Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.71K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Prezident: Yangi transport infratuzilmasi iqtisodiy taraqqiyot va hududlar rivojiga xizmat qiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘rta Chirchiq tumanida Toshkent – Samarqand yo‘nalishidagi pullik muqobil avtomobil yo‘li qurilishiga tamal toshi qo‘yish marosimida ishtirok etdi.

Davlatimiz rahbari soʻnggi yillarda mamlakatimiz iqtisodiyoti 3 karra oshgani, 2030-yilga qadar uning hajmini 240 milliard dollarga yetkazish boʻyicha katta marra olinganini taʼkidladi.

Prezidentimiz Toshkent – Samarqand yoʻnalishidagi yangi avtomobil yoʻli qurilishini mamlakatimiz transport infratuzilmasini rivojlantirishdagi navbatdagi ulkan tarixiy qadam, deb atadi.

Qiymati qariyb 2,2 milliard dollar boʻlgan olti polosali zamonaviy avtomagistralning umumiy uzunligi 282 kilometrni tashkil etadi. Loyiha doirasida 92 ta koʻprik, 28 ta yoʻl oʻtkazgich va 60 ta tunnel tipidagi oʻtish joyi quriladi.

Yangi magistral ishga tushgach, Toshkentdan Samarqandga yetib borish vaqti 5 soatdan 2,5 soatga qisqaradi. Yoʻl sutkasiga 60 mingdan 80 mingtagacha transport vositasini oʻtkazadi, yuk tashish tannarxi esa 20–24 foizga pasayishi kutilmoqda.

Davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek, yangi avtomagistral hududlarda iqtisodiy faollikni yangi bosqichga koʻtaradi. Yoʻl boʻyida logistika markazlari, omborlar, sanoat va agrosanoat korxonalari, savdo-servis, mehmonxona va turizm obyektlari barpo etiladi.

Shuningdek, Xiva – Urganch yoʻli qurilishi boshlangani, Toshkent – Andijon yoʻli boʻyicha xalqaro tender yakunlanish arafasida ekani hamda Toshkentni Boʻstonliq bilan bogʻlaydigan yoʻlni loyihalash ishlari yakunlanayotgani qayd etildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🔥9❤8👍2
#xalqaro_yozgi_amaliyot

Andijon davlat tibbiyot instituti vakillari Janubiy Koreyada xalqaro yozgi amaliyot va stajirovka dasturida ishtirok etmoqda


Andijon davlat tibbiyot institutining professor-o‘qituvchilari hamda talabalari Janubiy Koreyaning Daegu Haany universitetida tashkil etilgan xalqaro yozgi amaliyot va stajirovka dasturida qatnashyapti.

Batafsil

👉 На руcском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤9🤩3👏2🤔1🎉1
#Qabul2026 #Magistratura

Xorijiy tilda tahsil olgan bakalavrlar magistraturaga hujjat topshirishda xorijiy til sertifikatini taqdim etishdan ozod etiladi

2026/2027-o‘quv yili qabuli uchun bakalavriat ta’lim dasturini xorijiy tillarning birida (ta’lim tili xorijiy til bo‘lgan holda) tamomlagan bitiruvchilar magistraturaga hujjat topshirishda xorijiy tilni bilish to‘g‘risidagi milliy yoki xalqaro sertifikatni taqdim etishdan ozod etiladi.

Mazkur tartib quyidagi holatlarda qo‘llaniladi:

➖ bakalavriat taʼlim dasturini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 24-maydagi 3515-son qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatida qayd etilgan 16 ta xorijiy tilning birida tamomlagan bo‘lsa;
 
➖ abituriyent bakalavriatga qabul qilingan yildagi tasdiqlangan qabul parametrlariga muvofiq aynan shu ta’lim tilida tahsil olgan va bakalavr diplomi ilovasida ta’lim tili xorijiy til ekani qayd etilgan bo‘lsa.

📌 Agar bakalavr diplomi ilovasida ta’lim tili ko‘rsatilmagan bo‘lsa, bakalavriat ta’lim dasturi xorijiy tilda o‘zlashtirilganligi oliy ta’lim tashkiloti tomonidan taqdim etilgan ma’lumotnoma asosida ko‘rib chiqiladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍9🔥6❤4😱4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Davlatimiz rahbari O‘rta Chirchiq tumanidagi yangi yo‘l o‘tkazgichni ko‘zdan kechirdi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍13❤7🤩2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Study_in_Uzbekistan #10Savolga_10Javob

📝“Study in Uzbekistan” platformasi orqali hujjat topshirish qanday amalga oshiriladi?

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10👍3😁3🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2026 #Abituriyent2026

Davlat oliy va kasbiy taʼlim muassasalariga qabul test sinovlari

📊 Test sinovlarining to‘qqizinchi kuni (22-iyul)da respublika bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlarida rejadagi 67 154 nafar abituriyentdan 62 ming nafardan ortiq‘i ishtirok etdi. Shulardan 3 nafari tartib-qoidani buzgani uchun jarayondan chetlatildi.

