Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.73K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#hemis #yangi_imkoniyatlar

HEMIS tizimida tyutorlar uchun alohida menyu va yangi hisobot tizimi joriy etildi


Tizimning navbatdagi yangi versiyasida tyutorlar faoliyati, nodavlat OTTlar uchun diplom reyestri va xorijiy talabalar anketasini rasmiylashtirish bilan bog‘liq qator muhim o‘zgarishlar amalga oshirildi.

➖ “Tyutor faoliyati” menyusi: HEMIS tizimida tyutorga tegishli barcha funksionallar uchun alohida yangi menyu ochildi va barcha tegishli bo‘limlar unga o‘tkazildi;

➖ Prorektorlar nazorati: Prorektorlar tomonidan tyutorlarga hisobot topshirish talabnomasini yuborish va ularning hisobotlarini qabul qilish funksionali ishga tushdi (Tyutor faoliyati/tyutor hisobotlari);

➖ Tezkor hisobot topshirish: Tyutorlar tomonidan prorektor talabnomasi asosida faoliyat hisobotlarini tizim orqali topshirish imkoniyati yaratildi (Tyutor faoliyati/faoliyat hisobotlari);

➖ Bitirish buyrug‘ini shakllantirish: Diplom ma’lumotlarini faqat qayd qiladigan nodavlat (xorijiy) OTTlar uchun Diplom reyestri orqali talaba diplomi qayd qilingandan so‘ng Bitirish buyrug‘ini shakllantirish imkoniyati taqdim etildi;

➖ Xorijiy talabalar anketasi: Talaba anketasida xorijiy talabalarning davlatini tanlashda ortiqcha viloyat, tuman va mahalla ma’lumotlari cheklab qo‘yildi. Endilikda uy manzili maydonida to‘liq manzil to‘g‘ridan to‘g‘ri yoziladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤12👍1
💰✍️ 🤩🤩🤩🤩

‼️SAT sertifikatlari “College Board” platformasi orqali vazirlikka elektron yuborish DI kodi – 30054


Hukumatning 2025-yil 13-sentyabrdagi 578-son qaroriga muvofiq, “College Board” tashkiloti tomonidan o‘tkaziladigan SAT xalqaro imtihonida maksimal ballning kamida 75 foizini, ya’ni 1200 ball va undan yuqori natijani qayd etgan hamda tamomlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos va turdosh magistratura mutaxassisliklariga hujjat topshirayotgan talabgorlar qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinishi belgilangan.

2026/2027-o‘quv yili magistratura qabulida mazkur imtiyozdan foydalanish uchun SAT sertifikatlari “College Board” rasmiy platformasi orqali 30054 DI kodi bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga elektron tarzda yuborilishi lozim.

📥 Natijalar DI kodi orqali quyidagi tartibda yetkaziladi:

1️⃣ Standart tartib (Score Report): Natijalar odatda buyurtma rasmiylashtirilgan kundan boshlab 10 ish kuni ichida yetkaziladi.
2️⃣ Tezkor xizmat (Rush): Natijalar dam olish va bayram kunlari hisobga olinmagan holda 4 ish kuni ichida Vazirlikka taqdim etiladi.

❗️Eslatma: Qabul jarayonida faqat DI kodi (30054) orqali Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yuborilgan SAT sertifikatlari haqiqiy deb topiladi. Sertifikatni qo‘lda yuklash, PDF variantini tizimga joylash yoki skrinshotlarini taqdim etish qabul jarayonida hisobga olinmaydi.

Ma’lumot uchun, 2026/2027-o‘quv yili uchun davlat OTTlarining magistratura mutaxassisliklariga roʻyxatdan oʻtish jarayoni vazirlikning rasmiy my.edu.uz platformasi orqali 30-iyul kuniga qadar davom etadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤15👍2
#Qabul2026 #Statistika #Abituriyent

2026/2027-o‘quv yili uchun qabul davom etmoqda

7-iyul soat 18:00 holatiga ko‘ra qabul jarayonlari statistikasi:

➖ Akademik litseylar

2026/2027-o‘quv yili uchun akademik litseylarga 44 805 ta ariza kelib tushdi. Qabul 10-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi.

