Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.72K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Qabul2026  #IjodiyImtihon
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetiga 2026/2027-o‘quv yili uchun hujjat topshirgan abituriyentlarga kasbiy (ijodiy) imtihonlar 2026-yil 14-iyuldan 16-iyulgacha bo‘lib o‘tadi.


❗️Muhim eslatma!
Barcha abituriyentlar o‘zlari uchun belgilangan sanada imtihon o‘tkaziladigan manzilga soat 08:30 dan kechikmagan holda quyidagi hujjatlar bilan kelishlari shart:

✅Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta);
✅Abituriyent ruxsatnomasi.

Qabul jarayoniga oid barcha yangiliklar bilan universitetning rasmiy telegram sahifasi orqali muntazam tanishib boring.

Quyidagi havola orqali ushbu universitetda kasbiy (ijodiy) imtihon topshirishni belgilagan abituriyentlar imtihon kuni, vaqti va guruhini bilib olishi mumkin:

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkazish jadvali


📌 Manzil: Samarqand shahar, Lolazor ko‘chasi 70-uy.
Samarqand davlat texnika universiteti

Call-markaz orqali ham o‘zingizning qiziqtirgan barcha savollaringizga javob olishingiz mumkin:

“Call center” maslahat markazi:
📞+998(66)237-06-06;
📞+998(66)237-44-35

Aziz abituriyentlar!

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar ochiqlik, shaffoflik va xolislik tamoyillari asosida tashkil etiladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9👍1
#Kasbiy_imtihon #Qabul2026

⚡️O’zbekiston milliy universitetida kasbiy (ijodiy) imtihonlar 10-17-iyul kunlari o‘tkaziladi

🇺🇿 Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetida 2026/2027 o‘quv yili uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlarning guruhlar kesimidagi ro‘yxati orqali abituriyentlar imtihon kuni, vaqti, guruhi hamda joyini bilib olishlari mumkin.

Abituriyentlardan:

➖o‘zlarining shaxsiy kabinetlari orqali kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etish ruxsatnomasini yuklab olishlari;
➖ruxsatnomada belgilangan muddat va manzilga imtihon boshlanishidan bir soat oldin yetib borishlari so‘raladi.

Ijodiy imtihon talablari, dasturlari va baholash mezonlari bilan tanishing👇


🗂 Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar 🗂 Jurnalistika
🗂 Sport faoliyati (taekvondo WTF)
🗂 Sport faoliyati (erkin kurash)
🗂 Sport faoliyati (kurash)
🗂 Sport faoliyati (voleybol)
🗂 Sport faoliyati (basketbol)
🗂 Sport faoliyati (dzyudo)
🗂 Sport faoliyati (regbi)

Eslatma: Abituriyentlardan imtihon bo‘ladigan binoga belgilangan vaqtdan bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) asl nusxasi hamda abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishi so‘raladi. Kechikkan abituriyentlar binoga kiritilmaydi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤14👍1
#Ovozli_chat #Onlayn_seminar

Amaliy onlayn-seminarga taklif etamiz


Oliy attestatsiya komissiyasi ilmiy izlanuvchilarga amaliy ko‘mak berish maqsadida ijtimoiy-gumanitar ixtisosliklarda dolzarb mavzularni tanlash va ularni shakllantirish masalalari yuzasidan Telegram kanalida ovozli chat orqali ochiq muloqot tashkil etmoqda.

Mavzu: Ijtimoiy-gumanitar ixtisosliklarda dolzarb mavzularni tanlash va ularni shakllantirish masalalari

Moderator:  Jumabayeva Jamila Sharipovna
O‘zbekiston milliy universiteti kafedra mudiri, filologiya fanlari doktori, professor

🗓  Sana: 2026-yil 9-iyul

⏰   Vaqt: 11:00

📜 Ma’ruza tili: o‘zbek tili

🔐 Havola:
Telegram: @attestatsiya

Mavzu yuzasidan barcha savollaringizga ushbu efirda jonli ravishda javob olishingiz mumkin.

