Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.72K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#tanlov #kitobxonlik

“Kitobxon yoshlar ligasi”
tanlovi g‘oliblari aniqlandi!

🏛 Kecha Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovining 2026-yilgi 2-mavsumi final bosqichi tashkil etildi. Unda saralashdan muvaffaqiyatli o‘tgan 142 nafar talaba-yoshlar hududlardagi oliygohlarga tashrif buyurib, markazlashgan formatda ishtirok etishdi. Finalni Markaz direktori Abdumalik Akramov ochib berib, ishtirokchilarga omad tiladi.

Finalda ishtirokchilarga O‘lmas Umarbekovning “Odam bo‘lish qiyin”, Tohir Malikning “Alvido, bolalik” hamda Jorj Oruellning “1984” asarlari yuzasidan jami 50 ta test savoli taqdim etildi. Yakunda eng yuqori ball to‘plagan ishtirokchilar g‘olib deb topildi, natijalar teng bo‘lgan hollarda esa qo‘shimcha savollar orqali g‘olib aniqlandi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/191205

👉На руcском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👍1
❗️Toshkent xalqaro universitetlar shaharchasi va Integratsiyalashgan dasturlar oliy maktabi tashkil etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev xalqaro ta’lim standartlari asosida o‘rta maxsus, kasbiy va oliy ta’lim dasturlarini joriy etish, nufuzli xorijiy universitetlar bilan akademik hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Taqdimotda sohani rivojlantirish bo‘yicha qator vazifalar belgilandi:

➖ 2030-yilga qadar kamida 5 ta oliygoh umumiy reyting bo‘yicha, yana 10 tasi esa fan yo‘nalishlari kesimida dunyoning eng yaxshi 500 ta universiteti qatoriga kiritiladi;

➖ 100 ta oliygoh dasturi xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazilib, kamida 150 ta texnikumda xalqaro ta’lim dasturlari joriy qilinadi;

➖ oliygohlar bitiruvchilari va pedagoglarining kamida 30 foizi xalqaro sertifikatlar bilan ta’minlanadi, 2,5 ming nafar texnikum hamda 20 ming nafar oliygoh pedagogi xorijga malaka oshirishga yuboriladi;

➖ Toshkent arxitektura-qurilish universiteti tarkibida Buyuk Britaniya standartlari asosida ta’lim beruvchi hamda mustaqil maqomga ega bo‘lgan “Integratsiyalashgan dasturlar oliy maktabi” tashkil etiladi;

➖ ta’limda maktab, litsey, texnikum va oliygoh uzviyligini ta’minlaydigan integratsiyalashgan modellar (“2+3”, “1+2”, “2+2” va h.k.) tibbiyot, energetika, san’at va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlariga ham kengaytiriladi;

➖ “El-yurt umidi” jamg‘armasi dasturi yangi tizimga moslashtirilib, nufuzli xorijiy universitetlarga shartli qabul qilingan yoshlarning O‘zbekistondagi “Foundation” yoki birinchi kurs o‘qish xarajatlari qoplab beriladi;

➖ xorijiy tajribalar asosida nufuzli chet el oliygohlari filiallari va kampuslarini jamlagan “Toshkent xalqaro universitetlar shaharchasi” barpo etiladi.

#Prezident #taqdimot #oliytalim #xalqarostandartlar

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤19👍5🔥1🤔1
❗️Xorijiy diplom beruvchi yangi markazlar hamda Toshkent xalqaro universitetlar shaharchasi barpo etiladi


Taqdimot doirasida oliy ta’lim tizimini xalqaro standartlarga moslashtirish va talabalar xarajatlarini keskin kamaytirishga qaratilgan qo‘shimcha strategik loyihalar ko‘rib chiqildi:

➖ yangi integratsiyalashgan tizim (“1+3”, “2+2”) orqali talabalarning xorijdagi o‘qish va yashash xarajatlari 10 barobargacha qisqartiriladi (hozirda Britaniyada o‘qiyotgan har bir talabaga yiliga 50 ming dollargacha mablag‘ sarflanmoqda);

