Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.72K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
🧪 IChO 2026: Xalqaro kimyo olimpiadaning amaliy bosqichiga O’zMU mezbonlik qildi

⚡️Bugun, 13-iyul Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetida 58-Xalqaro kimyo olimpiadasining (IChO 2026) eng muhim va mas’uliyatli bosqichlaridan biri — amaliy imtihon o‘tkazildi. Markaziy Osiyo tarixida ilk bor ushbu nufuzli olimpiada mamlakatimizda tashkil etilmoqda.

🔬Dunyoning 90 dan ortiq davlatlaridan kelgan 1000 nafarga yaqin eng iqtidorli yosh kimyogarlar zamonaviy laboratoriyalarda o‘zlarining tajriba o‘tkazish mahorati, tahliliy fikrlashi hamda amaliy ko‘nikmalarini namoyon etdilar.

👉🏻 Batafsil: nuu.uz

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7👍6
#Xalqaro_forum

Islom moliyasi ta’limini rivojlantirish masalalari xalqaro forumda muhokama qilindi


Toshkent shahrida Birlashgan Arab Amirliklarining AlHuda CIBE tashkiloti tomonidan V MDH Islom bankchiligi va moliyasi forumi bo‘lib o‘tdi.

Forumda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bo‘lim boshlig‘i Azamat Abdullayev ishtirok etib, “O‘zbekistonda Islom moliyasi ta’limi va inson kapitalini rivojlantirish: barqaror sohaviy o‘sish uchun poydevor yaratish” mavzusida ma’ruza qildi.

Batafsil:
https://gov.uz/oz/edu/news/view/192660

👉 На руcском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤17👍2🔥2
“Future 100” dasturi: oʻzbekistonlik yosh muhandis olimlar AQSHda stajirovka oʻtamoqda


Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Future 100” stajirovka dasturi ishtirokchilari AQSHning Silikon vodiysida dasturning birinchi kunini amaliy mashgʻulotlar va uchrashuvlar bilan boshladi.

📝 Dasturning birinchi kuni ishtirokchilar uchun tanishuv va yoʻnaltiruv sessiyasi oʻtkazilib, Silkroad Innovation Hub rahbariyati tomonidan stajirovka dasturining maqsadlari, oʻquv modullari, amaliy uchrashuvlar hamda ishtirokchilardan kutilayotgan natijalar taqdim etildi.

Shuningdek, Stenford universiteti professori Georgiy Blank ishtirokida “Digital Innovation” mavzusida vorkshop tashkil etildi. Mashgʻulotda innovatsion tadbirkorlik, startap-inkubatsiya, texnologiyalar transferi va ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirishning zamonaviy mexanizmlari yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/192729

👉 На руcском
👉 In English

#Future100 #SiliconValley #Stanford

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🔥11❤9👍6😁1
#dayjest #live #Ijodiy_imtihon #Qabul2026

📢 Kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘lib o‘tmoqda


Ayni kunlarda 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim tashkilotlarida kasbiy (ijodiy) imtihonlar davom etmoqda.

📅 14-iyul kuni kasbiy imtihonlar 24 ta oliy ta’lim tashkilotida belgilangan tartib asosida tashkil etilmoqda.

Imtihon jarayonlarini imtihon.edu.uz platformasi orqali jonli efirda kuzatib borish mumkin.

▪️Urganch davlat universiteti

▪️“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqotlar universiteti

▪️Andijon davlat texnika instituti

▪️Andijon davlat universiteti

▪️Buxoro davlat universiteti

▪️Jizzax davlat pedagogika universiteti

▪️Jizzax politexnika instituti

▪️Namangan davlat universiteti

▪️Nukus davlat texnika universiteti

▪️Urganch davlat pedagogika instituti

▪️O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

▪️O‘zbekiston milliy universiteti

▪️Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali

▪️O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti

▪️Qarshi davlat universiteti

▪️Qo‘qon davlat universiteti

▪️Qoraqalpoq davlat universit

▪️Samarqand davlat texnika universiteti

▪️Samarqand davlat pedagogika instituti

▪️Termiz davlat universiteti

▪️Toshkent arxitektura-qurilish universiteti

▪️Toshkent davlat agrar universiteti

▪️Olmaliq davlat texnika universiteti

▪️Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti


🎓 Barcha abituriyentlarga omad tilaymiz!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤8👍5🔥3👏1😱1