Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.71K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#TalabaExpo_2026 #Xorazm #taqdirlash

“TalabaExpo–2026” doirasida taqdirlash marosimi o'tkazildi


Bugun Urganch shahrida o‘tkazilayotgan “TalabaExpo–2026” kasbiy ko‘rgazmasi doirasida faol ishtirokchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tantanali marosimda ko‘rgazmani yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazishda faol ishtirok etgan oliy ta’lim muassasalari jamoalari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “O‘zmilliybank” tomonidan munosib e’tirof etildi.

Shuningdek, “Kelajakka qadam” dasturida faol ishtirok etib, tashabbuskorligi va istiqbolli loyihalari bilan ajralib turgan talabalar “O‘zmilliybank” tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. O‘z biznes g‘oyalariga ega bo‘lgan talabalarga esa tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirish uchun imtiyozli kreditlar ajratilib, vaucherlari tantanali ravishda topshirildi.

Facebook | Instagram | YouTube| Telegram
❤16👍5🔥1
😅 “Kelajak muhandislari” Respublika ko‘rik-tanlovining akseleratsiya bosqichi natijalari e’lon qilindi

Akseleratsiya bosqichi yakunlariga ko‘ra, tanlovning “Eng yaxshi g‘oya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” yo‘nalishlarida ishtirok etgan talabalar, amaliyotchi-muhandislar hamda professor-o‘qituvchilar kategoriyalaridagi loyihalar ishchi guruh tomonidan baholandi.

Akseleratsiya dasturi yakunida ishtirokchilar o‘z g‘oya, loyiha va ixtirolarini ekspertlar hamjamiyati oldida taqdimot shaklida himoya qildilar. Baholash jarayonida ishlanmalarning innovatsionligi, ilmiy-texnik asoslanganligi, amaliy va iqtisodiy samaradorligi, taqdimot sifati hamda loyihani himoya qilish ko‘nikmalari asosiy mezonlar sifatida belgilandi.

Akseleratsiya bosqichi natijalariga ko‘ra, tanlovning “Eng yaxshi g‘oya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” yo‘nalishlarining har bir kategoriyasidan (talaba, amaliyotchi-muhandis, professor-o‘qituvchi) 10 nafardan, jami 90 nafar ishtirokchi yakuniy bosqichga yo‘llanma oldi.

Tanlovning yakuniy bosqichida ishtirokchilar o‘z loyihalarini kengaytirilgan ekspertiza va baholash jarayonida taqdim etib, g‘oliblik uchun kuch sinashadilar.


Yakuniy bosqichga o‘tgan ishtirokchilar ro‘yxati bilan quyidagi havolalar orqali tanishish mumkin:
“Eng yaxshi g‘oya” — havola
“Eng yaxshi loyiha” — havola
“Eng yaxshi ixtiro” — havola

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤12👍5🔥1😁1
#TalabaExpo_2026 #Xorazm

🗣“TalabaExpo–2026”: Bitiruvchilar “URGENCH CLUSTER” MCHJ faoliyati bilan tanishdi

Bugun Xorazm viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari va bitiruvchilari uchun tashkil etilgan “TalabaExpo–2026” kasb ko‘rgazmasi doirasida bitiruvchi Urganch shahridagi “URGENCH CLUSTER” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tashrif buyurdilar.

Jarayon davomida talabalar korxonaning zamonaviy texnologiyalar asosida yo‘lga qo‘yilgan ip kalava va tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonlari, mehnatni muhofaza qilish hamda xavfsizlik me’yorlari bilan yaqindan tanishdilar.

Shuningdek, bitiruvchilarga korxonadagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, kadrlar siyosati, yosh mutaxassislar uchun yaratilgan shart-sharoit va kasbiy rivojlanish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤11👍1