Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Qonunchilik_yangiliklari

❗Nodavlat ta’lim sohasida nazorat to‘liq raqamlashtirilmoqda: “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi joriy etildi!


📝 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 26-iyundagi 22-mh-son buyrug‘i bilan sohada qonunchilikka rioya etilishini masofaviy va shaffof nazorat qiluvchi “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Ushbu hujjat Adliya vazirligida 3866-raqam bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

📨 Nizomga ko‘ra:

🚪 Ishlab chiqilgan “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi asosida aniqlangan huquqbuzarlik xavfi qay darajada boʻlishidan qatʼi nazar, tadbirkorlik subyektiga nisbatan taʼsir choralarini qoʻllashga asos boʻla olmaydi.

➡️“Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi — inson omilisiz, aniq mezonlar va 100 ballik shkala asosida nodavlat ta’lim tashkilotlarining qonunbuzilish xavfi darajasini o‘lchaydi.

📑Mazkur tahlil jarayoni tadbirkor faoliyatini to‘xtatib turish yoki unga to‘sqinlik qilishni nazarda tutmaydi.

➡️Tahlil davomida tadbirkordan hech qanday hujjat yoki axborot talab qilinmaydi!

➡️Barcha baholashlar faqat mavjud ma’muriy ma’lumotlar, statistika, EMIS/HEMIS tizimlari hamda fuqarolar murojaatlari va ochiq manbalar asosida masofaviy amalga oshiriladi.

➡️Baholash natijalariga ko‘ra tashkilotlar uchta toifaga ajratiladi:

🔴 Yuqori xavf: 81 dan 100 ballgacha;
🟡 O‘rta xavf: 61 dan 81 ballgacha;
🟢 Past xavf: 61 balldan kam.

❔Tizim qanday ishlaydi?


🟢Past xavf toifasidagi tashkilotlarda tekshiruvlar umuman o‘tkazilmaydi. Bu halol ishlayotgan muassasalarni ortiqcha bosimdan xalos etadi.

🟢Yuqori va o‘rta xavfli muassasalarda profilaktika va tekshiruvlar amaldagi qonunchilik asosida, faqat ta’lim talablariga rioya etilishini o‘rganish maqsadida o‘tkazilishi mumkin.

➡️Aniq xavf darajasi qanday bo‘lishidan qat’i nazar, bu avtomatik ravishda tadbirkorga jazo yoki ta’sir chorasi qo‘llashga asos bo‘la olmaydi.

💠Xavf darajasining tahlili quyidagi maʼlumotlarni oʻrganish asosida amalga oshiriladi:

☑️maʼmuriy maʼlumotlar (litsenziya, ruxsat etuvchi va davlat organlarida
mavjud boshqa hujjatlar)
;
☑️davriy statistika maʼlumotlari, jumladan, avval huquqbuzarlik holatlari aniqlangan tadbirkorlik subyektini umumlashtiruvchi belgilar, xabarlar va boshqa korrelyatsion tahlil
natijalari
;
☑️yuridik va jismoniy shaxslardan kelib tushgan murojaatlar;
☑️OAVlaridan yoki boshqa tashqi manbalardan (ijtimoiy tarmoqlar, veb-saytlar) olingan
maʼlumotlar;
☑️nazorat xaridi natijalari asosida aniqlangan kamchiliklarning tahlili;
☑️qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan va tadbirkorlik subyektining odatiy faoliyatiga bevosita yoki bilvosita taʼsir koʻrsatmagan holda, davlat organlari va boshqa tashkilotlardan olinishi mumkin boʻlgan boshqa maʼlumotlar.

❗️Xavfni tahlil etish natijalaridan norozi bo‘lgan tadbirkorlar belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilish huquqiga ega.

✅ Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.

📝 Hujjatni PDF shaklda yuklab olish.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤17
Qo‘riqlash xizmati faoliyati bilan tanishamiz

Ichki ishlar vazirligi Qoʻriqlash departamenti har qanday vaziyatda uyingiz va mol-mulkingizni ishonchli qoʻriqlaydi. Endi xavotirga oʻrin yoʻq!

Zamonaviy qoʻriqlash tizimlari va malakali mutaxassislar xizmati tufayli xonadoningiz doimo nazorat ostida boʻladi.

📞 Batafsil maʼlumot uchun: 1131 va 102 raqamlariga murojaat qiling.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤7👍5👏2🔥1🥰1
Qadrli yoshlar!

