Edu.uz
✔
144K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Tadbirkorlar va xalqaro ta’lim: yangi imkoniyatlar muloqoti

Joriy yilning 3-iyul kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida dunyoning eng nufuzli universitetlarida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar va mahalliy tadbirkorlar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.

Uchrashuvda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov, Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev, shuningdek, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari, 300 ga yaqin tadbirkorlar hamda yoshlar ishtirok etdilar.

Ochiq muloqotdan ko‘zlangan asosiy maqsad xalqaro ta’lim olgan iqtidorli yoshlar bilan mahalliy tadbirkorlar o‘rtasida samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish, innovatsion g‘oyalar va zamonaviy bilimlarni mamlakat iqtisodiyoti hamda biznes rivojiga yo‘naltirishdan iborat bo‘ldi.
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/187954

👉На руcском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤10😁2🔥1🥰1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xalqaro ta'lim sari ishonchli qadam

Bugungi kunda Buxoro davlat texnika universitetida 150 nafardan ortiq xorijiy talaba tahsil olmoqda. Turli davlatlardan kelgan yoshlarning aynan universitetimizni tanlayotgani ta'lim sifati, zamonaviy infratuzilma va xalqaro hamkorlikning yuksak natijasidir.

Turli millat va madaniyat vakillarini birlashtirayotgan universitetda bilim almashish, innovatsion g‘oyalarni rivojlantirish hamda global fikrlaydigan mutaxassislarni tayyorlash uchun keng imkoniyatlar yaratilgan.

🌐 Buxoro davlat texnika universiteti – ilm-fan, innovatsiya va xalqaro hamkorlik chorrahasida!

2026/2027-o‘quv yili uchun qabul yo‘nalishlari bilan quyidagi havola orqali tanishing:
🔗 https://bstu.uz/page/qabul_2026

👉На руcском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9👍6👏5😱1
#Dolzarb90kun #Turizm #Yoshlar

Ham sayohat, ham festival: SamISI talaba-yoshlari Navoiyda


Samarqand iqtisodiyot va servis instituti tomonidan Navoiy davlat universiteti bilan hamkorlikda “Navoiyga sayohat karvoni: etno-madaniyat va milliy sport” mavzusida yoshlar turizm festivali tashkil etildi.

Festivalning birinchi kunida “Navoiy viloyatining turistik salohiyatidan samarali foydalanish va uni rivojlantirish istiqbollari” mavzusida seminar, Zakovat intellektual o‘yini, futbol va voleybol musobaqalari hamda “Talabalar kechasi” dasturi bo‘lib o‘tdi. Seminar davomida SamISI mutaxassislari tomonidan Nurota, Xatirchi va Qiziltepa tumanlarining turistik salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar taqdim etildi.

Festivalning ikkinchi kuni Sarmishsoy davlat muzey-qo‘riqxonasi hududida davom etdi. Ishtirokchilar mazkur maskanning tarixiy va turistik ahamiyati bilan tanishib, milliy sport musobaqalari, madaniy chiqishlar hamda milliy taomlar tayyorlash jarayonida faol ishtirok etdilar.

Mazkur festival yoshlar o‘rtasida ichki turizmni rivojlantirish, milliy qadriyatlarni targ‘ib qilish hamda oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qildi.


👉 На руcском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11👍3🔥3