari sarhisob qilinib, ta’lim, ilm-fan, innovatsiyalar va xalqaro hamkorlik yo‘nalishlarida erishilgan muhim natijalar taqdim etildi.

Shuningdek, universitet taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan xodimlar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi hamda universitetning rivojlanishida muhim o‘rin tutgan strategik hamkor tashkilotlar e’tirof etildi.


2021-yilda tashkil etilgan “Yangi O‘zbekiston” universiteti qisqa vaqt ichida xalqaro hamkorlik, ilmiy tadqiqotlar va zamonaviy ta’lim sohasida muhim natijalarga erishib, mamlakatning eng istiqbolli oliy ta’lim muassasalaridan biriga aylandi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
2❤9👍5🤩2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#IChO_2026

Nufuzli xalqaro olimpiada — markaziy osiyoda ilk bor O‘zbekistonda!

Markaziy Osiyo tarixida ilk bor nufuzli 58-Xalqaro kimyo olimpiadasi mamlakatimizda o‘tkaziladi.

2026-yil 10-19-iyul kunlari Toshkent shahri

Bu nafaqat yosh iqtidorlar uchun katta imkoniyat, balki O‘zbekistonning global ilmiy maydondagi nufuzini yana bir bor namoyon etuvchi muhim voqeadir.

❗️Mazkur olimpiada dunyoning 90 dan ortiq mamlakatlaridan kelgan eng iqtidorli o‘quvchilarni bir maydonga jamlaydi. Ishtirokchilar o‘z bilimlari, mantiqiy tafakkuri va zamonaviy ilmiy yondashuvlari bilan bellashib, ilmiy salohiyatlarini namoyish etadilar.


🇺🇿O‘zbekiston esa ushbu nufuzli tadbirga mezbonlik qilish orqali nafaqat iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, balki ilm-fan rivoji yo‘lida xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlashni maqsad qilgan.

www.icho2026.uz/

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9❤5
#Avtomobilsiz_kun

25-iyun kuni navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkaziladi


Aksiya munosabati bilan davlat idoralari rahbarlari va xodimlariga shaxsiy transport vositalaridan voz kechish va jamoat transporti, velosiped hamda atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan transport turlaridan foydalanish tavsiya qilinadi.

Shaharlarda ekologik toza transportdan foydalanish havoning ifloslanishini kamaytirish, energiya resurslarini tejash va aholining salomatligini mustahkamlashga yordam beradi. Birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan yanada qulay va yashil muhit yaratish mumkin.

“Avtomobilsiz kun” ommaviy aksiyasiga siz ham qo‘shiling!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤17👍7🔥4👏3
#Qabul2026 #Abituriyent2026 #Statistika

Onlayn ro‘yxatdan o‘tishning yakunlanishiga 1 kun qoldi!

Davlat oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar statistikasi


25-iyun kuni soat 08:05 holatiga ko‘ra davlat oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul uchun jami 681 450 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi (batafsil yuqoridagi infografikada).

Eslatma: onlayn ro‘yxatdan o‘tish O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Agentlikning my.uzbmb.uz saytida amalga oshirilmoqda. Onlayn ro‘yxatdan o‘tishning 1-bosqichi 25-iyunga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

📽 Onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoyo‘riqnoma bilan bu yerda tanishish mumkin.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤14🥰1
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining axborot hamkori “O‘zbekiston talabasi” jurnalining may sonini mutolaa uchun taqdim etamiz.

Mazkur sondan:
— Prezident farmoni o‘zgartirgan faoliyat
— OTFIV: may sarhisobi
— Sun'iy intellekt: insonlarning tafakkuri ojizlashadimi?
— Ilhomlantirish ilinjida
— Jahon chempionatiga yo‘l olgan "oq bo‘rilar"
— Ranglar ortidagi hayot
— "Lahzani tutib qol, yashab o‘t lahzani"
— Adolat, shubha va inson tabiati
— Rektor Baxtiyor Mahkamov: "Jamoaviy fikr va ochiqlikning natijadorlikdagi ulushi yuksak"
— Oqshom
— Gitlerning rejasini barbod qilgan 101 o‘zbek
— O‘zimniki bo‘lgan yo‘ldaman

va boshqa maqolalar o‘rin olgan.


👉Jurnal
👉PDF shaklini yuklab olish

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤12🔥3👏3👍1
#TalabaExpo2026 #KelajakkaQadam #OliyTaʼlim

TalabaExpo–2026 Toshkent: ikkinchi kun tadbirlari boshlandi

Ko‘rgazmaning ikkinchi kun ochilish marosimida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Savdo-sanoat palatasi hamda “Kelajakka qadam” markazi ma’sul xodimlari ishtirok etdi.

Talaba-yoshlar va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash, ularning kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash hamda mehnat bozoridagi imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirishga qaratilgan TalabaExpo–2026 tadbirining ikkinchi kuni o‘z ishini davom ettirmoqda.

Talaba va bitiruvchilarni o‘z kasbiy faoliyatini muvaffaqiyatli boshlash hamda yangi imkoniyatlardan foydalanish uchun TalabaExpo–2026 maydoniga taklif etamiz.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤12👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TalabaExpo2026 #KelajakkaQadam #OliyTaʼlim

TalabaExpo–2026 kasb ko‘rgazmasining ikkinchi kun tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda

Tadbir doirasida ishtirokchilarga:

🔹 800 dan ortiq ish beruvchi tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvlar;
🔹 10 mingga yaqin bo‘sh ish o‘rni va amaliyot dasturlari;
🔹 seminar-treninglar, mahorat darslari hamda ochiq muloqotlar;
🔹 tadbirkorlik faoliyatini boshlash va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash dasturlari bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etilmoqda.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤10
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida qurilish materiallari tarmog‘ida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Davlatimiz rahbari asosiy masalaga o‘tishdan avval o‘tgan hafta yuksak saviyada o‘tkazilgan beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi yakunlariga to‘xtaldi. Forum doirasida xorijiy hamkorlar bilan 43 milliard dollarlik 177 ta kelishuvga erishilganini ta’kidladi.

Yig‘ilishda hokimlar qaysi tumanida qaysi tarmoqni qanday rivojlantirish, nima loyihaga investitsiya olib kelsa, eng yuqori samaradorlikka erishishini aniq hisob-kitob qilishi kerakligi qayd etildi.

Buning uchun iqtisodiyotdagi 12 ta tarmoqqa 14 ta “aql markazi” hamda 37 ta sohaviy ilmiy institut va oliygohlar nomma-nom biriktirildi.

Misol uchun, qurilish materiallari tarmog‘iga “aql markazi” sifatida Makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti, Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari markazi hamda Materialshunoslik instituti va Toshkent arxitektura-qurilish universiteti biriktirildi.

Ular yangi turdagi materiallarga talab, buni qoplash uchun qaysi tumanda nima loyiha qilish, qanday texnologiyadan foydalanish, qaysi yo‘nalishlarda kadr tayyorlash kerakligini tahlil qiladi.


Barcha tarmoq rahbarlariga “aql markazi”, sohaviy ilmiy institut va oliygohlar bilan har bir tuman imkoniyatini shu yondashuv asosida tahlil qilib, yalpi hududiy mahsulot o‘sishiga katta turtki beradigan loyihalar paketini tayyorlash topshirildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤7🔥2👍1