⚡️30-iyun kuni soat 19:00 da sizlarni Toshkent shahri, Olimpiya shaharchasida bo‘lib o‘tadigan “Yoshlar kuni” galakonsertiga taklif etamiz.

Ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting va yutuqli sovrinlarni qo‘lga kiriting.

✔️ Ro‘yxatdan o‘tish

Ishtirokchilar uchun quyidagi manzillarda bepul avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi:

Barcha yoshlarni kutamiz. Kirish bepul!

#YoshlarOyligi #Birlashaylik
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤21
#BayramTabrigi

🖋 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jamoasi mamlakatimizda so‘z erkinligi, ochiqlik va oshkoralik tamoyillarini qaror toptirish, jamiyatni xolis va tezkor axborot bilan ta’minlash yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan jurnalistlar, ommaviy axborot vositalari vakillari, axborot xizmatlari xodimlari hamda faol blogerlarni kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etadi.

Sizlarning professionalligingiz, tashabbuskorligingiz va jamiyat hayotidagi muhim voqealarni keng jamoatchilikka yetkazishdagi xizmatlaringiz yuksak e’tirofga loyiq.

Ushbu qutlug‘ ayyomda barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat, ijodiy ilhom, yangi g‘oya va yutuqlar tilaymiz.

Mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda doimo ulkan muvaffaqiyatlar, yuksak marralar va xalq ishonchi hamroh bo‘lsin!

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤10🔥5👍2😁2🎉2
Mamlakatni ilm-fansiz rivojlantirib bo‘lmaydi. Soha va tarmoqlar ilmiy tadqiqotlarga ehtiyoj sezadi.

🇺🇿“O‘zbekiston – 2030” strategiyasining 9-maqsadi fundamental tadqiqotlarni zamon talablariga mos yangi yo‘nalishlar bilan boyitishni nazarda tutadi.

🎯 2030-yilga qadar erishiladigan natijalar:

⏺yalpi ichki mahsulotning 1 foizi ilm-fan sohasiga ajratiladi
⏺fundamental tadqiqot loyihalari soni 400 taga;
⏺xorijiy hamkorlikdagi ilmiy loyihalar soni 200 taga yetkaziladi


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤12👍4
#Matbuot_anjumani #press_tur

Farg‘ona davlat texnika universitetida “2026/2027-o‘quv yili uchun universitetning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabul” mavzusida matbuot anjumani hamda Press-tur tashkil etildi


🔹 Matbuot anjumanida, viloyatimizda faoliyat olib boruvchi jurnalist, bloger hamda boshqarmalarning axborot xizmati rahbarlari ishtirok etdi.

Dastavval, oliygoh rektori, professor Rustam Tojiyev mamlakatimiz bo‘ylab keng nishonlanadigan 27-iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan anjumanda ishtirokchilariga universitet bilan olib borilayotgan hamkorlik uchun minnatdorchiligini izhor qilib, bayram bilan samimiy tabrikladi.

Batafsil.

👉На руcском
👉
In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤10👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗Elektr energiyasidan oqilona foydalanaylik


⚡️Elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojlarimiz ortib borar ekan, ushbu resurslardan imkon qadar tejamkorlik va samarali foydalanish sizning xarajatlaringizni kamayishida yordam beradi va albatta isrofgarchilikka yo‘l qo‘yilmaydi.

Unutmang, energiya resurslaridan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish barchamiz uchun foydalidir.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7👍5
Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan loyiha yakunlandi va Karyera festivali o‘tkazildi

O'zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida Yevropa Ittifoqi va BMT Taraqqiyot dasturi (UNDP) hamkorligida amalga oshirilgan “Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish va kasbiy tayyorlash bo‘yicha Surxondaryo viloyatining salohiyatini oshirish” loyihasining yopilish marosimi va Karyera festivali bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari Oybek Ashurov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatilla Ergashev, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari O‘ktam Salomov, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Elchisi Toivo Klaar, BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi Doimiy vakili Akiko Fujii, shuningdek xalqaro tashkilotlar, loyiha hamkorlari, ish beruvchi tashkilotlar va afg‘on diasporasi vakillari ishtirok etishdi.


Tadbir davomida loyiha doirasida erishilgan natijalar taqdim etildi, loyiha ishtirokchilari va bitiruvchilari bilan muloqot qilindi hamda bandlik va tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.

Batafsil

👉In English
👉На руcском

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤13👍3🔥1