👉🏻 Batafsil: https://oak.uz/pages/30899

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍6❤4👏1😱1
#Ijodiy_imtihon #Qabul2026

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2026/2027-o‘quv yili qabuli doirasida kasbiy (ijodiy) imtihonlar 9–10-iyul kunlari quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkaziladi:

🔹 60320200 – Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar
🔹 60320100 – Jurnalistika

Quyidagi havola orqali oliygohda kasbiy (ijodiy) imtihon kuni, vaqti va joyi bilan tanishishingiz mumkin:
Imtihonlar o‘tkazilish jadvali


📞 Bogʻlanish uchun telefon raqam: +998712301373

📚 Shuningdek, Jurnalistika hamda Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihon dasturi va baholash mezonlari bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:

🔗 Baholash mezoni

📍 Manzil: Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Chilonzor G-9A mavzesi, Kichik halqa avtomobil yo‘li, 21-A uy

📌 Eslatma: Abituriyentlar imtihon boshlanishidan kamida 1 soat avval, ya’ni 07:30 ga qadar, shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) hamda abituriyent ruxsatnomasi bilan imtihon o‘tkaziladigan hududga yetib kelishlari lozim.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤12
#Kasbiy_imtihon #Qabul2026

Buxoro davlat universitetida kasbiy (ijodiy) imtihonlar 9-iyul sanasidan 14-iyul sanasiga qadar yo‘nalishlar kesimida o‘tkaziladi.

Quyidagi havola orqali ushbu universitetda kasbiy (ijodiy) imtihon topshirishni belgilagan abituriyentlar imtihon kuni, vaqti va guruhini bilib olishi mumkin:

📂 60111200 Jismoniy madaniyat yo’nalishi
📂 61010200 Sport faoliyati: basketbol yo’nalishi
📂 61010200 Sport faoliyati: futbol yo’nalishi
📂
61010200 Sport faoliyati: kurash yo’nalishi
📂 61010200 Sport faoliyati: erkin kurash yo’nalishi
📂 61010200 Sport faoliyati: voleybol yo'nalishi
📂 61010200 Sport faoliyati: dzyu-do yo’nalishi
📂 61010200 Sport faoliyati: mini-futbol yo’nalishi
📂
61010200 Sport faoliyati: boks ta’lim yo’nalishi
📂 61010200-Sport faoliyati (taekvondo WTF) ta'lim yo'nalishi
📂
61010200-Sport faoliyati (qo'l to'pi) ta’lim yo’nalishi
📂
61010200-Sport faoliyati(qo’l jangi) ta'lim yo'nalishi
📂
60320100 Jurnalistika ta’lim yo’nalishi
📂 60210800 Amaliy san’at: me’moriy yodgorliklar bezagini ta’mirlash
📂 60210400 Dizayn: interyerni loyihalash ta'lim yo'nalishi uchun
📂 60211400 Vokal san’ati: an’anaviy xonandalik ta’lim yo’nalishi
📂 60211500 Cholg‘u ijrochiligi: an’anaviy cholg‘ular ta’lim yo’nalishi


2026/2027 o‘quv yili uchun Buxoro davlat universitetida o‘tkaziladigan kasbiy (ijodiy) imtihonlar dasturi va baholash mezoni bilan tanishingiz mumkin:

👉 batafsil

📌 Muhim eslatmalar:

Abituriyentlar imtihonga kelishda o‘zlari bilan abituriyent ruxsatnomasi hamda shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) olib kelishlari shart. Shuningdek, yo‘nalish xususiyatidan kelib chiqib, zarur jihozlar va sport formasini birga olishlari talab etiladi. Imtihonga belgilangan vaqtdan kechikmay kelishingizni so‘raymiz.

☎️ Call-markaz: 

📞+99865 221-29-03
📞+99865 221-26-85
📞+99865 221-29-06

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤11👍1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🚀 “Inno lab” akseleratsiya dasturiga arizalar qabuli boshlandi!


Sizda ilmiy g‘oya, innovatsion loyiha yoki startap tashabbusi bormi?
Endi uni rivojlantirish uchun yangi imkoniyat!

