Edu.uz
✔
144K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Soʻragan_edingiz #10Savolga_10Javob

❓Abituriyent ruxsatnomasi qanday beriladi?

Davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun abituriyent ruxsatnomasi quyidagi tartibda taqdim etiladi:

✅ Onlayn ro‘yxatdan o‘tishning 1-bosqichi yakunlangach, ikki hafta ichida ruxsatnoma Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-sayti orqali e’lon qilinadi.

📝 Har bir abituriyent ruxsatnomada ko‘rsatilgan sana, vaqt va manzil bo‘yicha test sinovlarida ishtirok etadi.

⚠️ Eslatma: Ruxsatnomada belgilangan sana va vaqt qat’iy hisoblanadi.

🚫Abituriyentlarga test sinovlarini boshqa kun yoki boshqa vaqtda topshirishga ruxsat berilmaydi.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤10🤩4👍2🎉1
#XalqaroFizikaOlimpiadasi #IPhO_2026

🏆 O‘zbekistonlik yosh fiziklar IPhO–2026'da munosib natija qayd etdi


🇨🇴 Joriy yilning 4–12-iyul kunlari Kolumbiyada o‘tkazilgan “56-Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO–2026)”da O‘zbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, 2 ta kumush, 2 ta bronza medal hamda “1 ta faxriy yorliq (Honorable Mention)”ni qo‘lga kiritdi.

🥈 Asilbek Jumanazarov – “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab — kumush medal.

🥈 Muhammad Abdumalikov – Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab — kumush medal.

🥉 Elbek Uroqov – “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab — bronza medal.

🥉 Hasan Kamolov – Qo‘qon shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab — bronza medal.

🎖 Javohir Aknazarov – Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab — Honorable Mention.

👏 Terma jamoamiz a’zolari, ularning ota-onalari, ustozlari va murabbiylarini ushbu yuksak natija bilan samimiy tabriklaymiz.

🇺🇿 Yoshlarimizning xalqaro fan olimpiadalaridagi muvaffaqiyatlari mamlakatimizda iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash, sifatli ta’lim va ilm-fanni rivojlantirish borasidagi tizimli sa’y-harakatlarning amaliy samarasini namoyon etmoqda.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤21🔥9👏3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bitiruvchi_2026

🏛Urganch davlat universitetida tantanali bitiruv marosimi bo‘lib o‘tdi

Urganch davlat universitetida 2025–2026-o‘quv yili bitiruvchilariga bag‘ishlangan “Bitiruvchi–2026” tantanali tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi. Tadbirda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, faxriy ustozlar, ota-onalar hamda bitiruvchi talabalar ishtirok etdilar.

Joriy o‘quv yilida universitetni jami 6391 nafar talaba muvaffaqiyatli tamomladi. Shundan 6000 nafari bakalavr, 391 nafari magistrlar bo‘lib, 84 nafar bakalavr bitiruvchi o‘qishni imtiyozli diplom bilan tugatdi.

Batafsil...

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤18👏1🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul #Abituriyent2026

🎓 Davlat auditi yo‘nalishida o‘qishni xohlaysizmi❓ Sizni qanday imkoniyatlar kutmoqda❔


📍 Bugungi kunda ushbu yo‘nalishda kadrlar tayyorlash:

✅ Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi Davlat auditi oliy maktabi;
✅ Buxoro davlat universitetida amalga oshirilmoqda.

🏫 Toshkent davlat iqtisodiyot universitetidagi Davlat auditi oliy maktabining imkoniyatlari

🔹 Prezidentning PF–252-son Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 248-son qarori asosida tashkil etilgan mutlaqo yangi ta’lim maskani.

🔹 Ta’lim dasturlari xalqaro standartlar asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, dunyoning top–300 taligiga kiruvchi nufuzli universitetlar tajribasi integratsiya qilingan.

🌍 Xalqaro hamkorlik

Oliy maktab Xitoyning nufuzli Nanjing Audit University bilan akademik hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi.

