Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Buxoro

BuxDUda “Bitiruvchi–2026” tantanali diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi


THE agentligining Sustainability Impact Ratings – 2026 xalqaro reytingida dunyoning TOP-400 taligidan o‘rin olib, O‘zbekiston OTMlari orasida 5-o‘rinni egallagan Buxoro davlat universitetida “Bitiruvchi–2026” tantanali diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Joriy o‘quv yilida universitetni 3 986 nafar bitiruvchi tamomladi. Shundan 331 nafari magistr bo‘lib, magistratura bitiruvchilarining 75 foizini xotin-qizlar tashkil etdi.

Batafsil

👉На руcском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍8❤6👏2
#Oʻzbekiston2030_strategiyasi

🇺🇿 “Oʻzbekiston — 2030”  strategiyasining 10-maqsadi iqtisodiyotning eng tez rivojlanayotgan tarmoqlarida amaliy tadqiqotlarni kuchaytirish va “korxona – oliy taʼlim muassasasi – ilmiy tashkilot” klaster tizimini joriy etishga qaratilgan!
 
2030-yilga qadar asosiy koʻrsatkichlar:

📊 Davlat byudjeti hisobidan moliyalashtiriladigan amaliy tadqiqot loyihalari — 1 600 taga;
🔬 Innovatsion mahsulot turlari — 850 taga;
🤝 Ulushli moliyalashtirish orqali tadqiqot loyihalari — 400 taga;
🚀 Spin-off ishlab chiqarish korxonalari — 8 taga oshiriladi!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8👍3
🚘 Yosh ixtirochi qizga Prezident sovg‘asi — Volkswagen elektromobili topshirildi!

30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan Olimpiya shaharchasida tashkil etilgan bayram tadbiri doirasida Yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash ofisi tomonidan bir qator innovatsion loyihalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdim etildi.

Taqdimot davomida iqtidorli yoshlar o‘zlarining innovatsion g‘oyalari, muhandislik loyihalari va ilmiy tashabbuslari bilan ishtirok etdi.

Jumladan, Ibrohimov No‘monjon “Kelajak muhandislari” xalqaro festivalining natijalari hamda mamlakatimizda muhandislik sohasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Ismoilov Biloliddin 2024–2025-yillarda FPV dronlar poygasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi chempioni sifatida “Shunqor-8” va “X1” antidron tizimlarini yaratish hamda takomillashtirish ishlaridagi ishtiroki haqida taqdimot qildi.

Kurmayeva Diyora oliy ta’lim muassasalarida “Fudomika va metabolomika” ta’lim yo‘nalishi hamda maxsus laboratoriyani tajriba tariqasida tashkil etish bo‘yicha taklifini ilgari surdi.

Asanova Ayzada — “Kelajak muhandislari” xalqaro festivalining “Yangi avlod avtomobillari” yo‘nalishi g‘olibasi bo‘lib, Belgiyada bo‘lib o‘tadigan xalqaro tanlov yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan.

✨ Tadbirning eng hayajonli lahzalaridan biri esa Asanova Ayzadaning Prezident sovg‘asi — Volkswagen elektromobili bilan taqdirlanishi bo‘ldi.

Bu e’tirof yurtimizda yosh ixtirochilar, innovatorlar va kelajak muhandislariga berilayotgan yuksak ishonch hamda qo‘llab-quvvatlovning yorqin namunasidir.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤37🔥9👍6🥰2
⚡️Eldor Shomurodovning goli FIFA tomonidan eng chiroyli gol deb topildi!

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori, Termiz davlat universiteti talabasi Eldor Shomurodovning Kongo DR terma jamoasi darvozasiga yo‘llagan ajoyib goli FIFA rasmiy saytida o‘tkazilgan ovoz berish natijalariga ko‘ra “Turnirning eng chiroyli goli” (Goal of the Tournament) deb topildi.

Quvonarlisi, hamyurtimizning “parashyut” uslubida kiritgan ushbu goli dunyo futboli yulduzlari — Lionel Messi, Kilian Mbappe va Vinisius Junior kabi nomdor futbolchilarning gollarini ortda qoldirib, eng ko‘p ovoz to‘plashga muvaffaq bo‘ldi.

Ushbu xalqaro e’tirofda o‘z ovozi va faolligi bilan ishtirok etgan barcha hamyurtlarimizga, xususan, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlarga minnatdorchilik bildiramiz. O‘zbek futboli faxri bo‘lgan Eldor Shomurodovni ushbu ulkan yutuq bilan tabriklayimiz!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1👍185❤70🔥24🎉21😁19
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Turizm #Chust

Welcome to Chust — Chust tumaniga xush kelibsiz!