📌 Quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha arizalar qabul qilinmoqda:

🔬 Biotexnologiya
🧬 Biomuhandislik
💻 Ilm-fandagi raqamli texnologiyalar
⚗️Kimyo va yangi materiallar
💊 Tibbiyot va farmatsevtika
🌱 Qishloq xo‘jaligi texnologiyalari
🍎 Oziq-ovqat texnologiyalari

✔️Ishtirok etish mutlaqo bepul
✔️ Mentorlar va ekspertlar ko‘magi
✔️ Loyihalarni rivojlantirish imkoniyati
✔️ Zamonaviy laboratoriyalardan foydalanish imkoniyati
✔️ INNOTEXNOPARK kovorking maydonida ishlash
✔️ Investorlar va sanoat vakillari bilan uchrashuvlar

📅 Arizalar 2026-yil 15-avgustga qadar qabul qilinadi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8
#TalabaExpo2026 #Navoiy

“TalabaExpo–2026
”: Navoiy — imkoniyatlar sari muhim qadam

9-iyul kuni Navoiy shahridagi Alisher Navoiy nomidagi bog‘da “TalabaExpo–2026” doirasida yirik kasb va taʼlim ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Ko‘rgazmada ishtirokchilarni quyidagi imkoniyatlar kutmoqda:

🔹 yuzlab bo‘sh ish o‘rinlari va amaliyot dasturlari;
🔹 yirik korxona va tashkilotlar vakillari bilan bevosita muloqot;
🔹 ishga joylashish va kasbiy rivojlanish bo‘yicha tavsiyalar;
🔹 tadbirkorlikni boshlash hamda moliyaviy qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari haqida ma'lumotlar.


Tadbir O‘zbekiston milliy banki, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Savdo-sanoat palatasi hamkorligida tashkil etilmoqda.

“TalabaExpo–2026” — bu bitiruvchi va talabalar uchun o‘z kasbiy yo‘lini belgilash, salohiyatiga mos ish topish, ish beruvchilar bilan uchrashish hamda yangi imkoniyatlarni kashf etish maydonidir.

📍 Manzil: Navoiy shahri, Alisher Navoiy nomidagi bog‘.

Kelajagingiz sari ilk qadamni bugundan boshlang!
Biz sizni “TalabaExpo–2026”da kutamiz!


👉 На руcском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤6
#Turizm #Yangiqoʻrgʻon

Namangan viloyatining Yangiqoʻrgʻon tumaniga marhamat!

Musaffo togʻ havosi, soʻlim tabiat, boy tarixiy-madaniy meros va oʻziga xos etnografik anʼanalarga ega Yangiqoʻrgʻon sizni chorlaydi!

Yangiqoʻrgʻonni kashf eting va unutilmas taassurotlarga ega boʻling!

🇺🇿Batafsil videoda 👆
—

Welcome to Yangikurgan District of Namangan Region!

Yangikurgan invites you to experience its fresh mountain air, breathtaking natural landscapes, rich historical and cultural heritage, and unique ethnographic traditions.

Discover Yangikurgan and create unforgettable memories!

🇬🇧More details in the video 👆
—
Добро пожаловать в Янгикурганский район Наманганской области!

Янгикурган приглашает вас насладиться чистейшим горным воздухом, живописной природой, богатым историко-культурным наследием и самобытными этнографическими традициями!

Откройте для себя Янгикурган и подарите себе незабываемые впечатления!

🇷🇺Подробности — в видео 👆
—

Namangan Vilayeti'nin Yangikurgan İlçesine Hoş Geldiniz!

Temiz dağ havası, eşsiz doğal güzellikleri, zengin tarihî ve kültürel mirası ile kendine özgü etnografik gelenekleriyle Yangikurgan sizi bekliyor!

Yangikurgan'ı keşfedin ve unutulmaz anılar biriktirin!

🇹🇷Ayrıntılar videoda 👆

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤8👍2😱1
#Qabul2026 #Abituriyent2026

SAT sertifikatiga ega abituriyentlar diqqatiga!