➖ Magistratura

Magistratura bosqichiga hujjat topshirish davom etmoqda. Ayni paytgacha 12 279 ta ariza qabul qilindi. Qabul 30-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi.

➖ Texnikumlar (9-sinf bitiruvchilari uchun)

Texnikumlarga qabul bo‘yicha 165 399 ta ariza ro‘yxatdan o‘tkazildi. Qabul 20-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi.

➖ Texnikum bitiruvchilarini OTTlarga suhbat asosida qabul qilish

Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni OTTlarga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish uchun 322 ta ariza kelib tushdi. Qabul 25-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi.

ℹ️ Eslatib o‘tamiz, barcha arizalar my.edu.uz platformasi orqali onlayn tarzda qabul qilinmoqda.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤20👍2👏1
#turizm #Yangiqoʻrgʻon

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabalari turizmni rivojlantirish maqsadida Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanidagi ko‘ngilochar va sayyohlik maskanlarida bo‘ldilar.

Sayohat davomida talabalar hududning betakror tabiati, dam olish maskanlari hamda turizm imkoniyatlari bilan yaqindan tanishishdi. Shuningdek, Yangiqo‘rg‘on tumanining diqqatga sazovor maskanlari hamda turizm imkoniyatlarini mahalliy va xorijiy auditoriyaga tanishtirish maqsadida rus, turk, tojik, qirg‘iz, arab, xitoy, koreys, malay va boshqa tillarda videoroliklar tayyorlandi.

Siz ham Yangiqo‘rg‘onning so‘lim maskanlariga tashrif buyurib, unutilmas taassurotlarga ega bo‘ling! Dam olish kunlaringizni mazmunli o‘tkazish uchun yaqinlaringiz bilan sayohat qilishni tavsiya etamiz.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11👍3😁1😱1
#Kasbiy_imtihon #Qabul2026

⚡️Qarshi davlat universitetida 2026-yil 8–17-iyul kunlari kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘lib o‘tadi

📌 Eslatma:
Abituriyentlar my.uzbmb.uz platformasidagi "Shaxsiy kabinet" bo‘limiga login va parollari orqali kirib, abituriyent ruxsatnomasini yuklab olishlari lozim.

🪪 Imtihonga kelishda quyidagi hujjatlar bo‘lishi shart:
▪️ Abituriyent ruxsatnomasi;
▪️ Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta).

⏰ Imtihonga belgilangan vaqtdan kechikmasdan kelishingizni so‘raymiz.

📃 Kasbiy (ijodiy) imtihonlar jadvali:
🔗 https://qarshidu.uz/oz/page/kasbiy-ijodiy-imtixon-jadvali

📖 Baholash mezonlari:
🔗 https://qarshidu.uz/oz/page/kasbiy-ijodiy-imtihon-dasturi-va-uni-baholash-mezonlari

🎥 Imtihonlarni jonli kuzatish:
🔗 live.qarshidu.uz

📞 Bog‘lanish uchun:
+99875 220 00 01

📚 Barcha abituriyentlarga kasbiy (ijodiy) imtihonlarda omad tilaymiz!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1❤6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2026

🎓 Yoshlar uchun xalqaro ta’lim imkoniyatlari

Prezident tashabbusi bilan tashkil etilgan Farmatsevtika texnik universiteti (PTU)da xalqaro standartlar asosida ta’lim olish imkoniyati yaratilgan.

📚 Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari:

➡️ Xalqaro farmatsiya
➡️ Biokimyo
➡️ Biotibbiyot
➡️ Sanoat farmatsiyasi va kosmetika
➡️ Biznes menejment
➡️ Biznes data analitika

🇬🇧 Universitetda ta’lim jarayoni to‘liq ingliz tilida olib boriladi.

