Edu.uz
✔
144K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Yoshlar #Eʼtirof #Taqdirlash

Toshkentda faol va tashabbuskor yoshlarga “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni tantanali ravishda topshirildi

Tantanali marosimda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari O‘ktam Salomov hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Xayrulla Sattorov ishtirok etib, mukofotlanganlarni ushbu yuksak e’tirof bilan qutlashdi hamda ularning kelgusi o‘qish va ishlarida ulkan zafarlar tilashdi.

Quvonarlisi, mazkur mukofot egalari orasida vazirlik tizimi xodimlari ham bor. Xususan, mamlakatimiz taraqqiyotiga qo‘shayotgan munosib hissasi hamda fidokorona xizmatlari uchun vazirlik boshqarma boshligʻi Fazliddin Moʻminov hamda vazir maslahatchisi Akbarxon Sobirxonov, shuningdek, Kasbiy ta’lim agentligi bo‘lim boshlig‘i Azizbek Ochilboyev, Toshkent kimyo-texnologiya instituti prorektori Bahodir Boborajabov, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti dotsenti Qahhorova Dilafruz ham “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.


Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/191436

👉 На руcском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤16🎉9👍6
#Kasbiy_imtihon #Qabul2026

Samarqand davlat pedagogika institutida kasbiy (ijodiy) imtihonlar joriy yilning 13-iyulidan 17-iyulga qadar yo‘nalishlar kesimida o‘tkaziladi.

➡️ 2026/2027-o‘quv yili uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlarni o‘tkazish grafigi

Abituriyentlarga qo‘yiladigan talablar hamda baholash mezonlari:

📋60110600 - Musiqa ta’limi
📋60111500 - Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi
📋61010200 - Sport faoliyati (voleybol)
📋61010200 - Sport faoliyati (kurash)
📋60111200 - Jismoniy madaniyat (o‘zbek)
📋60111200 - Jismoniy madaniyat (imkoniyati cheklangan)


📞 Murojaat uchun telefon raqamlari:
+998 95 826 82 15
+998 95 826 82 17
+998 95 826 82 19

📍Imtihon o‘tkaziladigan hududlar:
📍 Samarqand shahar, Spitamen-shoh ko‘chasi, 166-uy
📍 Samarqand shahar, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 54-uy

❗️Eslatma: Abituriyentlar imtihon boshlanishidan kamida 1 soat avval shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) hamda abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan hududga yetib kelishlari lozim.

✅ Abituriyent ruxsatnomasi my.uzbmb.uz platformasidagi shaxsiy kabinet orqali yuklab olinadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤18👍1🔥1
#IChO_2026 #live

ICHO-2026 — 58-Xalqaro kimyo olimpiadasining tantanali ochilish tadbiri boshlandi.


Unda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o’rinbosari Ilxom Siradjev, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova, ta’lim sohasi mas’ullari, olimpiada ishtirokchilari, xorijiy davlatlar elchixonalari, yurtimiz va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashmoqda.


Tadbir poytaxtimizdagi Xalqaro anjumanlar saroyida bo‘lib o‘tmoqda.

Ma’lumot uchun: mazkur olimpiada bahslarida dunyoning 90 dan ortiq davlatlaridan kelgan 1000 nafarga yaqin o‘quvchilar ishtirok etmoqda.

Jarayonlarni quyidagi havola orqali JONLI EFIRda kuzatishingiz mumkin.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤15🔥2
#Qabul2026 #AkademikLitsey

❗️Akademik litseylarga hujjat topshirish yakunlandi: 49 mingdan ortiq ariza qabul qilindi


2026/2027-o‘quv yili uchun akademik litseylarga hujjat topshirish jarayoni yakunlandi.

📊 10-iyun – 10-iyul kunlari davom etgan onlayn qabul jarayonida respublika bo‘yicha 49 129 nafar abituriyentning arizasi ro‘yxatga olindi.

📝 Hujjatlari my.edu.uz platformasi orqali qabul qilingan barcha talabgorlarning shaxsiy kabinetida “Ariza qayd varaqasi” avtomatik shakllantirildi.