“Scholastic Aptitude Test – SAT” sertifikatiga ega abituriyentlar uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratish maqsadida test sinovlarida ishtirok etish bo‘yicha ruxsatnomalar taqdim etilgan. Xususan:

1-imkoniyatda abituriyent SAT sertifikati bali asosida to‘g‘ridan to‘g‘ri tanlovda ishtirok etishi mumkin.

2-imkoniyatda esa abituriyent test sinovida ishtirok etib, test sinovida to‘plagan bali bilan umumiy tartibda yoki SAT sertifikati bali bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri tanlovda ishtirok etishi mumkin.

SAT sertifikatiga ega abituriyentlar uchun ikkala imkoniyat ham teng kuchli bo‘lib, tanlov abituriyent ixtiyoriga qoldirilgan.

SAT sertifikatining mavjudligi abituriyent uchun test sinovida ishtirok etishni taqiqlamaydi va bunday ishtirokni majburiy ham qilmaydi.

Batafsil 👉🏻 bu yerda tanishing.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤15👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ogohlik #kiberxavfsizlik

Hurmatli talaba-yoshlar!


Bugungi kunda kiberjinoyatchilik va onlayn firibgarlik dunyo miqyosida eng dolzarb tahdidlardan biriga aylanmoqda. Afsuski, oson daromad va’dalari ortidan ayrim yoshlar noqonuniy faoliyatga jalb etilayotgani kuzatilmoqda.

Toshkent shahrida transmilliy kiberjinoyatchilik bilan shug‘ullangan noqonuniy “Call-markaz”lar faoliyatiga chek qo‘yilgani barchamiz uchun jiddiy ogohlantirishdir. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu noqonuniy faoliyatga jalb etilganlar orasida talabalar ham bo‘lgan.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi barcha talaba-yoshlarni shubhali ish takliflari, noqonuniy onlayn faoliyat hamda “oson daromad” va’dalariga aldanmaslikka chaqiradi.

❗️Unutmang:


➖ Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod etmaydi.
➖ Noqonuniy faoliyatdagi ishtirok kelajagingiz, ta’limingiz va obro‘yingizga jiddiy putur yetkazishi mumkin.
➖ Halol mehnat, bilim va kasbiy salohiyatgina barqaror muvaffaqiyat garovidir.

Aziz yoshlar, raqamli texnologiyalardan faqat qonuniy va ezgu maqsadlarda foydalaning, o‘z bilimingiz va iste’dodingizni yurtimiz taraqqiyoti hamda jamiyat manfaatlari yo‘lida safarbar eting.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤17👍6
#Oʻqishni_ko‘chirish #OʻtishBallari

Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan oʻqishni koʻchirish boʻyicha maxsus sinovlarning oʻtish ballari tasdiqlandi


Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘iga asosan, 2026/2027-oʻquv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan o‘qishni ko‘chirish maqsadida o‘tkaziladigan maxsus sinovlar bo’yicha o‘tish ballari belgilandi.

Bilim, taʼlim sohalari va taʼlim yo‘nalishlari boʻyicha tasdiqlangan oʻtish ballari quyidagicha:

▪️Huquq — 165 ball;
▪️Siyosatshunoslik — 140 ball;
▪️Xalqaro munosabatlar — 140 ball;
▪️Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar —140 ball;
▪️Sogʻliqni saqlash — 132 ball;
▪️Sanʼat, Ijtimoiy fanlar, Jurnalistika, Biznes va boshqaruv — 105 ball;
▪️Transport xizmatlari — 104 ball;
▪️Taʼlim, Gumanitar fanlar, Tillar, Atrof-muhit, Matematika va statistika, AKT, Ijtimoiy taʼminot — 94 ball;
▪️Biologik fanlar, Fizika, Xizmat koʻrsatish — 80 ball;
▪️Muhandislik, Ishlab chiqarish, Arxitektura — 75 ball;
▪️Qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi, Mehnat muhofazasi — 70 ball;
▪️Veterinariya — 60 ball.