Namangan viloyati Chust tumanining tarixiy-madaniy merosi, betakror tabiiy landshaftlari, etnografik xususiyatlari hamda turizm salohiyati bilan tanishing.
_______
Познакомьтесь с историко-культурным наследием Чустского района Наманганской области, его уникальными природными ландшафтами, этнографическими особенностями и туристическим потенциалом.
_______
Discover the historical and cultural heritage of Chust District in Namangan Region, its unique natural landscapes, ethnographic traditions, and tourism potential.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤17🔥5👍2👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Qoraqalpogʻistonlik muhandis qizga elektromobil sovgʻa qildi!

Aprel oyida Yoshlarning innovatsiyalar ofisi tomonidan tashkil etilgan “Kelajak muhandislari” xalqaro festivalining Yangi avlod mashinasi yoʻnalishida g‘oliblar qatorida boʻlgan qizlardan tashkil topgan jamoaga Prezident sovgʻasi volkswagen elektrmobilini topshirdi

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍83❤18👏5🔥3
❗️Bugundan 9-sinf bitiruvchilarini texnikumlarga qabuli boshlandi

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 2026-yil 9-sinf bitiruvchilari 570 ta texnikumning birida kunduzgi yoki dual ta’lim shakllari bo‘yicha o‘qish uchun my.edu.uz elektron platformasi orqali 1-iyuldan 20-iyul (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

📝 Platformaga:

➖ tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma(o‘quvchining 3x4 hajmidagi fotosurati bilan) yoki ID-karta ma’lumotlari;
➖ Maktabning 9-sinfini tamomlaganlik to‘g‘risidagi elektron shahodatnoma ma’lumotlari kiritiladi.

9-sinf bitiruvchilari uchun 570 ta texnikumga hujjat topshirish imkoniyati mavjud:

▪️166 ta kasb-hunar yo‘nalishi;
▪️Umumiy qabul kvotasi — 202 657 ta.

Ma’lumot uchun, qabul parametrlarida 9-sinf bitiruvchilari uchun kvotalar to‘liq davlat granti asosida shakllantirilgan.

Shuningdek, 14 ta Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumida 27 ta kasb va mutaxassislik bo‘yicha qabul amalga oshiriladi:

▪️Umumiy kvota — 1 760 ta
▪️Shundan 1 640 tasi davlat granti.

#Qabul2026 #Texnikum

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤10👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Har yili 500 ming o‘g‘il-qizni zamonaviy kasbga ega bo‘lishini ta’minlaydigan “Kelajak bilimlari ekotizimi” yo‘lga qo‘yiladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤7🔥2😁2
📣Respublikadagi barcha "yashil" texnikumlarga o’qituvchilar ishga qabul qilinadi!

Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti ("Green University") huzurida ochilgan "yashil" texnikumlarga o’qituvchi-pedagoglar ishga qabul qilinadi.

Texnikumlarda quyidagi yo‘nalishlar yo’lga qo’yilgan:
— Laborant-ekolog;
— Qayta tiklanuvchi energiya manbalariga xizmat koʻrsatish;
— Oʻsimliklar himoyasi laboranti;
— Baliqchilik va akvakultura ishchisi;
— Intensiv bogʻlar laboranti;
— Elektrobuslar, elektromobillar va elektroskuterlar servisi;
— Kompyuter tarmoqlari va IT-servis;
— Asalarichi;
— Grafik va dizayn texnologiyasi;
— Sanoat ekologiyasi operatori;
— Oʻrmonchilik va koʻkalamzorlashtirish laboranti;
— Meteorologiya;
— Issiqxona va parnik xoʻjaligi laboranti;
— Kimyoviy suv tozalash apparatchisi;
— Raqamli axborotlarni qayta ishlash ustasi;
— Aloqa operatori;
— Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi;
— Buxgalteriya hisobi va audit;
— Gidrometeorologiya;
— Oʻsimlikshunoslik;
— Dasturiy injiniring;
— Oʻrmonchilik va ekologiya texnigi;
— Oʻsimliklar himoyasi va karantini;
— Zooinjeneriya (faoliyat turlari boʻyicha);
— Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish;
— Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari servisi;
— Dendrologiya va landshaft agronomiyasi;
— Dronlarni loyihalash va ekspluatatsiya qilish;
— Chiqindilarni qayta ishlash va boshqarish;
— Kadastr;
— Gidrometeorologiyada aloqa va telekommunikatsiya;
— Oʻrmon xoʻjaligi texnigi;
— Uchuvchisiz uchish qurilmalari ekspluatatsiyasi va ularni boshqarish;
— Veterinariya meditsinasi;
— Agronomiya (ekin turlari boʻyicha);
— Gidrologiya.


