Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#TalabaExpo2026 #Navoiy #KelajakkaQadam #YoshlarKuni

“TalabaExpo – 2026” doirasida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Navoiy davlat universitetida “TalabaExpo – 2026” tadbirlari doirasida viloyatning yetakchi tadbirkorlari hamda bitiruvchi talabalar ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuvda viloyatdagi oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchi talabalari, yosh tadbirkorlar, mutasaddi idoralar vakillari va soha mutaxassislari ishtirok etdi. Muloqot davomida muvaffaqiyatli tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish tajribalari, biznesni rivojlantirishning zamonaviy yondashuvlari, yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb etish hamda bitiruvchilarning mehnat bozoridagi imkoniyatlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.


Tadbir yakunida turli yo‘nalishlarda faol va tashabbuskor bo‘lib kelayotgan bir guruh yoshlar taqdirlandi. Shuningdek, “Kelajakka qadam” dasturi doirasida biznes loyihalarini amalga oshirish uchun imtiyozli kredit ajratilishi tasdiqlangan yoshlarga tantanali ravishda vaucherlar topshirildi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/190679

👉На руcском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤3👍2🔥1👏1
✅✅✅

🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan nashr etilayotgan “Yoshlar va ilm-fan” nomli ilmiy-ommabop, o‘quv-metodik hamda ma’naviy-ma’rifiy jurnalining 2026-yil 2-soni e’lon qilindi!

📰 Ushbu son orqali siz yoshlarning ilm-fan sohasidagi yutuqlari, yangiliklar, metodik tavsiyalar va ma’naviy-ma’rifiy maqolalar bilan tanishishingiz mumkin.

📖 Jurnalning ushbu sonini quyidagi havola orqali o‘qishingiz mumkin:


➡️ https://online.pubhtml5.com/hrcop/ctpz/

Sahifalarni onlayn varaqlang, ilhom oling va do‘stlaringizga ham ulashing!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8
📢Scopus jurnallarida ilmiy maqolalar chop etish bo‘yicha onlayn Yozgi maktabga taklif qilamiz!

Agar siz oliy ta’lim muassasasi o‘qituvchisi, tadqiqotchi, doktorant, magistrant yoki talaba bo‘lsangiz hamda xalqaro ilmiy jurnallarda maqola chop etishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, sizni onlayn Yozgi maktabda ishtirok etishga taklif qilamiz.

Dastur davomida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz:
• tadqiqot mavzusini tanlash;
• Scopus jurnalini tanlash;
• ilmiy maqola tuzilmasini ishlab chiqish;
• tadqiqot metodologiyasi;
• ma’lumotlarni tahlil qilish;
• maqolani xalqaro jurnalga tayyorlash.

📝Ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali qisqa so‘rovnomani to‘ldiring.

So‘rovnomani to‘ldirish Yozgi maktabga ro‘yxatdan o‘tishning majburiy bosqichi hisoblanadi.

📌 Yozgi maktab dasturi, mashg‘ulotlar jadvali va boshqa batafsil ma’lumotlar PublishLab Telegram kanalida e’lon qilinadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤5😱1
#OʻquvAmaliySeminar #Ijro

📢 “Ijro.gov.uz” tizimida ishlash bo‘yicha o‘quv-amaliy seminar o‘tkaziladi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi markaziy apparati, tizim tashkilotlari hamda oliy ta’lim tashkilotlari rahbar va mas’ul xodimlari uchun “Ijro.gov.uz” idoralararo yagona elektron tizimida ishlashga qaratilgan o‘quv-amaliy seminar tashkil etiladi.

🔹 Seminar mavzusi: “Ijro.gov.uz” idoralararo yagona elektron tizimida vazirlik va uning tizim tashkilotlarida ijro intizomini ta’minlash.

📅 Sana: 2026-yil 10-iyul

🕒 Vaqti: 15:00

📍 Manzil: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, katta majlislar zali.