🚫 Muhim eslatma, xorijiy davlatlarning oliy taʼlim tashkilotlaridan respublika davlat oliy taʼlim tashkilotlarining mos yoki turdosh bo‘lmagan bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat etilmaydi.

👉🏻 📄 shaklida yuklab olish.

👉 На руcском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1❤39🔥3🎉2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TalabaExpo2026 #Navoiy #Sharhsiz #live

“TalabaExpo–2026” — Navoiyda


Navoiy shahridagi Alisher Navoiy bog‘ida “TalabaExpo–2026” doirasida yirik kasb va taʼlim ko‘rgazmasi boshlanish arafasida.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤6🤩2👍1🔥1👏1
#Ijodiy_imtihon #Qabul2026

🏛Toshkent arxitektura-qurilish universitetida kasbiy (ijodiy) imtihonlar joriy yilning 13-iyulidan 17-iyulga qadar yo‘nalishlar kesimida o‘tkaziladi.

⚡️Toshkent arxitektura-qurilish universitetida 2026/2027 o‘quv yili uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlarning guruhlar kesimidagi ro‘yxati orqali abituriyentlar imtihon kuni, vaqti, guruhi hamda joyini bilib olishlari mumkin.

Kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkazilish manzil:

Toshkent shahar, Yangishahar koʻchasi, 9A-uy (Toshkent arxitektura-qurilish universiteti 4-BINO) Mo'ljal: 8-avtopark.

Bogʻlanish uchun:
+998555080273
+998555080276

⚡️Eslatma: Abituriyentlar imtihon boshlanishidan kamida 1 soat avval shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) hamda abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan hududga yetib kelishlari lozim.

Ruxsatnoma https://my.uzbmb.uz/ platformasidagi shaxsiy kabinetdan yuklab olinadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤7🔥1
#Ovozli_chat #Onlayn_seminar

Amaliy seminar boshlandi


Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan “Ijtimoiy-gumanitar ixtisosliklarda dolzarb mavzularni tanlash va ularni shakllantirish masalalari” mavzusida tashkil etilishi e’lon qilingan ovozli chat formatidagi ochiq muloqot boshlandi.

Mazkur amaliy onlayn-seminar doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, yosh olimlar, ilmiy rahbarlar, professor-o‘qituvchilar hamda ilmiy daraja beruvchi ilmiy kengashlar a’zolari uchun dolzarb ahamiyatga ega.

O‘zbekiston Milliy universiteti kafedra mudiri, professor Jamila Jumabayeva olib borayotgan amaliy seminarda ijtimoiy-gumanitar sohalarda dissertatsiya mavzularini tanlash mezonlari, ilmiy muammoni to‘g‘ri shakllantirish, tadqiqotning dolzarbligi va ilmiy yangiligini asoslash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilmoqda.

Ma’ruzadan so‘ng mutaxassis tomonidan mavzu doirasida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar beriladi.


Barcha qiziquvchilarni amaliy onlayn seminarda mazkur havola orqali @attestatsiya  faol ishtirok etishga taklif etamiz.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤6
#turizm #Chust

Chust — milliy meros va betakror tabiat manzili


Namangan viloyatining qadimiy maskanlaridan biri – Chust tumani sizni o‘zining boy tarixiy-madaniy merosi, betakror tabiiy manzaralari, etnografik qadriyatlari hamda yuksak turizm salohiyati bilan kutib oladi.

🇺🇿Batafsil videoda 👆
—
Chust — A Destination of National Heritage and Unique Natural Beauty

Located in the Namangan Region, Chust District is one of Uzbekistan’s oldest and most distinctive destinations, welcoming visitors with its rich historical and cultural heritage, breathtaking natural landscapes, unique ethnographic traditions, and outstanding tourism potential.

🇬🇧More details in the video 👆
—

Чуст — край национального наследия и неповторимой природы

Чустский район — один из древнейших уголков Наманганской области, который приглашает познакомиться с богатым историко-культурным наследием, живописными природными ландшафтами, этнографическими традициями и высоким туристическим потенциалом.

🇷🇺Подробности — в видео 👆

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤10👍1