Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.72K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Soha mutasaddilari, viloyat hokimlari, kombinatlar, “aql markazlari”, ilmiy muassasalar rahbarlari va oliygoh rektorlari bugun aytilgan har bir topshiriq ijrosini so‘zsiz ta’minlashi shartligi qayd etildi.

Qora metallurgiyada xomashyo bazasini kengaytirish, importga bog‘liqlikni kamaytirish, raqamlashtirish va sun’iy intellektni keng joriy etish, yangi mahsulotlarni mahalliylashtirish hamda xususiy sektor bilan kooperatsiyani kuchaytirish asosiy vazifalar sifatida belgilandi.

Ilmiy muassasalar va oliygohlarning tadqiqotlari amaliyotdagi muammolarga yechim topish, korxonalarni rivojlantirish va texnologik yangilanishni tezlashtirishga qaratilgan bo‘lishi zarurligi ta’kidlandi.

Shuningdek, ilmiy ishlanmalarni moliyalashtirish va amaliyotga joriy qilish bo‘yicha venchur fond tashkil etish vazifasi qo‘yildi.

Davlatimiz rahbari sohada “texnologik sakrash” qilish zarurligini ta’kidlab, yil yakuni bilan har bir mas’ul rahbardan qat’iy so‘rov va javobgarlik bo‘lishi haqida ogohlantirdi.

Yig‘ilishda mutasaddilarning hisobotlari tinglandi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2026 #Abituriyent2026

Bilim va malakalarni baholash agentligi barcha hududlarda test sinovi o'tkazishga tayyor!!!

2026-2027-o‘quv yilida davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlari 14-iyuldan 23-iyulga qadar (10 kun) bo‘lib o‘tadi.

❗️Muhim eslatma!

✅ Test sinovlari 2 smenada o‘tkaziladi.

1-smena: soat 08:00 da;
2-smena: soat 15:00 da
boshlanadi.

🏃🏻‍➡️🏃🏻‍♀️‍➡️Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida 1 yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelishlari talab etiladi.

Demak, 1-smena soat 06:30 da, 2-smena soat 13:30 da test o‘tadigan joyga kelishi kerak.

📋 Abituriyentlar test sinoviga 2 ta hujjat olib borishlari lozim:

1️⃣ pasport/ID-karta yoki yangi turdagi haydovchilik guvohnomasi;
2️⃣
abituriyent ruxsatnomasi.

❌ Boshqa har qanday buyum olib kirish taqiqlanadi.

Pasport nusxasi
yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!

Test sinovi jarayoni test2026.uz sayti orqali onlayn translatsiya qilinadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤12🔥6👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yosh moda ixlosmandlari diqqatiga!

“Moda yo‘li” ko‘rik-tanlovida qatnashish uchun atigi 1 kun qoldi

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Qizlar akademiyasi tomonidan yangi iste’dodlarni kashf etishga qaratilgan “Moda yo‘li” ko‘rik-tanloviga start berildi.

Tanlovda 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan havaskor dizaynerlar 5 ta yo‘nalish bo‘yicha ishtirok etishlari mumkin. Tanlov mahalla, tuman-shahar, viloyat va respublika bosqichlarida o‘tkaziladi.

🏆G‘oliblarni qimmatbaho pul mukofotlari, moda sohasida rivojlanish hamda chet eldagi nufuzli moda maktablarida malaka oshirish imkoniyati kutmoqda.

Arizalar 15-iyulga qadar @moda_yoli_bot orqali qabul qilinadi.


