Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.71K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Prezident Yangi Toshkent shahridagi keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasida bo‘lib, shaharning bosh rejasi, qurilishlarning borishi, transport-muhandislik infratuzilmasi hamda istiqboldagi rejalar bilan tanishdi. Davlatimiz rahbari, shuningdek, hududda qad rostlayotgan bir qator yirik obyektlarni ko‘zdan kechirdi.

➖ Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining birinchi bosqich doirasida barpo etilayotgan yangi kampusida o‘quv binolari, ilmiy laboratoriyalar, elektron kutubxona, talabalar turar joylari va sport inshootlari joylashadi hamda uning boshqaruv tizimi “Yangi O‘zbekiston” universiteti tajribasi asosida transformatsiya qilinadi;

➖ O‘zbekiston Milliy kutubxonasining to‘rt qavatli, umumiy maydoni 30 ming kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan yangi binosida qurilish ishlarining 90 foizi bajarilgan bo‘lib, bir vaqtning o‘zida 1 420 nafar kitobxonga xizmat ko‘rsatadigan ushbu maskan joriy yilda foydalanishga topshiriladi;

➖ “Yangi O‘zbekiston” universitetining 50 gektar maydonda 10 ming nafar talabaga mo‘ljallangan zamonaviy kampusida fakultetlar, kutubxona, muzey, multimedia zallari, sport majmuasi va suzish havzasi barpo etiladi;

➖ 55 ming tomoshabinga mo‘ljallangan muhtasham futbol stadionida qurilish ishlari 65 foizga yetkazilgan bo‘lib, FIFA standartlariga mos ravishda barpo etilayotgan ushbu arena 2027-yildagi U-20 jahon chempionatining yarim final va final uchrashuvlarini qabul qiladi.

#Mirziyoyev #tanishuv #YangiToshkent #bunyodkorlik

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤30👍5😁2🔥1😱1
🎉 ERASMUS MUNDUS 2026: O‘ZBEKISTON UNIVERSITETLARI XALQARO LOYIHALARDA NAVBATDAGI MUVAFFAQIYATGA ERISHDI!

Yevropa Komissiyasi Erasmus+ dasturining 2026-yilgi Erasmus Mundus Joint Masters (EMJM) tanlovi natijalarini e'lon qildi. Joriy yilda 37 ta Erasmus Mundus qo‘shma magistrlik dasturi va 50 ta Erasmus Mundus Design Measures (EMDM) loyihasi moliyalashtirish uchun tanlab olindi.

➖ Quvonarlisi, O‘zbekistonning 3 ta oliy ta'lim muassasasi tanlangan EMJM loyihalarida hamkor sifatida ishtirok etmoqda:

SMARTLight – Smart LightWave technologies for 6G telecom systems
📍 Qarshi davlat texnika universiteti (TATU Qarshi filiali)

ME3-4S – Erasmus Mundus Joint Master in Management and Engineering of Environment and Energy for a Sustainable Future
📍 Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

CNE – Chemical Nano-Engineering
📍 Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti


📊 2026-yil natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston 3 ta tanlangan EMJM loyihasida ishtirok etayotgan mamlakatlar qatoridan joy oldi.

🌍 Erasmus Mundus qo‘shma magistrlik dasturlari dunyoning yetakchi universitetlari tomonidan birgalikda amalga oshiriladi va talabalarga bir nechta davlatlarda tahsil olish hamda Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan stipendiyalarni qo‘lga kiritish imkoniyatini yaratadi. Yangi tanlangan dasturlar bo‘yicha talabalar qabuli 2026-yil kuzida boshlanadi, o‘qish esa 2027-yil sentyabr oyida start oladi.

👉 Rasmiy havola

Batafsil

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤12👍4🔥3🎉2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2026 #Abituriyent2026

📣 Abituriyentlar diqqatiga!

🎥 Tanlovning 2-bosqichi bo‘yicha tayyorlangan videoqo'llanma bilan tanishib boring.
 
Mazkur videoqo‘llanmada abituriyentlar uchun muhim ma’lumotlar mavjud.
 
❗️ Tanlovning 2-bosqichida ta’lim yo‘nalishlari, oliy ta’lim muassasalari, ta’lim shakli va tanlov ustuvorligini tanlashga tayyorgarlik ko‘rayotgan barcha abituriyentlarga videoqo‘llanma bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi.

Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10🔥2
#TalabaExpo_2026 #Nukus #live

Nukusda️ “TalabaExpo — 2026” kasbiy koʻrgazmasi boshlanish arafasida


Bugun, Nukus shahridagi “Oqqush” majmuasida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida “TalabaExpo-2026” kasbiy koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi.

Hozirgi vaqtda tadbir ishtirokchilari va mehmonlar koʻrgazma boʻlib oʻtadigan hududga kelib, oʻz oʻrinlarini egallamoqda.

Koʻrgazma doirasida yoshlar uchun:
➖ish oʻrinlari yarmarkasi;
➖amaliyot va stajirovka dasturlari haqida maʼlumotlar;
➖startap loyihalarni taqdim etish imkoniyatlari;
➖“Oʻzmilliybank” tomonidan taklif etilayotgan imtiyozli kreditlar va moliyaviy savodxonlikka oid seminarlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.


Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤10🔥2👍1🥰1🎉1
#TalabaExpo_2026 #Nukus #live

Nukusda️ “TalabaExpo—2026” kasbiy koʻrgazmasi boshlandi


Koʻrgazma doirasida yoshlar uchun:
➖ish oʻrinlari yarmarkasi;
➖amaliyot va stajirovka dasturlari haqida maʼlumotlar;
➖startap loyihalarni taqdim etish imkoniyatlari;
➖“Oʻzmilliybank” tomonidan taklif etilayotgan imtiyozli kreditlar va moliyaviy savodxonlikka oid seminarlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.


Keling, ishtirok eting va daromadli ish o‘rniga ega bo‘ling!


Facebook
| Instagram | YouTube|Telegram
❤9👍3🥰2👏1🎉1
#Qonunchilik_yangiliklari

🖋 Fan olimpiadalari g‘oliblariga "O‘zbekiston bo‘ylab sayohat” yo‘llanmasi beriladi


Hukumat qarori (406-son, 24.07.2026-y.) bilan “Ta’lim va sport yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkaziladigan fan olimpiadasi va sport musobaqasi g‘oliblarini “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat” yo‘llanmasini taqdim etish orqali rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

☑️ Ushbu Nizom respublika va viloyat darajasida ta’lim va sport yo‘nalishlari bo‘yicha fan olimpiadasi va sport musobaqasi g‘oliblarini “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat” yo‘llanmasini taqdim etish orqali rag‘batlantirish tartibini belgilaydi.

📨 Nizomga ko‘ra, ta’lim va sport yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkaziladigan fan olimpiadasi va sport musobaqasi g‘oliblariga quyidagi yo‘llanmalar taqdim etiladi:

📑 respublika darajasida – respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan o‘quvchi-yoshlarga O‘zbekiston hududidagi turistik obyektlarga 3 kunlik sayohat;

📆 viloyat darajasida – hududiy bosqichda g‘olib bo‘lgan o‘quvchi-yoshlarga boshqa viloyat hududidagi turistik obyektlarga 2 kunlik sayohat.

📌 Tashkilotchi tomonidan sayohat tadbirlari tashkil etilishidan 10 kun oldin yo‘llanmaga ega bo‘lgan shaxslar tadbir tashkil etiladigan kun va joy to‘g‘risida xabardor qilinadi.

➡️ Tashkilotchilar tomonidan har yili sayohat xarajatlariga quyidagilar bilan bog‘liq xarajatlar kiritiladi:

➖ transport xizmati;
➖ yashash va ovqatlantirish;
➖ekskursiyalar (gid xizmati va turizm obyektlariga kirish chiptasi);
➖ sayohat sug‘urtasi.

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤16👍2
👨‍🎓 “TOSH TECH” Texnika Universitetida hujjatlar qabulining ikkinchi mavsumi boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-274-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan “TOSH TECH” Texnika Universiteti 2026/2027-o‘quv yili uchun hujjatlar qabulining ikkinchi mavsumini ochiq deb e'lon qiladi.

🎓 Kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, talabalikka tavsiya etilgan barcha nomzodlarga 100 foizlik davlat granti taqdim etiladi.

Shuningdek, “TOSH TECH” dunyoning yetakchi universitetlari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘ymoqda:

🇨🇳 Shanghai Jiao Tong
🇮🇹 Politecnico di Milano
🇩🇪 Constructor University

Ushbu hamkorlik doirasidagi qo‘shma ta’lim dasturlari talabalarga xalqaro tajriba orttirish hamda ikki universitet diplomini olish imkoniyatini taqdim etadi.

Ayni paytda universitetda istiqbolli va bugungi kunda yuqori talabga ega bo‘lgan to‘rtta yo‘nalish bo‘yicha arizalar qabul qilinmoqda:
🔰 Energetika muhandisligi

🔰 Elektr muhandisligi

🔰 Sanoat muhandisligi va menejmenti

🔰 Materialshunoslik va nanotexnologiya


📝 Kirish imtihonlari uchta asosiy fan — matematika, fizika va ingliz tili bo‘yicha o‘tkaziladi.
📆 Ro‘yxatdan o‘tishga shoshiling, joylar soni cheklangan!
🔗 Ro‘yxatdan o‘tish: https://my.uzbmb.uz/service/56

📞 +998 77 288 82 82

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤18👍1🔥1
#xizmat_safari #Nukus

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Boʻzatov tumani 2-son texnikumi faoliyati bilan tanishdi


Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Qoraqalpogʻiston Respublikasiga tashrifi doirasida Boʻzatov tumani 2-son texnikumida boʻlib, taʼlim muassasasida yaratilgan shart-sharoitlar, oʻquv jarayoni va moddiy-texnik baza bilan tanishdi.

Maʼlum qilinishicha, texnikum 2001-yilda tashkil etilgan boʻlib, 540 oʻringa moʻljallangan. Ayni paytda bu yerda 246 nafar oʻquvchi tahsil olmoqda. Taʼlim jarayoniga 12 nafar pedagog jalb etilgan. Muassasa hududi 5,086 gektarni tashkil etadi va 3 ta oʻquv binosi faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, 18 ta oʻquv xonasi, 100 oʻrinli yotoqxona, 120 oʻrinli oshxona hamda 200 oʻrinli ustaxona mavjud. Sport mashgʻulotlari uchun 540 kvadrat metr maydonga ega sport zali foydalanishga topshirilgan.

Batafsil:https://gov.uz/edu/news/view/198467

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
❤17👍4🔥1👏1