Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.71K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Muzokaralar yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov Ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisidagi shartnomani imzoladilar.

Shuningdek, davlat rahbarlari huzurida ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi boʻldi. Jumladan, Oliy taʼlim sohasidagi kreditlarni oʻzaro tan olish toʻgʻrisida bitim imzolandi.

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤16👍2😁2
#xalqaro_hamkorlik

O‘zbekiston–Belarus hamkorligi yangi bosqichda: Buxoro oliy ta’lim muassasalari delegatsiyasining Minskdagi uchrashuvlari


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Belarus Respublikasiga amalga oshirgan rasmiy tashrifi doirasida imzolangan strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi deklaratsiya ijrosini ta’minlash maqsadida Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov hamda Buxoro davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Mamurov boshchiligidagi delegatsiya Minsk shahrida samarali muzokaralar olib bordi.

Batafsil

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
❤28🤩18🎉16👍14😁12
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev I darajali “Manas” ordeni bilan taqdirlandi

Qirg‘iz Respublikasining yuksak mukofotini davlatimiz rahbariga Prezident Sadir Japarov topshirdi.
O‘zbekiston yetakchisi qardosh Qirg‘iziston Prezidenti va xalqiga chuqur minnatdorlik bildirib, ushbu mukofotni ikki xalq o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalarini mustahkamlash borasidagi birgalikdagi saʼy-harakatlar hamda O‘zbekiston va Qirg‘iziston munosabatlarini yangi tarixiy bosqich – ittifoqchilik darajasiga olib chiqishga qaratilgan mushtarak intilishlarning yuksak eʼtirofi sifatida qabul qilishini taʼkidladi.

❗️Ma’lumot uchun: 1996-yilda taʼsis etilgan “Manas” ordeni Qirg‘iz Respublikasining oliy davlat mukofotlaridan biri hisoblanadi. Respublika va xorij fuqarolariga davlatchilik va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, xalqlar o‘rtasida tinchlik, do‘stlik va o‘zaro anglashuv rishtalarini rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun beriladi.

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥19❤8👏5🥰1😁1
#Qonunchilik_yangiliklari

Huquqshunoslik va 11 ta chet tili bo‘yicha milliy sertifikat berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Milliy sertifikat berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2026-yil 29-iyuldagi 411-son qarori qabul qilindi.

✅ Qarorga ko‘ra:

🔹 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab huquqshunoslik fanini bilish darajasini aniqlash va milliy sertifikat berish tizimi joriy etiladi.

🔹 Huquqshunoslik bo‘yicha test topshiriqlari umumiy o‘rta ta’lim dasturlari, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunchilik hujjatlari asosida shakllantiriladi.

🔹 2026-yil 1-sentyabrdan boshlab yana 11 ta chet tilidan (xitoy, koreys, yapon, ispan, italyan, fors, dari, pusht-u, urdu, hindiy va uyg‘ur) ko‘p darajali (Multi-level) test tizimi amaliyotga tatbiq etiladi.

🔹 Imtihon kunlari va o‘rinlar soni Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-sayti va YAIDXP orqali oldindan e’lon qilinadi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤12👍5😁3🔥2👏1
Audio
#Ovozli_chat #Qabul2026

Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabul jarayonining onlayn oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash bosqichi bo‘yicha 2026-yil 30-iyul kuni o‘tkazilgan ovozli chatning audioyozuvi.

✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤17
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#brifing

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova oliy ta’lim tashkilotlariga qabul jarayonlari bo‘yicha abituriyentlar va ota-onalardan eng ko‘p kelib tushayotgan savollarga javob berdi.


2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim tashkilotlariga qabul jarayonlariga bag‘ishlangan brifingda abituriyentlar va ota-onalarni qiziqtirayotgan eng dolzarb masalalar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Jumladan:
🔹 1-savol.
00:10 — Ijtimoiy reestrga kiritilgan oilalar farzandlari uchun ajratilgan 10 foizlik qo‘shimcha grant kvotalari qanday tartibda taqsimlanadi?
🔹 2-savol.
01:34 — Men o‘tgan o‘quv yilida bakalavriatning 1-kursini davlat granti asosida tamomlaganman. Hozir menda 1440 balllik amaldagӣ SAT sertifikati bor. Agar yangi ta’lim yo‘nalishiga kontrakt asosida qabul qilinsam, SAT imtiyoziga ko‘ra 2-kursdan davlat grantiga avtomatik o‘ta olamanmi? Keyingi kurslar uchun grant ajratiladimi?
🔹 3-savol.
02:47 — Kontrakt asosida talabalikka qabul qilingan abituriyent ikkinchi marta aynan shu ta’lim bosqichiga hujjat topshirsa, davlat granti uchun tanlovda ishtirok etib, grantga da’vogar bo‘la oladimi?
🔹 4-savol.
03:43 — Ijtimoiy reestr imtiyozi asosida davlat grantiga qabul qilingan talabalar grant asosida butun ta’lim davrida o‘qiydimi yoki grant faqat birinchi o‘quv yili uchun amal qiladimi?
🔹 5-savol.
04:20 — Talabalar o‘qishini ko‘chirish jarayonida SAT sertifikati ham inobatga olinadimi?
🔹 6-savol.
05:05 — Oliy ta’lim tashkilotlariga qabul jarayonida tanlov ustuvorligini qanday mezonlar asosida belgilash tavsiya etiladi? Shuningdek, maqsadli qabul tizimi qanday ishlaydi va uni tanlash abituriyentga qanday imkoniyat hamda majburiyatlarni yuklaydi?


Facebook
| Instagram | YouTube|Telegram
❤12😱3👍2😁2🤔2