Edu.uz
✔
144K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#xizmat_safari

Vazir «BioVak Y24» biopreparati qoʻllanilgan paxta maydonlarini koʻzdan kechirdi


Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat safarida boʻlib turgan vazir Qoʻngʻirotboy Sharipov mahalliy olimlarimiz va “Yuma Green” korxonasi tomonidan yaratilgan “BioVak Y24” biologik preparati bir soʻz bilan aytganda, oʻsimlikning “immun tizimi”ni qayta tiklovchi kompleks preparatini tajriba maydonlari bilan tanishdi.
 
Prezident topshirigʻiga muvofiq hozirda degradatsiyaga uchragan yerlarda shu jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ellikqalʼa tumani “Borli” hududida degradatsiyaga uchragan 3 gektarda “BioVak Y24” biologik preparatini qoʻllash orqali tajriba asosida 5 foizlik shoʻrlangan suv bilan gʻoʻza yetishtirilmoqda.


Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan moliyalashtirilgan mazkur loyiha Toshkent viloyatining Parkent tumanida amalga oshirilgan boʻlib, umumiy qiymati 4,9 mlrd soʻmni tashkil etadi. Shundan 1,07 mlrd soʻmi davlat ilmiy dasturlari doirasida ajratilgan. Loyiha doirasida dorivor oʻsimliklar xomashyosini chuqur qayta ishlash quvvati yoʻlga qoʻyildi, zamonaviy ilmiy laboratoriya tashkil etildi hamda yangi ish oʻrinlari yaratildi.

Batafsil:https://gov.uz/edu/news/view/197757

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
❤40🔥3😁3🎉2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📢 Abituriyentlar diqqatiga!
Test sinovida ishtirok etgan boʻlsangiz, qabul jarayoni davom etayotganini unutmang!

🗓 25-iyuldan 8-avgustga qadar my.uzbmb.uz platformasi orqali:
✅ oliy taʼlim tashkiloti;
✅ bakalavriat taʼlim yoʻnalishi;
✅ taʼlim shaklini (kunduzgi, kechki yoki masofaviy) tanlashingiz shart.

📌 5 tagacha oliy taʼlim tashkiloti va yoʻnalishni tanlash mumkin.

⚠️ Tanlovni 8-avgustga qadar oʻzgartirish mumkin. Muddat tugagach esa hech qanday oʻzgartish kiritilmaydi.

📄 Tanlovni tasdiqlagandan keyin shakllanadigan «Abituriyent qayd varaqasi»ni yuklab olib, saqlab qoʻyishni unutmang.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1❤41👍10🔥7👏4😁1
#xizmat_safari

Vazir Qoraqalpoq davlat universitetida yangi obyektlar qurilishi bilan tanishdi


25-iyul kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida bo‘ldi. Bu yerda dastlab vazir foydalanishga topshirilish arafasida turgan 500 o‘rinli talabalar turar joyini ko‘zdan kechirdi.

Shundan so‘ng, universitet hududida qurilayotgan 1800 o‘ringa mo‘ljallangan zamonaviy o‘quv-laboratoriya majmuasi va axborot-resurs markazi binosining qurilish jarayoni bilan tanishdi.

Batafsil:https://gov.uz/edu/news/view/197776

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
❤28👍11🤔4👏1
Oʻzbekiston Yoshlari xalqaro robototexnika musobaqasida (WRS) yuqori natijalarni qayd etdi

“Muhandislik oyligi” doirasida tashkil etilgan “Kelajak muhandislari” xalqaro festivali doirasida tashkil etilgan “First Robotics Uzbekistan” musobaqasida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan Oliy taʼlim tashkilotlariga Xitoy Xalq Respublikasidagi World Robot Summit (WRS) xalqaro robototexnika chempionati uchun yoʻllanma taqdim etilgan edi.

Xususan, Xaynan provinsiyasi, Sanya shahrida boʻlib oʻtgan musobaqada Olmaliq davlat texnika instituti, Toshkent davlat transport universiteti hamda Buxoro davlat texnika universiteti yoshlari Oʻzbekiston nomidan ishtirok etishdi.


🥈Yakuniy natijalarga koʻra, Oʻzbekiston vakillari, Toshkent davlat transport universiteti talabalari “Runner Up” yoʻnalishida 2-oʻrinni qoʻlga kiritib, kumush medal bilan taqdirlandi. Shuningdek, jamoamizga FIRST Tech Challenge (FTC) China Offseason Event xalqaro musobaqasining “Eng faol va namunali jamoa” nominatsiyasiga loyiq deb topildi.

Batafsil:https://gov.uz/edu/news/view/197899

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤16👍5🤔2🎉1
#xizmat_safari #Andijon

Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutida ilmiy-innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Oʻktam Salomov Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida vazir oʻrinbosari institut rektori Tohir Sultоnov hamrohligida oliy taʼlim muassasasida ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, taʼlim sifati va ilmiy infratuzilmani mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Batafsil:https://gov.uz/edu/news/view/198035

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
❤18👍4👏1