Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.72K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Oʻzbekiston2030_strategiyasi

🇺🇿“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining 12-maqsadi barcha sohalarda innovatsion faoliyatni keng joriy etishga qaratilgan

Yaqin yillarda Oʻzbekiston Global innovatsiyalar indeksida dunyoning eng ilgʻor 60 ta davlati qatoridan joy oladi, tadqiqotchilarimiz safi ikki barobarga kengayadi, ilmiy ishlanmalar esa real hayotga tatbiq etiladi. Va, albatta, tarixiy voqea – birinchi oʻzbek kosmonavtining fazoga parvozi.

💼 Har bir raqam ortida yangi imkoniyatlar, yosh iqtidorlar va farovon kelajak mujassam!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7
#Qabul2026 #Statistika #Abituriyent

2026/2027-o‘quv yili uchun qabul davom etmoqda

9-iyul soat 19:00 holatiga ko‘ra qabul jarayonlari statistikasi:

➖ Akademik litseylar

2026/2027-o‘quv yili uchun akademik litseylarga 47 410 ta ariza kelib tushdi. Qabul 10-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi.

➖ Magistratura

Magistratura bosqichiga hujjat topshirish davom etmoqda. Ayni paytgacha 15 509 ta ariza qabul qilindi. Qabul 30-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi.

➖ Texnikumlar (9-sinf bitiruvchilari uchun)

Texnikumlarga qabul bo‘yicha 179 625 ta ariza ro‘yxatdan o‘tkazildi. Qabul 20-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi.

➖ Texnikum bitiruvchilarini OTTlarga suhbat asosida qabul qilish

Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni OTTlarga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish uchun 554 ta ariza kelib tushdi. Qabul 25-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi.

ℹ️ Eslatib o‘tamiz, barcha arizalar my.edu.uz platformasi orqali onlayn tarzda qabul qilinmoqda.

❗️10-iyuldan ikkinchi mutaxassislik uchun onlayn arizalar topshirish boshlanadi

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤10
#TalabaExpo2026 #Navoiy #KelajakkaQadam #YoshlarKuni

“TalabaExpo – 2026” doirasida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Navoiy davlat universitetida “TalabaExpo – 2026” tadbirlari doirasida viloyatning yetakchi tadbirkorlari hamda bitiruvchi talabalar ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuvda viloyatdagi oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchi talabalari, yosh tadbirkorlar, mutasaddi idoralar vakillari va soha mutaxassislari ishtirok etdi. Muloqot davomida muvaffaqiyatli tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish tajribalari, biznesni rivojlantirishning zamonaviy yondashuvlari, yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb etish hamda bitiruvchilarning mehnat bozoridagi imkoniyatlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.


Tadbir yakunida turli yo‘nalishlarda faol va tashabbuskor bo‘lib kelayotgan bir guruh yoshlar taqdirlandi. Shuningdek, “Kelajakka qadam” dasturi doirasida biznes loyihalarini amalga oshirish uchun imtiyozli kredit ajratilishi tasdiqlangan yoshlarga tantanali ravishda vaucherlar topshirildi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/190679

👉На руcском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤3👍2🔥1👏1
✅✅✅

🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan nashr etilayotgan “Yoshlar va ilm-fan” nomli ilmiy-ommabop, o‘quv-metodik hamda ma’naviy-ma’rifiy jurnalining 2026-yil 2-soni e’lon qilindi!

📰 Ushbu son orqali siz yoshlarning ilm-fan sohasidagi yutuqlari, yangiliklar, metodik tavsiyalar va ma’naviy-ma’rifiy maqolalar bilan tanishishingiz mumkin.

📖 Jurnalning ushbu sonini quyidagi havola orqali o‘qishingiz mumkin:


➡️ https://online.pubhtml5.com/hrcop/ctpz/

Sahifalarni onlayn varaqlang, ilhom oling va do‘stlaringizga ham ulashing!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8
📢Scopus jurnallarida ilmiy maqolalar chop etish bo‘yicha onlayn Yozgi maktabga taklif qilamiz!

Agar siz oliy ta’lim muassasasi o‘qituvchisi, tadqiqotchi, doktorant, magistrant yoki talaba bo‘lsangiz hamda xalqaro ilmiy jurnallarda maqola chop etishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, sizni onlayn Yozgi maktabda ishtirok etishga taklif qilamiz.

Dastur davomida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz:
• tadqiqot mavzusini tanlash;
• Scopus jurnalini tanlash;
• ilmiy maqola tuzilmasini ishlab chiqish;
• tadqiqot metodologiyasi;
• ma’lumotlarni tahlil qilish;
• maqolani xalqaro jurnalga tayyorlash.

📝Ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali qisqa so‘rovnomani to‘ldiring.

So‘rovnomani to‘ldirish Yozgi maktabga ro‘yxatdan o‘tishning majburiy bosqichi hisoblanadi.

📌 Yozgi maktab dasturi, mashg‘ulotlar jadvali va boshqa batafsil ma’lumotlar PublishLab Telegram kanalida e’lon qilinadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤5😱1
#OʻquvAmaliySeminar #Ijro

📢 “Ijro.gov.uz” tizimida ishlash bo‘yicha o‘quv-amaliy seminar o‘tkaziladi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi markaziy apparati, tizim tashkilotlari hamda oliy ta’lim tashkilotlari rahbar va mas’ul xodimlari uchun “Ijro.gov.uz” idoralararo yagona elektron tizimida ishlashga qaratilgan o‘quv-amaliy seminar tashkil etiladi.

🔹 Seminar mavzusi: “Ijro.gov.uz” idoralararo yagona elektron tizimida vazirlik va uning tizim tashkilotlarida ijro intizomini ta’minlash.

📅 Sana: 2026-yil 10-iyul

🕒 Vaqti: 15:00

📍 Manzil: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, katta majlislar zali.

Seminarda Hisob palatasi, Vazirlar Mahkamasi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining mas’ul mutaxassislari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etadi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga 2026-yilning o‘tgan davrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Hukumat hujjatlarida belgilangan topshiriqlar ijrosi holati yuzasidan ma’lumot beriladi.

Shuningdek, “Ijro.gov.uz” idoralararo yagona elektron tizimida topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash, ijro intizomini samarali tashkil etish va monitoring qilish, tizimda ishlash jarayonida uchrayotgan dolzarb masalalar hamda ularning yechimlari bo‘yicha amaliy tushuntirish va tavsiyalar taqdim etiladi.

👉На руcском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤6