Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.72K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Qabul2026 #Abituriyent2026
 
Abituriyentlar diqqatiga!
 
Oʻzbek tilida “Test sinovlarini o'tkazish tartibi bo'yicha videoqoʻllanma” tayyorlandi. Mazkur videoqoʻllanmada abituriyenlar uchun muhim ma’lumotlar mavjud.
 
❗️ Barcha abituriyentlarga videoqoʻllanma bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi.

Youtube orqali ko‘rish (HD format)
___________

Вниманию абитуриентов!

Подготовлена видеоинструкция на узбекском языке «Порядок проведения тестовых испытаний». В данной видеоинструкции содержится важная информация для абитуриентов.

❗️ Всем абитуриентам рекомендуется ознакомиться с видеоинструкцией.

Смотреть на YouTube (HD)

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤13
Taqiqlangan_manbalar.pdf
4.4 MB
❗️Ijtimoiy tarmoqlardagi ekstremistik, terroristik va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan, deb topilgan taqiqlangan manba va kontentlar (materiallar) ro‘yxati tasdiqlandi.

(2026-yil 13-iyul holatiga).

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍11❤4🤔1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚠️ APK fayllarni faqat ishonchli va rasmiy manbalardan yuklab oling!

Bugungi kunda ko‘plab fuqarolar "Sovg‘a yutdingiz", "Ovoz bering", "Pul ishlang" kabi yolg‘on xabarlarga ishonib, shaxsiy ma’lumotlarini firibgarlarga taqdim etib qo‘ymoqda.

❗️ Noma’lum manbalardan yuklab olingan APK fayllar:
🔹 qurilmangizga zararli dasturlarni o‘rnatishi;
🔹 shaxsiy ma’lumotlaringizni o‘g‘irlashi;
🔹 bank kartalari va hisoblaringiz xavfsizligiga jiddiy tahdid solishi mumkin.


🛡 O‘zingizni va ma’lumotlaringizni himoya qiling! Ilovalarni faqat rasmiy ilovalar do‘konlari yoki ishonchli manbalardan yuklab oling hamda shubhali havolalar va fayllarni ochmang.

©️Jizzax politexnika instituti Matbuot xizmati

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤60👍52👏1
#Qonunchilik_yangiliklari

“Yangi O‘zbekiston” universitetida “Rektorlar maktabi” dasturiga qabul tartibi tasdiqlandi


Adliya vazirligi “Yangi O‘zbekiston” universitetida davlat oliy ta’lim tashkilotlari rektori (direktori) lavozimiga nomzodlarni tayyorlash bo‘yicha “Rektorlar maktabi” dasturi doirasida o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni (ro‘yxat raqami 3897, 13.07.2026-y.) davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.

📝 Nizomga ko‘ra:

➖ dasturga 30 yoshga to‘lgan, kamida magistr darajasiga ega bo‘lgan hamda oliy ta’lim sohasida kamida 5 yillik ish tajribasi, shundan kamida 2 yil rahbarlik lavozimida ishlagan nomzodlar ochiq tanlov asosida qabul qilinadi;
➖ rahbarlik tajribasi sifatida rektor, prorektor, direktor, direktor o‘rinbosari, dekan, dekan o‘rinbosari, kafedra mudiri, boshqarma va bo‘lim boshliqlari hamda boshqaruv funksiyalari yuklatilgan boshqa rahbarlik lavozimlaridagi faoliyat inobatga olinadi;
➖ qabul mutlaqo bepul hamda ochiq tanlov asosida amalga oshiriladi;
➖ qabul bir yilda kamida ikki marotaba o‘tkaziladi, yillik qabul kvotasi 80 nafar etib belgilangan.

Dasturga qabul 4 bosqichda amalga oshiriladi:

1️⃣ hujjatlarni qabul qilish va o‘rganish;

2️⃣ test sinovlari – o‘quv-akademik boshqaruv, moliya-iqtisodiyot, ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar, ma’naviyat va ma’rifat, sun’iy intellekt va axborot texnologiyalari hamda ingliz tili bo‘yicha (maksimal 100 ball, 55 balldan yuqori natija keyingi bosqichga yo‘llanadi).

