Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bitiruvchi_2026

🏛Urganch davlat universitetida tantanali bitiruv marosimi bo‘lib o‘tdi

Urganch davlat universitetida 2025–2026-o‘quv yili bitiruvchilariga bag‘ishlangan “Bitiruvchi–2026” tantanali tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi. Tadbirda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, faxriy ustozlar, ota-onalar hamda bitiruvchi talabalar ishtirok etdilar.

Joriy o‘quv yilida universitetni jami 6391 nafar talaba muvaffaqiyatli tamomladi. Shundan 6000 nafari bakalavr, 391 nafari magistrlar bo‘lib, 84 nafar bakalavr bitiruvchi o‘qishni imtiyozli diplom bilan tugatdi.

Batafsil...

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤18👏1🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul #Abituriyent2026

🎓 Davlat auditi yo‘nalishida o‘qishni xohlaysizmi❓ Sizni qanday imkoniyatlar kutmoqda❔


📍 Bugungi kunda ushbu yo‘nalishda kadrlar tayyorlash:

✅ Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi Davlat auditi oliy maktabi;
✅ Buxoro davlat universitetida amalga oshirilmoqda.

🏫 Toshkent davlat iqtisodiyot universitetidagi Davlat auditi oliy maktabining imkoniyatlari

🔹 Prezidentning PF–252-son Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 248-son qarori asosida tashkil etilgan mutlaqo yangi ta’lim maskani.

🔹 Ta’lim dasturlari xalqaro standartlar asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, dunyoning top–300 taligiga kiruvchi nufuzli universitetlar tajribasi integratsiya qilingan.

🌍 Xalqaro hamkorlik

Oliy maktab Xitoyning nufuzli Nanjing Audit University bilan akademik hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi.

Bu esa talabalarga:
🔘 professor-o‘qituvchilar almashinuvi dasturlarida qatnashish;
🔘 xorijda ta’lim olish;
🔘 4-kursni Nankinda davom ettirish;
🔘 qo‘shma ilmiy loyihalarda ishtirok etish;
🔘 xalqaro tajriba va diplom olish imkonini yaratadi.

💼 Professional sertifikatlar

✔️ O‘quv jarayonida ACCA xalqaro dasturi fanlari o‘qitiladi.
✔️ F1–F9 imtihonlarini topshirish xarajatlari Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan qoplanadi.
✔️ GPA ko‘rsatkichi 4,0 va undan yuqori bo‘lgan bitiruvchilarga Ichki audit milliy malaka sertifikati imtihonsiz beriladi.

💻 Zamonaviy ta’lim

Talabalar:
▪️ sun’iy intellekt (AI);
▪️ Big Data (katta ma’lumotlar tahlili);
▪️ raqamli audit;
▪️ axborot texnologiyalari auditi;
▪️ masofaviy audit platformalari bilan ishlash ko‘nikmalarini egallaydi.

🤝 Bandlik kafolati

Yuqori natija ko‘rsatgan bitiruvchilar:

✅ Hisob palatasi;
✅ Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi;
✅ Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti;
✅ Iqtisodiyot va moliya vazirligi tizimiga ishga tavsiya etiladi hamda Respublika milliy zaxira kadrlari reyestriga kiritiladi.

🌐 Shuningdek, olingan bilim va ko‘nikmalar Deloitte, EY, PwC va KPMG kabi dunyoning yetakchi auditorlik kompaniyalarida faoliyat yuritish uchun mustahkam poydevor yaratadi.

📚 Bakalavriat qabuli (2026/2027-o‘quv yili)

👥 Kvota — 200 nafar.

Nomzodlardan:
☑️ ingliz tilidan kamida B2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikat;
☑️ matematika bo‘yicha yuqori natija;
☑️ kuchli mantiqiy va analitik fikrlash qobiliyati talab etiladi.

