#Matbuot_anjumani
Urganch davlat universitetida qabul jarayonlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi
25-iyun kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida 2026/2027-o‘quv yili qabul jarayonlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.
Anjumanda universitet rektori Feruza Madrahimova hamda Qabul komissiyasi mas'ul kotibi O'tkir Matyoqubov ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalist va blogerlarni universitetning bugungi salohiyati, erishilgan yutuqlari hamda 2026/2027-o‘quv yili uchun rejalashtirilgan qabul jarayonlari bilan tanishtirdilar hamda ularning savollariga batafsil javob berdi.
Matbuot anjumanida 40 nafardan ortiq ommaviy axborot vositalari vakillari, televideniye xodimlari, jurnalistlar va blogerlar ishtirok etdi.
Batafsil: https://urdu.uz/uz/news/5976
👉На руcском
👉In English
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating

❤11🔥3🥰1
#Talaba_fest
"Talaba Fest" - iste’dod va imkoniyatlar festivali
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida Nukus shahridagi barcha oliy o‘quv yurtlari talabalari ishtirokida o‘tkazilgan "Talaba Fest" festivali yoshlar hayotidagi yorqin voqealardan biriga aylandi. Turli yo‘nalishlarni qamrab olgan festival davomida ilm-fan, san’at, sport va ijod uyg‘unlashib, talabalar o‘z iste’dod va imkoniyatlarini namoyish etish imkoniga ega bo‘ldi.
👉 Batafsil
👉 Qaraqalpaqsha
👉 На русском
👉 In English

Festival davomida talabalarning ijodiy va intellektual salohiyatini namoyon etishga qaratilgan ko‘plab qiziqarli loyihalar va tanlovlar tashkil etildi. Jumladan, "Eng yaxshi fotosuratlar" va "Milliy va zamonaviy liboslar" ko‘rgazmalari yoshlarning estetik didi va kreativ yondashuvini namoyon etdi. "Robotexnika" ko‘rgazmasida innovatsion ishlanmalar taqdim etilgan bo‘lsa, "Karaoke" ijrochiligi tanlovida iqtidorli yoshlar o‘z iste’dodlarini namoyish etdi.
👉 Batafsil
👉 Qaraqalpaqsha
👉 На русском
👉 In English
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤14👍2
“Narkotahdidlar: muammolar, yangi chaqiriqlar va innovatsion yondashuvlar” mavzusidagi xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi
26-iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni munosabati bilan “Jahondagi narkotahdidlar: dolzarb muammo, yangi chaqiriqlar va ularni bartaraf etishning innovatsion yondashuvlari” mavzusida seminar hamda tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ustidan nazorat qilish bo‘yicha Davlat va hududiy komissiyalar a’zolari, mutasaddi davlat organlari va jamoat tashkilotlari rahbarlari, mahalliy organlar vakillari, mutaxassis va ekspertlar, xalqaro tashkilotlar hamda diplomatik korpus vakillari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Seminar yakunida giyohvandlikka qarshi kurashish, narkojinoyatchilikning oldini olish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish yo‘nalishida samarali faoliyat olib borayotgan bir guruh mutaxassislar taqdirlandi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jamoasi nomidan Alisher Islomovni ushbu mukofot bilan samimiy tabriklaymiz hamda kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/184349

Tadbir doirasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan noqonuniy muomaladan olingan jami 2 tonna 963 kilogramm 610 gramm giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar hamda prekursorlar yoqish yo‘li bilan yo‘q qilindi. Jarayon tadbir ishtirokchilari va OAV vakillari tomonidan onlayn tarzda kuzatildi.
Seminar yakunida giyohvandlikka qarshi kurashish, narkojinoyatchilikning oldini olish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish yo‘nalishida samarali faoliyat olib borayotgan bir guruh mutaxassislar taqdirlandi.
Xususan, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bosh mutaxassisi Alisher Islomov “Giyohvandlikka qarshi kurashish fidoiysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Mazkur yuksak e’tirof uning mamlakatimizda giyohvandlik va narkojinoyatchilikka qarshi kurashish, aholi xavfsizligini ta’minlash hamda jamiyatda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish borasidagi fidokorona mehnatlarining munosib e’tirofidir.

❤6