Bunda baholash mezonlari quyidagicha belgilanadi:

🔹 40 ta mutaxassislik testi – 80 ball;
🔹 20 ta ingliz tili testi – 20 ball.

B2 yoki undan yuqori darajadagi amal qiluvchi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega nomzodlarga ingliz tili bo‘yicha maksimal 20 ball beriladi;

3️⃣ psixologik baholash – nomzodlarning psixoemotsional barqarorligi, boshqaruv salohiyati, rivojlanishga tayyorligi va stressga chidamliligi aniqlanadi (maksimal 100 ball, 55 balldan yuqori natija suhbat bosqichiga o‘tkaziladi).

Psixologik o‘rganishda har bir toʻgʻri javob uchun 0,5 ball beriladigan 200 ta topshiriq uchun 100 ball belgilanadi;

4️⃣ suhbat – strategik va tizimli fikrlash, kommunikativ ko‘nikmalar, liderlik salohiyati, qaror qabul qilishda halollik, kasbiy bilimlar hamda o‘qishga tayyorlik va motivatsiya baholanadi (maksimal 100 ball, 60 balldan yuqori natija yakuniy reytingda ishtirok etadi).

Yakuniy natijalar elektron platformada e’lon qilinadi. Natijalardan norozi bo‘lgan nomzodlar 5 ish kuni ichida apellyatsiya berish huquqiga ega.

Hujjatni PDF shaklida yuklab olish.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤24
🧪 IChO 2026: Xalqaro kimyo olimpiadaning amaliy bosqichiga O’zMU mezbonlik qildi

⚡️Bugun, 13-iyul Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetida 58-Xalqaro kimyo olimpiadasining (IChO 2026) eng muhim va mas’uliyatli bosqichlaridan biri — amaliy imtihon o‘tkazildi. Markaziy Osiyo tarixida ilk bor ushbu nufuzli olimpiada mamlakatimizda tashkil etilmoqda.

🔬Dunyoning 90 dan ortiq davlatlaridan kelgan 1000 nafarga yaqin eng iqtidorli yosh kimyogarlar zamonaviy laboratoriyalarda o‘zlarining tajriba o‘tkazish mahorati, tahliliy fikrlashi hamda amaliy ko‘nikmalarini namoyon etdilar.

👉🏻 Batafsil: nuu.uz

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7👍6
#Xalqaro_forum

Islom moliyasi ta’limini rivojlantirish masalalari xalqaro forumda muhokama qilindi


Toshkent shahrida Birlashgan Arab Amirliklarining AlHuda CIBE tashkiloti tomonidan V MDH Islom bankchiligi va moliyasi forumi bo‘lib o‘tdi.

Forumda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bo‘lim boshlig‘i Azamat Abdullayev ishtirok etib, “O‘zbekistonda Islom moliyasi ta’limi va inson kapitalini rivojlantirish: barqaror sohaviy o‘sish uchun poydevor yaratish” mavzusida ma’ruza qildi.

Batafsil:
https://gov.uz/oz/edu/news/view/192660

👉 На руcском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤17👍2🔥2
“Future 100” dasturi: oʻzbekistonlik yosh muhandis olimlar AQSHda stajirovka oʻtamoqda


Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Future 100” stajirovka dasturi ishtirokchilari AQSHning Silikon vodiysida dasturning birinchi kunini amaliy mashgʻulotlar va uchrashuvlar bilan boshladi.

📝 Dasturning birinchi kuni ishtirokchilar uchun tanishuv va yoʻnaltiruv sessiyasi oʻtkazilib, Silkroad Innovation Hub rahbariyati tomonidan stajirovka dasturining maqsadlari, oʻquv modullari, amaliy uchrashuvlar hamda ishtirokchilardan kutilayotgan natijalar taqdim etildi.

Shuningdek, Stenford universiteti professori Georgiy Blank ishtirokida “Digital Innovation” mavzusida vorkshop tashkil etildi. Mashgʻulotda innovatsion tadbirkorlik, startap-inkubatsiya, texnologiyalar transferi va ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirishning zamonaviy mexanizmlari yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/192729

👉 На руcском
👉 In English

#Future100 #SiliconValley #Stanford

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🔥11❤9👍6😁1