🎯 Davlat auditi — davlat moliyasining shaffofligini ta’minlaydigan, zamonaviy texnologiyalar va xalqaro standartlarga tayangan istiqbolli kasblardan biridir.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤15
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_loyiha

🍃 “IPAK YO‘LI EKO-ART”

“Ipak yo‘li eko-art” — qog‘oz chiqindilarini qayta ishlash orqali ekologik madaniyatni yuksaltirish, ijodkorlikni rivojlantirish va tarixiy merosni zamonaviy san’at bilan uyg‘unlashtirishga qaratilgan loyiha.


Loyiha SamDPI volontyorlar markazi va professor-o‘qituvchilar hamkorligida amalga oshirildi.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤20🔥6👍4👏4🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_kuni #Rektor_talabalar

Rektor va talabalar: ochiq muloqot, yangi g‘oyalar va istiqbolli tashabbuslar


Toshkent davlat transport universitetida universitet rektori Abdulaziz G‘ulomov iqtidorli talabalar bilan universitetning “Yashil zona” hududida ochiq muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida yoshlarning ilmiy tadqiqot faoliyatidagi ishtiroki, innovatsion g‘oyalari, ta’lim jarayonidagi faolligi hamda ularni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, talabalar o‘z taklif va tashabbuslarini bildirib, kelgusidagi reja va maqsadlari bilan o‘rtoqlashdilar.

Batafsil: https://tstu.uz/uz/blog/2352

👉На руcском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤19👍6🔥6👏3🤩3
#diqqat_tanlov

✅ Talabalar o‘rtasida “Mahalla master rejasi” respublika tanlovi e’lon qilinadi!

Mazkur tanlov respublika bo‘ylab belgilangan 16 ta “og‘ir” toifadagi mahalla uchun eng maqbul master reja loyihalarini ishlab chiqish orqali hududlarni rivojlantirishga hissa qo‘shish maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti hamda Jahon banki va Yevropa Ittifoqi hamkorligida tashkil etilmoqda.

⚫️Ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar:

-
Biriktirilgan OTMlarning iqtisodiyot va texnika yo‘nalishidagi bitiruvchi bakalavrlari hamda 1- va 2-bosqich magistratura talabalari etishlari mumkin.
Jamoa tarkibi ichki saralash asosida 5 nafardan 7 nafargacha talaba va 1 nafar mas’ul pedagog iborat bo‘ladi.

⚫️G‘oliblarni mukofotlash:

-
5 ta eng yaxshi talabalar jamoasi g‘olib deb toplatilib, mukofot sertifikatlari bilan taqdirlanadi. 
- Moliyaviy mukofot puli Jahon banki va Yevropa Ittifoqi hamkorligida ajratiladi. 
- Ajratilgan mukofot jamoadagi talabalar va pedagog o‘rtasida teng taqsimlab to‘lab beriladi. 


⚫️Tanlov bosqichlari:

- 15-sentabrgacha —
OTMlar tomonidan talabalar guruhlarini shakllantirish; 
- 30-sentabrgacha —
Ekspertlar ishtirokida master reja bo‘yicha onlayn seminarlar; 
- 30-oktabrgacha —
Dastlabki master reja loyihalari muhokamasi; 
- 1-dekabrgacha —
Yakuniy master reja loyihalarini topshirish; 
- 25-dekabrgacha —
Yakuniy taqdimot va g‘oliblarni baholash. 

🌐 Batafsil

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤12😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2026 #Kasbiy_imtihon

🤩 Imtihon — bilim va imkoniyat uchun!

Urganch davlat pedagogika institutida 2026/2027-o‘quv yili qabuli doirasida Jismoniy madaniyat (Imkoniyati cheklangan abituriyentlar uchun) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘lib o‘tdi.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤11🔥3
#Qabul2026  #IjodiyImtihon
 
Qarshi davlat texnika universitetida kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkaziladi

 
Arxitektura taʼlim yoʻnalishi abituriyentlari uchun “Chizmachilik” fanidan ijodiy imtihon boʻlib oʻtadi.
 