Moda yo‘li — iste’dodingizni namoyon etish sari yangi imkoniyat!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤12🔥1
#Kasbiy_imtihon #Qabul2026

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida 2026/2027-o‘quv yili qabuli doirasida kasbiy (ijodiy) imtihonlar 16-iyul kuni quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkaziladi:

📂 60730100 – Arxitektura
📆 Sana: 2026 йил 16-iyul
⏰ Vaqt: 10-00
📍 Manzil: Termiz shahri, I.Karimov ko‘chasi, 288-A uy. (TDMAU 1-o‘quv binosi, 2-qavat, sport zali)
📍 Lokatsiya 

📂 61010200 – Sport faoliyati: kurash
📂 61010200 – Sport faoliyati: voleybol
📆 Sana: 2026 йил 16-iyul
⏰ Vaqt: 14-00
📍 Manzil: Termiz shahri, Barkamol avlod ko'chasi, 43-uy (TerDU Axborot texnologiyalari fakulteti o’quv binosi)
📍Lokatsiya 


Ushbu ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihon dasturi va baholash mezonlari bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:

🔗 Baholash mezoni

Call-markaz:
(76) 221-94-03
(76) 221-95-63
(76) 221-94-26

📌 Eslatma: Abituriyentlar imtihon boshlanishidan kamida 1 soat avval shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) hamda abituriyent ruxsatnomasi bilan imtihon o‘tkaziladigan hududga yetib kelishlari lozim.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤12
#Qabul2026 #Abituriyent2026
 
Abituriyentlar diqqatiga!
 
Oʻzbek tilida “Test sinovlarini o'tkazish tartibi bo'yicha videoqoʻllanma” tayyorlandi. Mazkur videoqoʻllanmada abituriyenlar uchun muhim ma’lumotlar mavjud.
 
❗️ Barcha abituriyentlarga videoqoʻllanma bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi.

Youtube orqali ko‘rish (HD format)
___________

Вниманию абитуриентов!

Подготовлена видеоинструкция на узбекском языке «Порядок проведения тестовых испытаний». В данной видеоинструкции содержится важная информация для абитуриентов.

❗️ Всем абитуриентам рекомендуется ознакомиться с видеоинструкцией.

Смотреть на YouTube (HD)

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤13
Taqiqlangan_manbalar.pdf
4.4 MB
❗️Ijtimoiy tarmoqlardagi ekstremistik, terroristik va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan, deb topilgan taqiqlangan manba va kontentlar (materiallar) ro‘yxati tasdiqlandi.

(2026-yil 13-iyul holatiga).

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍11❤4🤔1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚠️ APK fayllarni faqat ishonchli va rasmiy manbalardan yuklab oling!

Bugungi kunda ko‘plab fuqarolar "Sovg‘a yutdingiz", "Ovoz bering", "Pul ishlang" kabi yolg‘on xabarlarga ishonib, shaxsiy ma’lumotlarini firibgarlarga taqdim etib qo‘ymoqda.

❗️ Noma’lum manbalardan yuklab olingan APK fayllar:
🔹 qurilmangizga zararli dasturlarni o‘rnatishi;
🔹 shaxsiy ma’lumotlaringizni o‘g‘irlashi;
🔹 bank kartalari va hisoblaringiz xavfsizligiga jiddiy tahdid solishi mumkin.


🛡 O‘zingizni va ma’lumotlaringizni himoya qiling! Ilovalarni faqat rasmiy ilovalar do‘konlari yoki ishonchli manbalardan yuklab oling hamda shubhali havolalar va fayllarni ochmang.

©️Jizzax politexnika instituti Matbuot xizmati

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤60👍52👏1
#Qonunchilik_yangiliklari

“Yangi O‘zbekiston” universitetida “Rektorlar maktabi” dasturiga qabul tartibi tasdiqlandi


Adliya vazirligi “Yangi O‘zbekiston” universitetida davlat oliy ta’lim tashkilotlari rektori (direktori) lavozimiga nomzodlarni tayyorlash bo‘yicha “Rektorlar maktabi” dasturi doirasida o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni (ro‘yxat raqami 3897, 13.07.2026-y.) davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.

