Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.72K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
JDPU va “Unicorn International Foundation” o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda “Unicorn International Foundation” o‘rtasida hamkorlik memorandumi va xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha shartnoma imzolandi.

Hamkorlik doirasida Double Degree va Foundation dasturlarini rivojlantirish, akademik mobillikni kengaytirish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish hamda abituriyentlarni xalqaro ta’lim dasturlariga sifatli tayorlash yo‘lga qo‘yiladi.

Batafsil...

#Xalqaro_hamkorlik

👉На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | TelegramТайёр
❤20👍5🔥1👏1
⚡️ Eldor Shomurodov urgan gol Jahon chempionatining eng chiroyli goli bo‘lishi mumkin! 

FIFA rasmiy saytida nufuzli turnirning “Eng yaxshi goli” (Goal of the Tournament) nominatsiyasi uchun ovoz berish jarayoniga start berildi. 

Mundialda Kilian Mbappe, Erling Xoland, Lionel Messi, Jyud Bellingem va Vinisius Junior kabi jahon futboli yulduzlari tomonidan kiritilgan 12 ta eng chiroyli gol ovozga qo‘yilgan. Quvonarlisi, ushbu nufuzli ro‘yxatdan O‘zbekiston milliy jamoasi sardori, Termiz davlat universiteti talabasi Eldor Shomurodovning Kongo DR darvozasiga yo‘llagan ajoyib “parashyut” zarbasi ham joy olgan. Hamyurtimizga ovoz berish orqali uning goli futbol tarixida qolishiga sababchi bo‘lishimiz mumkin! 

📆Ovoz berish jarayoni 27-iyulgacha davom etadi.

📲 Ovoz berish tartibi:

1-qadam: FIFA rasmiy sahifasiga o‘ting: https://play.fifa.com/gott/en/
2-qadam: Nomzodlar orasidan Eldor Shomurodovning golini tanlang va “VOTE” tugmasini bosing;
3-qadam: Ovozni muvaffaqiyatli yakunlash uchun “CREATE A FIFA ID ACCOUNT” tugmasi orqali tezkor ro‘yxatdan o‘ting yoki mavjud akkauntingizga kiring.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1👍91❤48🔥17😁17🎉6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#live #BuxoroTalabaExpo_2026

Ayni damda qadimiy va navqiron Buxoro shahri yurtimizning eng yirik kasb va taʼlim koʻrgazmalaridan biri — “Talaba Expo–2026”ni yuksak saviyada kutib olishga shay!

Bu nafaqat koʻrgazma, balki minglab yoshlarning orzulari, maqsadlari va kelajak kasbi sari tashlaydigan muhim qadami boʻladi.

Bugun Buxoro bilim va kelajak sari intilayotgan yoshlarni kutmoqda. Har bir tashrif buyuruvchi oʻz salohiyatini namoyon etish, yangi yoʻnalishlarni kashf etish va ertangi muvaffaqiyatga yoʻl ochish imkoniyatiga ega boʻladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤20🔥4👍3👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🚀 “Inno lab” akseleratsiya dasturiga arizalar qabuli davom etmoqda


Sizda ilmiy g‘oya, innovatsion loyiha yoki startap tashabbusi bormi?
Endi uni rivojlantirish uchun yangi imkoniyat!

📌 Quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha arizalar qabul qilinmoqda:

🔬 Biotexnologiya
🧬 Biomuhandislik
💻 Ilm-fandagi raqamli texnologiyalar
⚗️Kimyo va yangi materiallar
💊 Tibbiyot va farmatsevtika
🌱 Qishloq xo‘jaligi texnologiyalari
🍎 Oziq-ovqat texnologiyalari

✔️Ishtirok etish mutlaqo bepul
✔️ Mentorlar va ekspertlar ko‘magi
✔️ Loyihalarni rivojlantirish imkoniyati
✔️ Zamonaviy laboratoriyalardan foydalanish imkoniyati
✔️ INNOTEXNOPARK kovorking maydonida ishlash
✔️ Investorlar va sanoat vakillari bilan uchrashuvlar

📅 Arizalar 2026-yil 15-avgustga qadar qabul qilinadi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9
Magistratura turdosh 2026-2027.pdf
830.9 KB
#Qabul2026 #MagistraturaTurdosh

⚡️ MAGISTRATURAga qabul boʻyicha turdosh oliy taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2026/2027-o‘quv yilida davlat oliy taʼlim tashkilotlari magistraturasiga qabul boʻyicha turdosh oliy taʼlim yoʻnalishlarining roʻyxati tasdiqlandi.

Siz mazkur roʻyxatdan qaysi bakalavriat taʼlim yoʻnalishi davlat oliy taʼlim muassasalari MAGISTRATURASIga qabul boʻyicha turdosh ekanligini bilib olishingiz mumkin.

