#InnoTexnopark
“Inno” texnoparki rezidentligi bo‘yicha Ekspert komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari O‘ktam Salomov rahbarligida “Inno” innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparki rezidenti maqomini berish va amaldagi rezidentlik muddatini uzaytirish masalalariga bag‘ishlangan Ekspert komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/190446
👉На руcском
👉In English
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Yig‘ilishda vazir o‘rinbosari innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlar bilan muloqot o‘tkazib, ularning loyihalari, ishlab chiqarish jarayonlari va istiqboldagi rivojlanish rejalari bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, tadbir doirasida “Inter Kompozit” MChJ, “Kompozit Nanotexnologiyasi” MChJ, “CHINAR FM” MChJ, “ARHAT Inks” MChJ hamda “CYBERONE” MChJ tomonidan ishlab chiqilgan innovatsion loyihalar taqdim etilib, ularning texnologik yechimlari, tijoratlashtirish imkoniyatlari hamda amaliyotga joriy etish istiqbollari yuzasidan muhokamalar olib borildi.
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/190446
👉На руcском
👉In English
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤7👍7🔥1
#Mirziyoyev #tashrif #Belarus #hujjatlar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko Strategik sheriklik munosabatlarini oʻrnatish toʻgʻrisidagi deklaratsiyani imzoladilar.
Shuningdek, davlat rahbarlari huzurida qator ikki tomonlama hujjatlar almashildi. Jumladan, Strategik sheriklik munosabatlarini oʻrnatish toʻgʻrisidagi deklaratsiya doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Belarus Respublikasi Fundamental tadqiqotlar jamgʻarmasi oʻrtasida ham memorandum imzolandi.

❤7
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TalabaExpo2026 #Navoiy
“TalabaExpo – 2026” doirasida bitiruvchi talabalar ishlab chiqarish korxonasiga tashrif buyurdi
“TalabaExpo – 2026”ning Navoiy viloyatidagi tadbirlari doirasida bitiruvchi talabalar “Gidro Stanko Servis” MCHJ faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Mazkur tadbirlar bitiruvchi yoshlarning kasbiy koʻnikmalarini mustahkamlash, ularni mehnat bozoriga tayyorlash hamda ish beruvchilar bilan bevosita muloqotini yoʻlga qoʻyishga xizmat qilmoqda.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
“TalabaExpo – 2026” doirasida bitiruvchi talabalar ishlab chiqarish korxonasiga tashrif buyurdi
“TalabaExpo – 2026”ning Navoiy viloyatidagi tadbirlari doirasida bitiruvchi talabalar “Gidro Stanko Servis” MCHJ faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Ishtirokchilar korxonadagi ishlab chiqarish jarayonlarini koʻzdan kechirib, mavjud boʻsh ish oʻrinlari, mehnat sharoitlari hamda ish faoliyatini boshlash uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot oldilar.
Mazkur tadbirlar bitiruvchi yoshlarning kasbiy koʻnikmalarini mustahkamlash, ularni mehnat bozoriga tayyorlash hamda ish beruvchilar bilan bevosita muloqotini yoʻlga qoʻyishga xizmat qilmoqda.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍5❤1
#Oʻzbekiston2030_strategiyasi
🇺🇿 “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining 12-maqsadi barcha sohalarda innovatsion faoliyatni keng joriy etishga qaratilgan
Yaqin yillarda Oʻzbekiston Global innovatsiyalar indeksida dunyoning eng ilgʻor 60 ta davlati qatoridan joy oladi, tadqiqotchilarimiz safi ikki barobarga kengayadi, ilmiy ishlanmalar esa real hayotga tatbiq etiladi. Va, albatta, tarixiy voqea – birinchi oʻzbek kosmonavtining fazoga parvozi.
💼 Har bir raqam ortida yangi imkoniyatlar, yosh iqtidorlar va farovon kelajak mujassam!
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Yaqin yillarda Oʻzbekiston Global innovatsiyalar indeksida dunyoning eng ilgʻor 60 ta davlati qatoridan joy oladi, tadqiqotchilarimiz safi ikki barobarga kengayadi, ilmiy ishlanmalar esa real hayotga tatbiq etiladi. Va, albatta, tarixiy voqea – birinchi oʻzbek kosmonavtining fazoga parvozi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7
#Qabul2026 #Statistika #Abituriyent
2026/2027-o‘quv yili uchun qabul davom etmoqda
9-iyul soat 19:00 holatiga ko‘ra qabul jarayonlari statistikasi:
➖ Akademik litseylar
2026/2027-o‘quv yili uchun akademik litseylarga 47 410 ta ariza kelib tushdi. Qabul 10-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi.
➖ Magistratura
Magistratura bosqichiga hujjat topshirish davom etmoqda. Ayni paytgacha 15 509 ta ariza qabul qilindi. Qabul 30-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi.
➖ Texnikumlar (9-sinf bitiruvchilari uchun)
Texnikumlarga qabul bo‘yicha 179 625 ta ariza ro‘yxatdan o‘tkazildi. Qabul 20-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi.
➖ Texnikum bitiruvchilarini OTTlarga suhbat asosida qabul qilish
Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni OTTlarga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish uchun 554 ta ariza kelib tushdi. Qabul 25-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi.
ℹ️ Eslatib o‘tamiz, barcha arizalar my.edu.uz platformasi orqali onlayn tarzda qabul qilinmoqda.
❗️10-iyuldan ikkinchi mutaxassislik uchun onlayn arizalar topshirish boshlanadi

❤10