Texnikumlarda o‘qituvchilar uchun quyidagi qulayliklar yaratilgan:
— Raqobatbardosh oylik maosh;
— Zamonaviy jihozlangan o'quv xonalari va laboratoriyalar;
— Qulay va innovatsion ish muhiti;
— Malaka oshirish va kasbiy rivojlanish imkoniyatlari;
— Ekologiya yo'nalishidagi istiqbolli loyihalarda ishtirok etish.


📞Murojaat uchun: +998 (55) 512-00-77

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8👍4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Magistraturaga qabul boshlandi

2026/2027-o‘quv yili uchun davlat OTTlarining magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy my.edu.uz platformasi orqali 1–30-iyul kunlari davom etadi.

Magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda til bilishning tegishli darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin.

📝 Onlayn ariza topshirish uchun talab etiladigan hujjatlar:

▪️Bakalavr diplomi;
▪️Chet tilini bilish sertifikati.

📋 Magistraturaga kirish uchun talab etiladigan chet tili sertifikatlarining mutaxassisliklar kesimida ro‘yxati.

❌ Quyidagi talabgorlardan chet tilini bilish sertifikati talab etilmaydi:

1. Prezident va nomli davlat stipendiyalari sohiblari, davlat mukofoti sovrindorlari hamda respublika fan olimpiadalari g‘oliblari;
2. Nogironlik ma’lumotnomasi mavjud (ko‘rish, eshitish va nutqida nuqsoni bo‘lgan shaxslar);
3. Bakalavriat ta’lim dasturini xorijiy tilda tamomlagan bitiruvchilar.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤28🔥11👍7🤔1
🏦 Talaba Expo–2026: Samarqand — katta imkoniyatlar maydoni

🗓 2 - Iyul
📍Samarqand shahri, Alisher Navoiy ko’chasida “TalabaExpo–2026” kasb ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

⚫️ Bo’sh ish o‘rinlari va amaliyotlar
⚫️ Real ish beruvchilar bilan uchrashuv
⚫️ Tadbirkorlik va moliyaviy imkoniyatlar

Tashkilotchilar: O‘zbekiston Milliy banki, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi, Savdo-sanoat Palatasi va Kambagalikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Ko’rgazmaning maqsadi — bitiruvchilarni bandligini ta’minlash, ularning kasbiy yo‘nalishini aniqlash va biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashdir.

Sizni "TalabaExpo–2026” kasb ko‘rgazmasida kutib qolamiz!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤14🔥2👏2
Ta’lim sifati sizning fikringiz bilan yanada yaxshiroq bo'lishi mumkin

Aziz talabalar!

Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi yuksak salohiyatli, tashabbuskor hamda mas’uliyatli talabalarni haq to'lanadigan ekspert sifatida davlat akkreditatsiyasi jarayonlarida ishtirok etishga taklif qiladi.

Agar siz ta’lim sifatini oshirishga befarq bo‘lmasangiz bu imkoniyatidan foydalaning.

Nomzodlarga qo'yiladigan talablar:

➖bakalavriat yoki magistratura bosqichida tahsil olayotgan bo'lish;
➖ta'lim jarayonlari va talabalar manfaatlariga befarq bo'lmaslik;
➖tahliliy fikrlash, muloqot va jamoada ishlash ko'nikmalariga ega bo'lish.

Talaba-ekspert sifatida ishtirok etish sizga talabalar manfaatlarini ifodalash bilan birga o'zingizdagi liderlik ko‘nikmalarni rivojlantirish imkonini beradi.

Ekspertlar tarkibiga kirish uchun:

O'zingiz haqingizda motivatsion xat (200 ta so'zgacha) hamda “Ta’lim tizimida qanday o‘zgarishlar kiritish muhim deb hisoblaysiz?” degan savolga taklifingizni yozib, quyidagi elektron pochta manziliga yuborishingizni so'raymiz: experts@nqaae.uz

Ta’lim sifatini ta’minlashga befarq bo'lmang!

English

➖➖➖➖➖➖➖➖➖

☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤13👍4🔥3🤩2