Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.71K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Avval xabar berganimizdek, World Robot Summit (WRS) xalqaro robototexnika chempionatida O‘zbekiston nomidan 4 ta oliy ta’lim muassasasi jamoalari ishtirok etdi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston delegatsiyasi, Buxoro davlat texnika universiteti yoshlari “Runner Up” yo‘nalishida 2-o‘rinni qo‘lga kiritib, kumush medal bilan taqdirlandi.

Shuningdek, delegatsiya FIRST Tech Challenge (FTC) China Offseason Event musobaqasining “Eng faol va namunali jamoa” nominatsiyasiga ham sazovor bo‘ldi. Ushbu muvaffaqiyatda Buxoro davlat texnika universiteti hamda Olmaliq davlat texnika instituti talabalari ham munosib hissa qo‘shdi.

Batafsil:https://gov.uz/edu/news/view/197899

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
🎉12👍8❤7🤩4😁2
#sayyor_qabul

Vazir o‘rinbosari Andijon davlat universitetida sayyor qabul o‘tkazdi

Fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida tinglash, ularning muammo va takliflarini atroflicha o‘rganish, ayniqsa yoshlarni o‘ylantirayotgan masalalarga qonuniy va amaliy yechim topish hamda davlat organlari bilan aholi o‘rtasida ochiq muloqotni ta’minlash bugungi islohotlarning muhim yo‘nalishlaridan biridir.


Shu maqsadda 28-iyul kuni Andijon davlat universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari O‘ktam Salomov tomonidan professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, talaba-yoshlar hamda fuqarolar ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.

Batafsil...

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤23👍4🔥2😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#KelajakMuhandislari #DemoDay #EngYaxshiGoya

😅"Kelajak muhandislari" respublika ko‘rik-tanlovining III bosqichi — Akseleratsiya dasturi Demo Day boshlandi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash ofisi tomonidan tashkil etilayotgan "Kelajak muhandislari" respublika ko‘rik-tanlovining III bosqichi — Akseleratsiya dasturi Demo Dayning birinchi kuni bugun INNO Texnoparkda bo‘lib o‘tdi.

Ushbu bosqichga respublikaning turli hududlaridan saralab olingan 180 nafar iqtidorli yosh muhandis, ixtirochi va innovator yo‘llanma oldi. Demo Day taqdimotlari 3 kun davom etadi va birinchi kunda 60 nafar ishtirokchi o‘zining takomillashtirilgan g‘oya, loyiha hamda ixtirolarini ekspertlar hay’ati oldida himoya qildi.

Taqdimotlar:
🏆 “Eng yaxshi g‘oya”
🏆 “Eng yaxshi loyiha”
🏆 “Eng yaxshi ixtiro” yo‘nalishlari bo‘yicha baholandi.


Akseleratsiya dasturi davomida ishtirokchilar o‘z ishlanmalarini texnik, iqtisodiy va tijoratlashtirish jihatidan takomillashtirib, bugun ularning amaliy natijalarini namoyish etdilar. Demo Day yakunlari bo‘yicha eng istiqbolli loyihalar tanlab olinadi.

📅 “Demo Day” taqdimotlari:
👨‍🏫 29-iyul — Professor-o‘qituvchilar
👨‍🔧 30-iyul — Amaliyotchi muhandislar o‘rtasida davom etadi.

Eslatib o‘tamiz! Tanlovning mutlaq g‘oliblari Prezident sovg‘asi - elektromobillar bilan taqdirlanadi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤19👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💧Suvni asrashni bugundan boshlaylik

Suv – hayot manbai bo‘lib, uni asrash va oqilona foydalanish har birimizning muhim burchimizdir. Bugungi kunda suv resurslaridan samarali foydalanish, isrofning oldini olish hamda atrof-muhitni muhofaza qilish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤15👍4🤔3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 #Mustaqillik35

Yangi O‘zbekiston — Uchinchi Renessans sari!

Yangi Oʻzbekistonda yaratilgan shaffof va adolatli imkoniyatlar minglab yoshlarning hayotini oʻzgartirmoqda.

🎓 FarDU bitiruvchisi Qozixonova Gulnoza ham ana shunday yoshlardan biri. Bilim, mehnat va yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalangan holda bugun u oylik daromadini 1000 dollarga yetkazishga muvaffaq boʻldi.

Bu — Yangi Oʻzbekistonda har bir intiluvchan yosh uchun ochilgan imkoniyatlar eshigining yana bir yorqin namunasi.

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
❤7👍1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎓 Jizzax politexnika instituti hamda Xitoy Xalq Respublikasining Sujou texnologiyalar universiteti o‘rtasidagi xalqaro qo‘shma taʼlim dasturiga qabul davom etmoqda!

UZBMB natijalari asosida talaba bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

Qo‘shma taʼlim dasturining afzalliklari:
✅2 yil Jizzax politexnika institutida va 2 yil Xitoyning Sujou texnologiyalar universitetida tahsil olish;
✅Xorijiy professor-o‘qituvchilardan saboq olish hamda yirik korxonalarda amaliyot o‘tash;
✅Xalqaro Work & Travel dasturlarida ishtirok etish imkoniyati;
✅O‘qishni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga ikkita bakalavr diplomi beriladi.


Taʼlim yo‘nalishlari:
🔹Mexanika muhandisligi
🔹Energetika muhandisligi
🔹Yengil sanoat muhandisligi
🔹Transport vositalari muhandisligi


👉 Hujjat topshirish uchun havola

☑️ Taʼlim tili: ingliz tili
📞 Murojaat uchun: +998971810207
📍 Manzil: Jizzax shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 4-uy.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍25❤24🔥18👏2😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TalabaExpo_2026 #Nukus #Sarhisob

“TalabaExpo – 2026”: yoshlar bandligi va tadbirkorligi uchun yangi imkoniyatlar

Joriy yilning 28-iyul kuni Nukus shahridagi “Oqqush” majmuasida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida “TalabaExpo – 2026” kasbiy ko‘rgazma va mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

Ko‘rgazma-yarmarkada 212 ta muassasa va korxona ishtirok etib, 1 500 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlarini taklif qildi. Shuningdek, yoshlarning o‘zini o‘zi band qilishi va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 100 ga yaqin zarur asbob-uskunalar namoyish etildi hamda tijorat banklari tomonidan uy sharoitida biznes boshlash uchun imtiyozli kredit paketlari taqdim etildi.


Batafsil:https://gov.uz/edu/news/view/198981

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
❤8👍1
#xalqaro_hamkorlik #forum

O‘zbekiston – Qirg‘iziston III Rektorlar forumi o‘z ishini boshladi


Qirg‘iziston Respublikasining Issiqko‘l viloyatida O‘zbekiston va Qirg‘iziston oliy ta’lim muassasalari rektorlarining III forumi o‘z ishini boshladi. Nufuzli xalqaro muloqot maydonida ikki mamlakat oliy ta’lim tizimi rahbarlari, vazirlik va idoralar mas’ullari, oliy ta’lim muassasalari rektorlari hamda akademik hamjamiyat vakillari ishtirok etmoqda.

Forumning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Qirg‘iziston Respublikasi fan, oliy ta’lim va innovatsiyalar vaziri Gulzat Isamatova hamda Qirg‘iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisi o‘rinbosari Ulan Mamatkanov so‘zga chiqib, ikki davlat o‘rtasidagi oliy ta’lim va ilm-fan sohasidagi hamkorlikning bugungi holati, erishilgan natijalar va istiqboldagi ustuvor yo‘nalishlar xususida fikr bildirdi.


Batafsil:https://gov.uz/edu/news/view/199052

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
👍9❤6🔥1