Bu esa talabalarga:
🔘 professor-o‘qituvchilar almashinuvi dasturlarida qatnashish;
🔘 xorijda ta’lim olish;
🔘 4-kursni Nankinda davom ettirish;
🔘 qo‘shma ilmiy loyihalarda ishtirok etish;
🔘 xalqaro tajriba va diplom olish imkonini yaratadi.

💼 Professional sertifikatlar

✔️ O‘quv jarayonida ACCA xalqaro dasturi fanlari o‘qitiladi.
✔️ F1–F9 imtihonlarini topshirish xarajatlari Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan qoplanadi.
✔️ GPA ko‘rsatkichi 4,0 va undan yuqori bo‘lgan bitiruvchilarga Ichki audit milliy malaka sertifikati imtihonsiz beriladi.

💻 Zamonaviy ta’lim

Talabalar:
▪️ sun’iy intellekt (AI);
▪️ Big Data (katta ma’lumotlar tahlili);
▪️ raqamli audit;
▪️ axborot texnologiyalari auditi;
▪️ masofaviy audit platformalari bilan ishlash ko‘nikmalarini egallaydi.

🤝 Bandlik kafolati

Yuqori natija ko‘rsatgan bitiruvchilar:

✅ Hisob palatasi;
✅ Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi;
✅ Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti;
✅ Iqtisodiyot va moliya vazirligi tizimiga ishga tavsiya etiladi hamda Respublika milliy zaxira kadrlari reyestriga kiritiladi.

🌐 Shuningdek, olingan bilim va ko‘nikmalar Deloitte, EY, PwC va KPMG kabi dunyoning yetakchi auditorlik kompaniyalarida faoliyat yuritish uchun mustahkam poydevor yaratadi.

📚 Bakalavriat qabuli (2026/2027-o‘quv yili)

👥 Kvota — 200 nafar.

Nomzodlardan:
☑️ ingliz tilidan kamida B2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikat;
☑️ matematika bo‘yicha yuqori natija;
☑️ kuchli mantiqiy va analitik fikrlash qobiliyati talab etiladi.

🎯 Davlat auditi — davlat moliyasining shaffofligini ta’minlaydigan, zamonaviy texnologiyalar va xalqaro standartlarga tayangan istiqbolli kasblardan biridir.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤15
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_loyiha

🍃 “IPAK YO‘LI EKO-ART”

“Ipak yo‘li eko-art” — qog‘oz chiqindilarini qayta ishlash orqali ekologik madaniyatni yuksaltirish, ijodkorlikni rivojlantirish va tarixiy merosni zamonaviy san’at bilan uyg‘unlashtirishga qaratilgan loyiha.


Loyiha SamDPI volontyorlar markazi va professor-o‘qituvchilar hamkorligida amalga oshirildi.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤20🔥6👍4👏4🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_kuni #Rektor_talabalar

Rektor va talabalar: ochiq muloqot, yangi g‘oyalar va istiqbolli tashabbuslar


Toshkent davlat transport universitetida universitet rektori Abdulaziz G‘ulomov iqtidorli talabalar bilan universitetning “Yashil zona” hududida ochiq muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida yoshlarning ilmiy tadqiqot faoliyatidagi ishtiroki, innovatsion g‘oyalari, ta’lim jarayonidagi faolligi hamda ularni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, talabalar o‘z taklif va tashabbuslarini bildirib, kelgusidagi reja va maqsadlari bilan o‘rtoqlashdilar.

Batafsil: https://tstu.uz/uz/blog/2352

👉На руcском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤19👍6🔥6👏3🤩3
#diqqat_tanlov

✅ Talabalar o‘rtasida “Mahalla master rejasi” respublika tanlovi e’lon qilinadi!

Mazkur tanlov respublika bo‘ylab belgilangan 16 ta “og‘ir” toifadagi mahalla uchun eng maqbul master reja loyihalarini ishlab chiqish orqali hududlarni rivojlantirishga hissa qo‘shish maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti hamda Jahon banki va Yevropa Ittifoqi hamkorligida tashkil etilmoqda.