🌍 PTU talabalari 1-kursdan boshlab xalqaro almashinuv dasturlarida ishtirok etish, amaliyotga yo'naltirilgan ta’lim olish hamda xorijiy tajriba orttirish imkoniyatiga ega.

📜 Bitiruvchilarga Buyuk Britaniyaning De Montfort University va University of Sunderland diplomlari beriladi.

🎓 Shuningdek, 2027–2028-o‘quv yilidan boshlab Myunxen texnika universiteti bilan hamkorlikda Biotibbiyot muhandisligi hamda Bioinformatika yo‘nalishlari yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.

✅ IELTS 5.0 yoki CEFR B2 sertifikatiga ega abituriyentlar universitetning kirish imtihonidan ozod etiladi.

📞 Qo‘shimcha ma’lumot: +998 55 900 05 00
🌐 ptu.uz
💬 Telegram: @ptuuz
🤖 Bot: @ptuuz_bot

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤8👍5
#Xalqaro_anjuman

Yashil qo‘llar MUN'26 — ekologiya va diplomatiya bir maydonda!


Atrof-muhit muammolariga befarq bo‘lmagan, xalqaro muzokaralarda ishtirok etish, liderlik hamda notiqlik ko‘nikmalarini rivojlantirishni istagan yoshlar uchun “Yashil qo‘llar MUN'26” konferensiyasi tashkil etiladi.

Yashil qo‘llar MUN'26 — ekologiya va barqaror rivojlanish masalalariga bag‘ishlangan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) faoliyatini modellashtiruvchi (Model United Nations — MUN) konferensiya bo‘lib, unda ishtirokchilar turli davlatlar delegatlari sifatida global muammolar yuzasidan muzokaralar olib boradi, yechimlar ishlab chiqadi hamda rezolyutsiyalar qabul qiladi.

📅 Konferensiya sanasi: 2026-yil 11-iyul;
📍 Manzil: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.

🏛 Konferensiya quyidagi qo‘mitalar doirasida o‘tkaziladi:

▪️ Bosh Assambleya (GA);
▪️ Xavfsizlik Kengashi (SC);
▪️ Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (WHO);
▪️ Iqtisodiy va ijtimoiy kengash (ECOSOC) — ingliz tilida;
▪️ Jahon savdo tashkiloti (WTO) — rus tilida;
▪️ Ekologiya kengashi (EC) — maxsus qo‘mita.

✅ Konferensiya davomida ishtirokchilar:

🔹 diplomatiya va muzokara olib borish ko‘nikmalarini rivojlantiradi;
🔹 ommaviy nutq so‘zlash va tanqidiy fikrlash salohiyatini oshiradi;
🔹 ekologiya hamda barqaror rivojlanish bo‘yicha dolzarb masalalarni muhokama qiladi;
🔹 O‘zbekistonning turli hududlaridan kelgan faol yoshlar bilan tajriba almashadi;
🔹 qimmatbaho sovrinlar uchun bahs olib borish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Konferensiyada ishtirok etish hamda batafsil ma’lumot olish uchun ro‘yxatdan o‘ting.

🗂 Ro‘yxatdan o‘tish

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤16🔥3🥰3👏2🤩2
#turizm #Chust

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabalari tomonidan turk, rus, ingliz, yapon va malay tillarida Chustning boy tarixi, qadimgi hunarmandchilik an’analari va so‘lim tabiatiga bag‘ishlangan videoroliklar tayyorlandi.

Siz ham Chustning betakror maskanlariga tashrif buyurib, milliy qadriyatlar hunarmandchilik tarixi va so‘lim tabiat uyg‘unligini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘ring. Dam olish kunlaringizni mazmunli o‘tkazish uchun yaqinlaringiz bilan Chustga sayohat qilishni tavsiya etamiz.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤8🔥3