#TalabaExpo2026 #KelajakkaQadam #OliyTaʼlim
TalabaExpo–2026 kasb ko‘rgazmasining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida TalabaExpo–2026 kasb ko‘rgazmasining yakuniy taqdirlash marosimi tashkil etildi. Unda vazirlik mas’ullari, O‘zmilliybank vakillari, ish beruvchilar hamda bitiruvchilar ishtirok etdi.
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/184026
👉На руcском
👉In English
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Tadbir avvalida yoshlar bandligini ta’minlash, bitiruvchilarni mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashtirish hamda ularning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar va yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi.
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/184026
👉На руcском
👉In English
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9👍3
#Matbuot_anjumani
UrDPIda 4 yillik faoliyati yakunlari hamda 2026/2027-o‘quv yili qabul jarayonlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi
Urganch davlat pedagogika institutida muassasasning 4 yillik faoliyati yakunlari hamda 2026/2027-o‘quv yili qabul jarayonlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.
Anjumanda institut rektori v.b. Diyorjon Abdullayev boshchiligidagi mas’ullar hamda 2026/2027-o‘quv yili Qabul komissiyasi ishtirok etib, ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalist va blogerlar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar berdilar.
Matbuot anjumanida 40 dan ortiq ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar hamda blogerlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida institutning o‘tgan 4 yillik faoliyati sarhisob qilinib, erishilgan yutuqlar, istiqboldagi rejalar hamda 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonlariga oid muhim ma’lumotlar jamoatchilik e’tiboriga havola etildi.
Batafsil: https://www.urspi.uz

1👍9❤6👏1
#Rasmiy_munosabat
Samarqand viloyati hokimining daraxtlar va yashil hududlarni oliy taʼlim tashkilotlariga biriktirish tashabbusi yuzasidan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi quyidagilarni maʼlum qiladi.
Amaldagi qonunchilikka koʻra, professor-oʻqituvchilarni ularning kasbiy faoliyatiga aloqador boʻlmagan ishlarga majburiy jalb qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Xususan, “Pedagog maqomi toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq, pedagoglarni maʼmuriy tarzda mehnatga majburlash, ularning kasbiy faoliyatiga noqonuniy aralashish yoki xizmat vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qilish qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab boʻladi.
Shuningdek, Prezidentning 2018-yil 5-iyundagi PQ–3775-son qaroriga asosan, oliy taʼlim tashkilotlari professor-oʻqituvchilarini ularning vazifalari va faoliyat yoʻnalishiga tegishli boʻlmagan yigʻilishlar, tadbirlar va boshqa ishlarga jalb qilish taqiqlangan.
Mazkur talablarni buzgan davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari, shuningdek barcha darajadagi hokimlar qonunchilikda belgilangan tartibda lavozimidan ozod etishgacha boʻlgan shaxsiy javobgarlikka tortilishi mumkinligi haqida qatʼiy ogohlantirilgan.
Agar pedagoglar ijtimoiy yoki jamoatchilik ahamiyatiga ega tadbirlarda ishtirok etsa, bu faqat ularning roziligi bilan, tegishli shartnoma asosida, qoʻshimcha haq toʻlangan holda hamda ishdan boʻsh vaqtida yoki oʻrtacha ish haqi saqlangan holda amalga oshirilishi mumkin.
Shu munosabat bilan, oliy taʼlim tashkilotlari professor-oʻqituvchilarini daraxt va yashil hududlarni parvarishlash ishlariga majburiy tarzda jalb qilish amaldagi qonunchilik talablariga zid hisoblanadi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi professor-o‘qituvchilar va pedagoglarni o‘z kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga majburiy tarzda jalb etishga mutlaqo qarshi ekanini ma’lum qiladi.

6👏61❤17👍16🔥3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#TalabaExpo2026 #KelajakkaQadam #OliyTaʼlim
TalabaExpo–2026 kasb ko‘rgazmasi ikkinchi kuni muvaffaqiyatli yakunlandi

❤3