📝 Nizomga ko‘ra:

➖ dasturga 30 yoshga to‘lgan, kamida magistr darajasiga ega bo‘lgan hamda oliy ta’lim sohasida kamida 5 yillik ish tajribasi, shundan kamida 2 yil rahbarlik lavozimida ishlagan nomzodlar ochiq tanlov asosida qabul qilinadi;
➖ rahbarlik tajribasi sifatida rektor, prorektor, direktor, direktor o‘rinbosari, dekan, dekan o‘rinbosari, kafedra mudiri, boshqarma va bo‘lim boshliqlari hamda boshqaruv funksiyalari yuklatilgan boshqa rahbarlik lavozimlaridagi faoliyat inobatga olinadi;
➖ qabul mutlaqo bepul hamda ochiq tanlov asosida amalga oshiriladi;
➖ qabul bir yilda kamida ikki marotaba o‘tkaziladi, yillik qabul kvotasi 80 nafar etib belgilangan.

Dasturga qabul 4 bosqichda amalga oshiriladi:

1️⃣ hujjatlarni qabul qilish va o‘rganish;

2️⃣ test sinovlari – o‘quv-akademik boshqaruv, moliya-iqtisodiyot, ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar, ma’naviyat va ma’rifat, sun’iy intellekt va axborot texnologiyalari hamda ingliz tili bo‘yicha (maksimal 100 ball, 55 balldan yuqori natija keyingi bosqichga yo‘llanadi).

Bunda baholash mezonlari quyidagicha belgilanadi:

🔹 40 ta mutaxassislik testi – 80 ball;
🔹 20 ta ingliz tili testi – 20 ball.

B2 yoki undan yuqori darajadagi amal qiluvchi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega nomzodlarga ingliz tili bo‘yicha maksimal 20 ball beriladi;

3️⃣ psixologik baholash – nomzodlarning psixoemotsional barqarorligi, boshqaruv salohiyati, rivojlanishga tayyorligi va stressga chidamliligi aniqlanadi (maksimal 100 ball, 55 balldan yuqori natija suhbat bosqichiga o‘tkaziladi).

Psixologik o‘rganishda har bir toʻgʻri javob uchun 0,5 ball beriladigan 200 ta topshiriq uchun 100 ball belgilanadi;

4️⃣ suhbat – strategik va tizimli fikrlash, kommunikativ ko‘nikmalar, liderlik salohiyati, qaror qabul qilishda halollik, kasbiy bilimlar hamda o‘qishga tayyorlik va motivatsiya baholanadi (maksimal 100 ball, 60 balldan yuqori natija yakuniy reytingda ishtirok etadi).

Yakuniy natijalar elektron platformada e’lon qilinadi. Natijalardan norozi bo‘lgan nomzodlar 5 ish kuni ichida apellyatsiya berish huquqiga ega.

Hujjatni PDF shaklida yuklab olish.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤24
🧪 IChO 2026: Xalqaro kimyo olimpiadaning amaliy bosqichiga O’zMU mezbonlik qildi

⚡️Bugun, 13-iyul Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetida 58-Xalqaro kimyo olimpiadasining (IChO 2026) eng muhim va mas’uliyatli bosqichlaridan biri — amaliy imtihon o‘tkazildi. Markaziy Osiyo tarixida ilk bor ushbu nufuzli olimpiada mamlakatimizda tashkil etilmoqda.

🔬Dunyoning 90 dan ortiq davlatlaridan kelgan 1000 nafarga yaqin eng iqtidorli yosh kimyogarlar zamonaviy laboratoriyalarda o‘zlarining tajriba o‘tkazish mahorati, tahliliy fikrlashi hamda amaliy ko‘nikmalarini namoyon etdilar.

👉🏻 Batafsil: nuu.uz

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7👍6
#Xalqaro_forum

Islom moliyasi ta’limini rivojlantirish masalalari xalqaro forumda muhokama qilindi


Toshkent shahrida Birlashgan Arab Amirliklarining AlHuda CIBE tashkiloti tomonidan V MDH Islom bankchiligi va moliyasi forumi bo‘lib o‘tdi.

Forumda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bo‘lim boshlig‘i Azamat Abdullayev ishtirok etib, “O‘zbekistonda Islom moliyasi ta’limi va inson kapitalini rivojlantirish: barqaror sohaviy o‘sish uchun poydevor yaratish” mavzusida ma’ruza qildi.

Batafsil:
https://gov.uz/oz/edu/news/view/192660

👉 На руcском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤17👍2🔥2