Magistratura kvotasi bu yerda:
👉 KUNDUZGI
👉 KECHKI
👉 MASOFAVIY

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤20👍5😁1
#Vazir_maqolasi

Oliy ta’lim tizimida tyutorlik instituti samaradorligini oshirish

🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan tashkil etilgan “Tyutor” ilmiy-amaliy elektron jurnalining 1-sonida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning ushbu mavzudagi maqolasi e’lon qilindi.

📘 To‘liq maqolani jurnalning 6-sahifasida o‘qing

🔗 https://online.pubhtml5.com/hrcop/rhkm/

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤18🔥2👏2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Talabaning innovatsion g‘oyasi — ta’limdagi yangi yechim

Namangan davlat texnika universiteti Muhandislik-axborot texnologiyalari fakulteti Axborot tizimlari va texnologiyalari yo‘nalishi 1-bosqich talabasi Zayniddin Mamadaliyev tomonidan ishlab chiqilgan “Zuild Lab” loyihasi fizika va matematika fanlaridagi murakkab mavzularni interaktiv simulyatsiyalar hamda virtual tajribalar orqali o‘rganish imkonini beruvchi zamonaviy “EdTech” platformasidir.

Mazkur platforma nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirib, foydalanuvchilarga raqamli laboratoriya muhitida erkin tajribalar o‘tkazish, ilmiy qonuniyatlarni vizual tarzda kuzatish va tahlil qilish imkonini yaratadi.


Ushbu videoda loyiha muallifi “Zuild Lab” platformasining yaratilish g‘oyasi, imkoniyatlari va ta’lim jarayonidagi ahamiyati haqida so‘z yuritadi.

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤20👏5👍2
#live #TalabaExpo_2026 #Buxoro

Buxoroda “Talaba Expo–2026” kasb koʻrgazmasi – kelajak sari muhim qadam!

Ayni damda Buxoro shahrida yoshlarning kasb tanlashi, zamonaviy taʼlim yoʻnalishlari va kelajak imkoniyatlarini namoyon etuvchi “Talaba Expo–2026” kasb koʻrgazmasi qizgʻin ruhda davom etmoqda.

Tadbirning ochilish marosimida Buxoro viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Baxtiyor Adilov, Buxoro davlat texnika universiteti rektori Sadoqat Siddiqova hamda “Kelajakka qadam” loyihasi rahbari Elmurod Hoshimov soʻzga chiqib, yoshlarga samimiy tilaklarini bildirdilar.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/195875

👉 На руcском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤14👍5
“Besh million sunʼiy intellekt yetakchilari” loyihasi: Huawei ICT Academy kurslarini bepul o‘rganing!

🏷 Dunyo bo‘ylab 1.8 milliondan ortiq yoshlar Huawei ICT Academy onlayn kurslarida tahsil olmoqda.

❗️Endi sizda ham jahon darajasidagi ushbu nufuzli kurslarni aileaders.uz platformasida mutlaqo bepul o‘qish imkoniyati bor!

🔗Platformamizda quyidagi top yo‘nalishlarni o‘zlashtiring:

➡️ HCIP-Big Data V2.0: Katta maʼlumotlarni qayta ishlash (oflayn/real-time) va amaliy loyihalar;
➡️ HCIP-openEuler V1.0: Senior Linux muhandisi darajasiga yetish va tizimni avtomatlashtirish;
➡️ HCIA-AI V4.0: Sunʼiy intellekt, Machine Learning va yirik AI modellari amaliyoti.


➡️Kurslarni o‘qish va bepul taʼlimni boshlash uchun: aileaders.uz saytiga o‘ting!

⚜️Do‘stlaringizga ham ulashing, kelajak yetakchilari safini kengaytiramiz!

#AILeaders #5MillionAI #HuaweiICT #BepulTaLim

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤15👍3👏1😁1
#TalabaExpo_2026 #Buxoro

“TalabaExpo–2026”: Imkoniyatlar maydoni sizni chorlaydi


Buxoro shahrida davom etayotgan "Talaba Expo–2026" kasb va imkoniyatlar ko‘rgazmasi yoshlar uchun ta’lim, tadbirkorlik hamda bandlik yo‘nalishlarida yangi ufqlarni ochmoqda.

Tadbir doirasida ishtirokchilar "Kelajakka qadam" dasturi asosida imtiyozli kredit olish imkoniyatlari bilan tanishmoqda. Shuningdek, biznesni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish bo‘yicha amaliy treninglar, istiqbolli startap loyihalar taqdimoti hamda "Rahbar va yoshlar" ochiq muloqotida faol ishtirok etmoqda.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/195897

👉 На руcском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤10👍3🔥3😁1🎉1