➖ Xalqaro malakalar va baholash markazi tomonidan 2027-yil yakuniga qadar yetakchi xorijiy oliygohlar diplomini beradigan kamida ikkita ta’lim dasturlari markazi tashkil etiladi;

➖ Qatar (“Education City”), BAA (Dubay xalqaro akademik shahri) va Koreya (Inchxon global kampusi) tajribasi asosida nufuzli chet el oliygohlari filiallari va kampuslarini jamlagan “Toshkent xalqaro universitetlar shaharchasi” barpo etiladi;

➖ ma’lumot uchun, so‘nggi 8 yilda mamlakatimizda oliy ta’lim bilan qamrov darajasi 9 foizdan 44 foizga, talabalar soni esa 270 mingdan 1,7 million nafarga yetdi.

#Prezident #taqdimot #oliytalim #xalqarostandartlar

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤15👍3🔥3👏2
#Seminar #Ijro

“
Ijro.gov.uz” tizimida ijro intizomini taʼminlash masalalariga bagʻishlangan oʻquv-amaliy seminar boʻlib oʻtdi
 
Hisob palatasi tashabbusi bilan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida markaziy apparat, tizim tashkilotlari hamda oliy taʼlim tashkilotlari rahbar va masʼul xodimlari ishtirokida “Ijro.gov.uz” idoralararo yagona elektron tizimida ishlash hamda ijro intizomini taʼminlash masalalariga bagʻishlangan oʻquv-amaliy seminar oʻtkazildi.

Seminarda Hisob palatasi, Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi hamda vazirlik va tizim tashkilotlarining masʼul mutaxassislari, shuningdek, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad – vazirlik markaziy apparati, tizim tashkilotlari va oliy taʼlim tashkilotlarida 2026-yil birinchi yarim yilligi davomida qonunchilik hujjatlarida belgilangan topshiriqlar ijrosi natijalarini tahlil qilish, shuningdek, joriy yilning ikkinchi yarim yilligida barcha vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash boʻyicha ustuvor vazifalarni belgilab olishdan iborat boʻldi.

Seminar davomida qonunchilik hujjatlari ijrosini tashkil etishda amalda boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar, jumladan, davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlashga qaratilgan Prezident farmonlari va qarorlari mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/191214

👉На руcском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤5👍5👏4🤩1
Abituriyentlar diqqatiga!

❗️ 11-12-iyul kunlari soat 09:00 dan 11:00 ga qadar hamda 13:00 dan 15:00 ga qadar barcha abituriyentlar ruxsatnomalarida ko‘rsatilgan manzildagi o‘zlari test sinovida ishtirok etadigan binoga kelib, test sinovi o‘tkaziladigan joylar bilan tanishib ketishlari mumkin.

✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤17👍17🔥1
#Yoshlar #Eʼtirof #Taqdirlash

Toshkentda faol va tashabbuskor yoshlarga “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni tantanali ravishda topshirildi

Tantanali marosimda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari O‘ktam Salomov hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Xayrulla Sattorov ishtirok etib, mukofotlanganlarni ushbu yuksak e’tirof bilan qutlashdi hamda ularning kelgusi o‘qish va ishlarida ulkan zafarlar tilashdi.

Quvonarlisi, mazkur mukofot egalari orasida vazirlik tizimi xodimlari ham bor. Xususan, mamlakatimiz taraqqiyotiga qo‘shayotgan munosib hissasi hamda fidokorona xizmatlari uchun vazirlik boshqarma boshligʻi Fazliddin Moʻminov hamda vazir maslahatchisi Akbarxon Sobirxonov, shuningdek, Kasbiy ta’lim agentligi bo‘lim boshlig‘i Azizbek Ochilboyev, Toshkent kimyo-texnologiya instituti prorektori Bahodir Boborajabov, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti dotsenti Qahhorova Dilafruz ham “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.


Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/191436

👉 На руcском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤16🎉9👍6