⚫️Ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar:

-
Biriktirilgan OTMlarning iqtisodiyot va texnika yo‘nalishidagi bitiruvchi bakalavrlari hamda 1- va 2-bosqich magistratura talabalari etishlari mumkin.
Jamoa tarkibi ichki saralash asosida 5 nafardan 7 nafargacha talaba va 1 nafar mas’ul pedagog iborat bo‘ladi.

⚫️G‘oliblarni mukofotlash:

-
5 ta eng yaxshi talabalar jamoasi g‘olib deb toplatilib, mukofot sertifikatlari bilan taqdirlanadi. 
- Moliyaviy mukofot puli Jahon banki va Yevropa Ittifoqi hamkorligida ajratiladi. 
- Ajratilgan mukofot jamoadagi talabalar va pedagog o‘rtasida teng taqsimlab to‘lab beriladi. 


⚫️Tanlov bosqichlari:

- 15-sentabrgacha —
OTMlar tomonidan talabalar guruhlarini shakllantirish; 
- 30-sentabrgacha —
Ekspertlar ishtirokida master reja bo‘yicha onlayn seminarlar; 
- 30-oktabrgacha —
Dastlabki master reja loyihalari muhokamasi; 
- 1-dekabrgacha —
Yakuniy master reja loyihalarini topshirish; 
- 25-dekabrgacha —
Yakuniy taqdimot va g‘oliblarni baholash. 

🌐 Batafsil

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤12😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2026 #Kasbiy_imtihon

🤩 Imtihon — bilim va imkoniyat uchun!

Urganch davlat pedagogika institutida 2026/2027-o‘quv yili qabuli doirasida Jismoniy madaniyat (Imkoniyati cheklangan abituriyentlar uchun) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘lib o‘tdi.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤11🔥3
#Qabul2026  #IjodiyImtihon
 
Qarshi davlat texnika universitetida kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkaziladi

 
Arxitektura taʼlim yoʻnalishi abituriyentlari uchun “Chizmachilik” fanidan ijodiy imtihon boʻlib oʻtadi.
 
⏰ Sanasi va  vaqti: 2026-yil 13-iyul kuni soat 9:00

📱 Manzil: 👉 universitet bos binosi (lokatsiya)
 
❗️Muhim eslatma!
Barcha abituriyentlar imtihon oʻtkaziladigan manzilga soat 8:30 dan kechikmagan holda quyidagi hujjatlar bilan kelishlari shart:
✅ Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta);
✅ Abituriyent ruxsatnomasi.

 
📌 Maʼlumot uchun:
Abituriyentlar my.uzbmb.uz platformasidagi "Shaxsiy kabinet" boʻlimiga login va parollari orqali kirib, abituriyent ruxsatnomasini yuklab olishlari lozim.
 
☎️ Call markaz raqami: +99875 220-09-24
 
📱 QarDTU axborot xizmati

Imtihon jarayonlarini imtihon.edu.uz platformasi orqali toʻgʻridan toʻgʻri kuzatish imkoniyati mavjud.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10
Abituriyentlar diqqatiga!

❗️ Ertaga 13-iyul kuni soat 09:00 dan 11:00 ga qadar barcha abituriyentlar ruxsatnomalarida ko‘rsatilgan manzildagi o‘zlari test sinovida ishtirok etadigan binoga kelib, test sinovi o‘tkaziladigan joylar bilan tanishib ketishlari mumkin.

✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤17🔥12😁8😱3🎉2
#ochiq_muloqot #memorandum #RahbarYoshlarUchrashuvi

Farmatsevtika yoʻnalishidagi yosh olimlar va mutaxassislar bilan ochiq muloqot boʻli o‘tdi


Farmatsevtika sohasidagi dolzarb muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish boʻyicha taklif va tashabbuslarni muhokama qilish maqsadida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov hamda Tibbiyot va farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov farmatsevtika yoʻnalishida faoliyat yuritayotgan yosh olimlar, ixtirochilar, ilmiy xodimlar va akademiklar bilan ochiq muloqot oʻtkazdi.

Tadbir yakunida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Tibbiyot va farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.


Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/

👉На руcском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤18👏2