‼️ Abituriyentlardan o‘zlarining ruxsatnomalarida belgilangan manzil, sana va vaqtga amal qilishlarini so‘raymiz. Ular qatʼiy hisoblanib, o‘zgartirish imkoniyati mavjud emas.

📣 Eslatma, test sinovi topshiriladigan kuni belgilangan vaqtdan bir yarim soat oldin yetib borish lozim. Shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatlarning asli talab etilishini unutmang.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2
Prezident Shavkat Mirziyoyev Nurafshon shahrida Kelajak texnologiyalari markaziga tamal toshi qo‘yish va boshqa yangi loyihalarni boshlash marosimida ishtirok etmoqda.

Davlatimiz rahbari insoniyat taraqqiyotining har bir bosqichi fundamental kashfiyotlar bilan bog‘liq ekanini ta’kidladi. Buyuk ajdodimiz Muhammad Xorazmiy nazariy asos solgan algoritmlar bugun global iqtisodiyot o‘zagi va insonlar kundalik hayotining ajralmas qismiga aylandi.

Hozirgi dunyoda raqobat yillar yoki oylar bilan emas, balki daqiqalar va soniyalar bilan o‘lchanmoqda. Raqamlashtirishni ortga surgan, sun’iy intellektni o‘zlashtirmagan va innovatsiyalarga sarmoya kiritmagan davlatlar global rivojlanishdan orqada qolishi qayd etildi.

– Hayotimizning barcha jabhalarini raqamlashtirish bilan jiddiy shug‘ullanmasdan turib, rivojlanish mumkin emas. Busiz kelajagimiz yo‘qligini barchamiz teran anglashimiz kerak,

– dedi Prezident.

Joriy yilning o‘zida O‘zbekistonda venchur investitsiyalar hajmi 5 barobar ko‘paydi, milliy startap ekotizimi qariyb 4,5 milliard dollarga yetdi. Innovatsion g‘oyalarni rag‘batlantirish maqsadida mukofot jamg‘armasi 5 million dollar bo‘lgan Prezident startap tanloviga start berildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍12❤3
Umumiy maydoni 36 gektar bo‘lgan Kelajak texnologiyalari markazi qurilishiga qariyb 500 million dollar investitsiya jalb qilinadi. Majmua ta’lim, ilmiy tadqiqot, texnologik sinov va ishlab chiqarishni birlashtiradigan yagona innovatsion ekotizim bo‘ladi.

Markaz uchun Nurafshon shahri tanlangani bejiz emas. Bu yerda faoliyat yuritayotgan “Cyber University”da kiberxavfsizlik va axborot himoyasi bo‘yicha qariyb 1 ming nafar yuqori malakali mutaxassis tayyorlanmoqda. Endi universitet atrofida butun mamlakat uchun namuna bo‘ladigan yaxlit innovatsion klaster shakllantiriladi.

Klasterda kiberxavfsizlik, sun’iy intellekt, bulutli texnologiyalar va kriptografiya yo‘nalishlarida 6 ta zamonaviy laboratoriya, sun’iy intellekt data-markazi va muhandislik klasteri tashkil etiladi. Himoyalangan kompyuterlar, ma’lumot uzatish qurilmalari va yuqori texnologik tokenlar ishlab chiqarish markazi hamda dron va robototexnika uchun maxsus sinov poligoni faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Osiyo taraqqiyot banki ko‘magida mahalliy texnologiyalarni tijoratlashtirish va milliy mahsulotlarni xalqaro bozorlarga olib chiqish platformasi yaratiladi. Markaz 5 megavattli energetika quvvatlari bilan ta’minlanib, bu yerda 5 mingdan ortiq yuqori malakali ish o‘rni tashkil etiladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍10❤8🔥1
Joriy yilda Toshkent viloyatining raqamli xizmatlar eksporti ilk bor 50 million dollarga yetishi kutilmoqda. Hududning mavjud salohiyatini yanada kengaytirish uchun Nurafshon va Chirchiq shaharlarida zamonaviy IT-park binolari qurilishiga ham start berilmoqda.

– Uzoqni ko‘zlab, chin dildan amalga oshirayotgan ortga qaytmas islohotlarimiz Yangi O‘zbekiston bunyodkori bo‘lgan yoshlarimiz kelajagi uchun mustahkam poydevor bo‘ladi. “Raqamli O‘zbekiston” avlodlarimizga bizdan munosib meros bo‘lib qoladi,

– dedi davlatimiz rahbari.

Kelajak texnologiyalari markazi Toshkent viloyatining sun’iy intellekt va raqamlashtirish markaziga, yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini oshiradigan, iste’dod va qobiliyatini yuzaga chiqaradigan zamonaviy majmuaga aylanishi ta’kidlandi.

Shuningdek, marosimda Xitoy, Rossiya va Germaniya kompaniyalari ishtirokida amalga oshiriladigan, umumiy qiymati 465 million dollar bo‘lgan 9 ta yangi quvvat qurilishiga start berildi.

Ushbu obyektlar ishga tushishi natijasida 5 mingta yangi ish o‘rni yaratilib, aholining ijtimoiy xizmatlardan foydalanish sifati yaxshilanadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11👍3