Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Eʼtibor #Eʼtirof

27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida soha vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda vazirlik bilan samarali hamkorlik olib borayotgan ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar, blogerlar hamda axborot targ‘ibotchilari qatnashdi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov ishtirokchilarni kasb bayrami bilan samimiy tabriklab, soha fidoyilarining vazirlik faoliyatini keng jamoatchilikka ochiq va tezkor yetkazish, tizimdagi islohotlarni haqqoniy yoritish hamda ijobiy ijtimoiy kayfiyatni shakllantirishdagi munosib xizmatlarini alohida e’tirof etdi.

Uchrashuv yakunida OAV vakillari, jurnalist va blogerlar vazirlikning tashakkurnomalari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤14👍3😁2🔥1
“INNO” texnoparki — innovatsion g‘oyalar va startaplar markaziga aylanmoqda

30-iyun — “Yoshlar kuni” munosabati bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov “INNO” innovatsion o‘quv va ishlab chiqarish texnoparkida bo‘lib, iqtidorli yoshlar bilan uchrashdi.

Anjuman avvalida “Kelajak muhandislari” Respublika tanlovining startap akseleratsiya bosqichiga tantanali start berildi.


1–3-iyul kunlari
Toshkent shahridagi “INNO” innovatsion o‘quv va ishlab chiqarish texnoparkida “Kelajak muhandislari” yozgi oromgohi tashkil etildi.

Shundan so‘ng vazir 180 nafar iqtidorli yoshlar, akseleratsiya qatnashchilari, davlatimiz rahbari tomonidan taqdirlangan faollar bilan muloqot o‘tkazdi.

Tadbir davomida yoshlarning innovatsion faoliyatdagi yutuqlari e’tirof etilib, ularga maxsus vaucher va yo‘llanmalar topshirildi.

Jumladan:
Biloliddin Ismailovga 120 million so‘mlik pul mukofoti uchun vaucher;
Diyora Kurmayevaga Future 100 stajirovka dasturiga yo‘llanma;
No‘monjon Ibroximovga AQSHning Silicon Valley innovatsion ekotizimida stajirovka o‘tash yo‘llanmasi;
Ayzada Asanovaga Belgiyada o‘tkaziladigan Shell Eco-marathon xalqaro musobaqasida ishtirok etish yo‘llanmasi taqdim etildi.

#YoshlarKuni #Innovatsiya #Yoshlar #IlmFan

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/186827

👉На руcском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👏5❤1
#fotojamlanma #YoshlarKuni #Innovatsiya #Yoshlar #IlmFan

30
-iyun — “Yoshlar kuni” munosabati bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov “INNO” innovatsion o‘quv va ishlab chiqarish texnoparkida bo‘lib, iqtidorli yoshlar bilan uchrashuvidan fotojamlanma

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤6👏2