Seminarda Hisob palatasi, Vazirlar Mahkamasi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining mas’ul mutaxassislari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etadi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga 2026-yilning o‘tgan davrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Hukumat hujjatlarida belgilangan topshiriqlar ijrosi holati yuzasidan ma’lumot beriladi.

Shuningdek, “Ijro.gov.uz” idoralararo yagona elektron tizimida topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash, ijro intizomini samarali tashkil etish va monitoring qilish, tizimda ishlash jarayonida uchrayotgan dolzarb masalalar hamda ularning yechimlari bo‘yicha amaliy tushuntirish va tavsiyalar taqdim etiladi.

👉На руcском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤6
#xizmat_safari #Navoiy

Navoiy davlat universiteti kampusi qurilishi jadal sur’atlarda davom etmoqda


9-iyul kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov Navoiy davlat universitetida bunyod etilayotgan yangi kampus qurilishi jarayoni bilan tanishdi.

Universitet rektori Muxiddin Kalonov hamda mas’ul qurilish tashkilotlari vakillari kampus binolarining me’moriy yechimlari, qurilish jarayonining bugungi holati va majmuaning bosh rejasiga oid batafsil ma’lumot taqdim qildilar.


Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/190741

👉На руcском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤5👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#IChO_2026

O’zbekiston Milliy universiteti 58-xalqaro kimyo olimpiadasiga tayyor

Ilk bor mamlakatimizda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Xalqaro kimyo olimpiadasining amaliy bosqichi Mirzo Ulug’bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida o‘tkaziladi.

⏺Kimyo fakulteti binosi, laboratoriya xonalari, amaliy imtihonlarda qo‘llanilishi rejalashtirilgan zamonaviy jihozlar, texnologik imkoniyatlar va infratuzilma shay holatda.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤12👍7🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2026 #Ikkinchi_mutaxassislik

❗️Ikkinchi mutaxassislik uchun onlayn arizalar topshirish boshlandi


Bugun, 10-iyuldan boshlab oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumotni olish uchun arizalar qabul qilish boshlandi.

Arizalar 10-avgust kuniga qadar (shu kuni ham) my.edu.uz platformasi orqali onlayn shaklda qabul qilinadi.

📝 Onlayn ariza topshirish uchun talab etiladigan hujjatlar:

▪️Fuqarolik pasporti yoki ID-karta ma’lumotlari;
▪️Bakalavr diplomi va uning ilovasining elektron nusxasi;
▪️O‘qish istagini bildirgan oliy ta’lim tashkiloti hamda ta’lim yo‘nalishi tanlovi.

Xorijiy davlatlar ta’lim tashkilotlarining 1992-yil 1-yanvardan keyin berilgan diplomlari belgilangan tartibda nostrifikatsiyadan o‘tkazilgan bo‘lishi lozim.

❓Qabul parametrlari va kvotalar qanday belgilanadi?

Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha qabul parametrlari har bir oliy ta’lim tashkilotining ilmiy-pedagogik salohiyati hamda moddiy-texnik bazasi hisobga olingan holda, oliy ta’lim tashkilotining Kengashi tomonidan mustaqil belgilanadi.

ℹ️ Ma’lumot uchun, ikkinchi oliy ta’lim bo‘yicha o‘qitish to‘liq to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤24👍2🔥2😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Talaba_Expo_2026 #Navoiy #Sarhisob

Navoiyda o‘tkazilgan “TalabaExpo – 2026” kasb ko‘rgazmasida 900 nafardan ortiq bitiruvchining ish o‘rni aniq bo‘ldi

Ko‘rgazmada sanoat, xizmat ko‘rsatish, qurilish, bank-moliya, axborot texnologiyalari va boshqa yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan 150 ga yaqin korxona va tashkilot ishtirok etib, 1 300 dan ortiq bo‘sh ish o‘rnini bitiruvchi yoshlarga taklif qildi. Natijada 900 nafardan ortiq bitiruvchining ish o‘rni aniq bo‘lib, bandligini ta’minlash bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.


Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/190852

👉На руcском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤3🤔3😁2👍1