⏰ Sanasi va  vaqti: 2026-yil 13-iyul kuni soat 9:00

📱 Manzil: 👉 universitet bos binosi (lokatsiya)
 
❗️Muhim eslatma!
Barcha abituriyentlar imtihon oʻtkaziladigan manzilga soat 8:30 dan kechikmagan holda quyidagi hujjatlar bilan kelishlari shart:
✅ Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta);
✅ Abituriyent ruxsatnomasi.

 
📌 Maʼlumot uchun:
Abituriyentlar my.uzbmb.uz platformasidagi "Shaxsiy kabinet" boʻlimiga login va parollari orqali kirib, abituriyent ruxsatnomasini yuklab olishlari lozim.
 
☎️ Call markaz raqami: +99875 220-09-24
 
📱 QarDTU axborot xizmati

Imtihon jarayonlarini imtihon.edu.uz platformasi orqali toʻgʻridan toʻgʻri kuzatish imkoniyati mavjud.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10
Abituriyentlar diqqatiga!

❗️ Ertaga 13-iyul kuni soat 09:00 dan 11:00 ga qadar barcha abituriyentlar ruxsatnomalarida ko‘rsatilgan manzildagi o‘zlari test sinovida ishtirok etadigan binoga kelib, test sinovi o‘tkaziladigan joylar bilan tanishib ketishlari mumkin.

✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤17🔥12😁8😱3🎉2
#ochiq_muloqot #memorandum #RahbarYoshlarUchrashuvi

Farmatsevtika yoʻnalishidagi yosh olimlar va mutaxassislar bilan ochiq muloqot boʻli o‘tdi


Farmatsevtika sohasidagi dolzarb muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish boʻyicha taklif va tashabbuslarni muhokama qilish maqsadida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov hamda Tibbiyot va farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov farmatsevtika yoʻnalishida faoliyat yuritayotgan yosh olimlar, ixtirochilar, ilmiy xodimlar va akademiklar bilan ochiq muloqot oʻtkazdi.

Tadbir yakunida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Tibbiyot va farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.


Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/

👉На руcском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤18👏2
#Rasmiy_bayonot

❗️O‘qishni ko‘chirishda milliy va xalqaro sertifikatlar 2026-yildan inobatga olinadi


Ijtimoiy tarmoqlarda xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishni ko‘chirish jarayonida milliy va xalqaro sertifikatlarning inobatga olinishi yuzasidan ko‘plab savollar kelib tushmoqda.

Shu munosabat bilan ma’lum qilamiz:

📄 Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-iyundagi 299-son qaroriga muvofiq, xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim tashkilotlarining mos va turdosh bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishini ko‘chirishda chet tili hamda umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy yoki xalqaro sertifikatga ega talabgorlarga tegishli fanlardan tabaqalashtirilgan yoki maksimal ball berish tartibi joriy etilgan.

📌 Mazkur qaror 2026-yil 12-iyundan kuchga kirgan va uning talablari 2026-yildagi o‘qishni ko‘chirish jarayonida ham to‘liq qo‘llaniladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤53👍9🎉7🥰3😁2
#Bitiruvchi_2026

🎓Bitiruvchi–2026: Oliy ta’lim tashkilotlarida tantanali diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi

⚫️Termiz davlat universiteti;

⚫️Buxoro davlat texnika universiteti;

⚫️Guliston davlat universiteti;

⚫️Andijon davlat chet tillari instituti;

⚫️Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti;

⚫️Namangan davlat pedagogika instituti;

⚫️Nukus davlat pedagogika instituti;

⚫️Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali;

⚫️Termiz davlat pedagogika instituti;

⚫️Andijon davlat texnika instituti;

⚫️Qoraqalpoq davlat universiteti;

⚫️Urganch davlat universiteti;

⚫️Guliston davlat universiteti;

⚫️Jizzax davlat pedagogika universiteti;

⚫️Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti;

⚫️O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali;

⚫️Shahrisabz davlat pedagogika instituti;

⚫️O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti;

⚫️Samarqand davlat texnika universiteti;

⚫️Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;

⚫️Toshkent davlat transport universiteti;

⚫️Samarqand davlat chet tillar instituti.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤21🔥7👍2👏1