⚠️ Eslatma: “Ariza qayd varaqasi” faqat ariza muvaffaqiyatli ro‘yxatga olinganini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi va kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun ruxsatnoma vazifasini bajarmaydi.

☝️ Abituriyentlardan my.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabinetiga kirib, ma’lumotlarini yana bir bor tekshirish hamda “Ariza qayd varaqasi”ni yuklab olish tavsiya etiladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤21🔥2
#Qabul2026 #Abituriyent2026

📊 2026/2027-o‘quv yili qabuli: asosiy statistik ko‘rsatkichlar


2026/2027-o‘quv yili uchun oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga kirish bo‘yicha onlayn ro‘yxatdan o‘tish yakunlandi.

📝 Joriy yilda 677 907 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi. Shundan:

🔹 451 744 nafari (66,6%) — joriy yil bitiruvchilari;
🔹 226 163 nafari (33,4%) — avvalgi yillar bitiruvchilari.

👩‍🎓 Abituriyentlarning 365 196 nafari (53,9%) ayollar, 312 711 nafari (46,1%) erkaklarni tashkil etdi.

📚 Test sinovlarida 664 609 nafar abituriyent ishtirok etadi.

🎭 36 500 nafar abituriyent alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlarini, 10 581 nafari esa oliy harbiy ta’lim muassasalarini tanlagan.

📄 Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida 24 526 ta xalqaro sertifikat tasdiqlandi.

🏅 Shuningdek:
🔹 193 186 nafar abituriyent umumta’lim fanlari;
🔹 125 354 nafar abituriyent chet tillari bo‘yicha milliy yoki xalqaro sertifikat bilan ro‘yxatdan o‘tdi.

✅ Barcha fanlardan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan 12 997 nafar abituriyent test sinovlaridan ozod etilib, bevosita tanlov bosqichiga o‘tkazildi.

🏢 Test sinovlari 64 ta yirik sig‘imli binoda tashkil etiladi. Bir smenada 35 490 nafar, bir kunda esa 70 980 nafar abituriyent test topshirishi rejalashtirilgan.

📅 Kirish test sinovlari 10 kun davomida o‘tkaziladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤21
#Qabul2026 #Abituriyent2026

❗️ Abituriyentlar diqqatiga!

📍 12-iyul kuni soat 09:00–11:00 hamda 13:00–15:00 oralig‘ida test sinovlarida ishtirok etadigan abituriyentlar ruxsatnomasida ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha test o‘tkaziladigan binolar bilan oldindan tanishib chiqishlari mumkin.

✅ Buning uchun ruxsatnomangizda ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha o‘zingiz test topshiradigan binoga tashrif buyuring.

🔎 Oldindan borib:

• test sinovi o‘tkaziladigan manzilni aniqlab olishingiz;
• binoga kirish yo‘laklari va tartibi bilan tanishishingiz;
• imtihon kuni ortiqcha vaqt yo‘qotmasligingiz mumkin.

📌 Test sinovi o‘tkaziladigan binolar manzili bilan quyidagi havola orqali ham tanishishingiz mumkin:
👉 https://uzbmb.uz/page/test_2026

⏰ Imtihon kuni kechikishning oldini olish uchun test topshiradigan joyingizni oldindan borib ko‘rishingiz tavsiya etiladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤16
Turdosh_bakalavr_2026.pdf
673.5 KB
#OʻqishniKoʻchirish #Bakalavr #Turdosh

2026/2027-o‘quv yili uchun talabalar o‘qishini ko‘chirish (ko‘chirib tiklash) bo‘yicha turdosh bakalavriat yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi

Yo‘nalishlar jami 34 ta turdosh guruhlarga ajratildi.

Ma’lumot uchun, ko‘chirish yoki qayta tiklashga ariza topshirganlarning ilgari ta’lim olgan yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) amaldagi klassifikatorga muvofiqlashtirgan holda inobatga olinadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤22👍9😱2👏1