Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.71K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌟🌟🌟🌟🌟

🗣“TalabaExpo–2026”: yoshlar uchun imkoniyatlar, tashabbuslar va yangi marralar

Urganch shahridagi “Yoshlik” sport majmuasida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida tashkil etilgan “TalabaExpo–2026” kasbiy ko‘rgazmasi yoshlar, oliy ta’lim muassasalari va ish beruvchilarni bir maydonda birlashtirdi.

Ko‘rgazmada Xorazm viloyatidagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari va bitiruvchilari ishtirok etib, 100 dan ortiq yirik tashkilot va korxonalar tomonidan taqdim etilgan 1500 dan ziyod bo‘sh ish o‘rinlari bilan yaqindan tanishdilar.

Tadbir davomida ish beruvchi tashkilotlar o‘z faoliyati va mavjud vakansiyalari bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazib, yoshlar bilan bevosita muloqot qildilar. Shuningdek, amaliyot va stajirovka dasturlari, kasbiy rivojlanish, tadbirkorlik hamda startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari haqida ma’lumotlar berildi.

Ko‘rgazma doirasida tadbirkorlik asoslari, karyerani rejalashtirish, shaxsiy brendni shakllantirish va professional rivojlanishga bag‘ishlangan seminar-treninglar ham tashkil etildi.


Shuningdek, “Kelajakka qadam” dasturida faol ishtirok etib, tashabbuskorligi va istiqbolli loyihalari bilan ajralib turgan talabalar qimmatbaho sovg‘alar bilan rag‘batlantirildi. O‘z biznes g‘oyalariga ega bo‘lgan talabalarga tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirish uchun imtiyozli kreditlar ajratilib, vaucherlar topshirildi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤13👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 “35 000 tashabbus” — Mustaqillikning 35 yilligiga bagʻishlangan mega loyihaga start berildi!

Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash ofisi tomonidan “35 000 tashabbus” umummilliy loyihasi yoʻlga qoʻyildi.

Siz ham yurtimiz rivojiga oʻz hissangizni qoʻshmoqchimisiz?

Unda jamiyat va davlat taraqqiyotiga xizmat qiladigan innovatsion gʻoya yoki tashabbusingizni taqdim eting.

🟢Taʼlim, fan, texnologiya, ekologiya, tadbirkorlik, madaniyat yoki boshqa istalgan yoʻnalishdagi har bir foydali tashabbus muhim.

📌 Tashabbusingizni yuboring: tashabbus.yito.uz⁠

Tashabbuslar 1-avgustdan 31-avgustgacha qabul qilinadi

🇺🇿Katta oʻzgarishlar bitta tashabbusdan boshlanadi. Sizning gʻoyangiz esa Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining navbatdagi qadami boʻlishi mumkin.

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤18👍6🤔1🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎓Oʻzbekiston Respublikasi Prezident va nomli davlat stipendiyalari tanlovining respublika bosqichiga hujjatlar qabuli boshlandi!

Agar siz quyidagi talablarga javob bersangiz ariza topshirishga shoshiling

📌Arizalar my.edu.uz platformasi orqali onlayn qabul qilinadi.

📆 Ariza topshirish muddati
1-avgustdan 15-avgustga qadar.

🎥 Batafsil videoda bilib oling.

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤16👍1
#Rasmiy_munosabat

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetidagi bitiruv tadbiri yuzasidan rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida oʻtkazilgan bitiruv tadbiri yuzasidan tarqalgan xabarlar munosabati bilan vazirlik tomonidan dastlabki oʻrganish ishlari olib borildi.
 
Universitet tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarga koʻra, oliy taʼlim muassasasida katta sigʻimli konsert zali mavjud emasligi hamda yozgi issiq ob-havo sharoiti inobatga olinib, bitiruv tadbirini yopiq binoda oʻtkazish maqsadida Kasaba uyushmalari federatsiyasi saroyi tanlangan.
 
Maʼlum qilinishicha, tadbirni tashkiliy jihatdan oʻtkazish boʻyicha tashabbus talabalar tomonidan bildirilgan boʻlib, uni tayyorlash jarayonlarida bitiruvchilar ishtirok etgan.
 
Shuningdek, universitet maʼlumotiga koʻra, tadbir uchun oldindan ishtirokchilar roʻyxati shakllantirilgan. Biroq tadbir kuni roʻyxatda koʻrsatilganlardan tashqari qoʻshimcha fuqarolar ham kelgani sababli zalning sigʻimi belgilangan me’yordan oshib ketgan.
 
Shu munosabat bilan zal maʼmuriyati xavfsizlik talablariga muvofiq ishtirokchilar sonini cheklash choralarini koʻrgan. Shundan soʻng universitet rahbariyati bitiruvchilar uchun universitet hududida alohida tadbir tashkil etishga qaror qilgan. Viloyatlardan kelgan ota-onalarning joylashuvi ham taʼminlangani ma'lum qilindi.
 
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi oliy taʼlim muassasalarida talabalardan har qanday koʻrinishda majburiy mablagʻ yigʻishga yoʻl qoʻyilmasligini qatʼiy maʼlum qiladi. Bunday holatlar aniqlangan taqdirda, masʼullarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli choralar koʻriladi.
 
Ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilinayotgan mazkur tadbirni tashkil etish va u bilan bogʻliq holatlar, jumladan bildirilgan eʼtirozlar xizmat tekshiruvi doirasida oʻrganilmoqda. Oʻrganish davomida barcha holatlarga, shu jumladan tashkiliy va moliyaviy jihatlarga huquqiy baho beriladi.
 
Vazirlik barcha oliy taʼlim muassasalari rahbarlariga talabalar ishtirokida oʻtkaziladigan tadbirlarni tashkil etishda xavfsizlik talablariga soʻzsiz rioya qilish, tashkiliy jarayonlarni puxta rejalashtirish, talabalar va ota-onalar uchun noqulayliklar yuzaga kelishiga yoʻl qoʻymaslik hamda har qanday tashabbuslarni amaldagi qonunchilik talablari asosida amalga oshirish yuzasidan qatʼiy koʻrsatmalar berdi.
 
Mazkur holat vazirlik nazoratiga olingan. Xizmat tekshiruvi yakunlari boʻyicha qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli choralar koʻriladi.
 
Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤31😁12👍5🔥2🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kelajak kasbini bugun tanlang!

🏢 Samarqand davlat texnika universitetida zamonaviy ta’lim, 20 dan ortiq laboratoriya, amaliy darslar, xalqaro loyihalar va xorijda tajriba orttirish imkoniyatlari sizni kutmoqda.

✔️ Arxitektura, qurilish, IT, robototexnika, dizayn, iqtisodiyot, biznes, turizm va boshqa zamonaviy yo‘nalishlarda tahsil oling.

⚡️ 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul davom etmoqda.

Call-markaz raqamlari:
📞 +998 (66) 237-06-06
📞 +998 (66) 237-44-35

🌐 Rasmiy veb-sayt: www.sdtu.uz
📲 Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalar: @sstueduuz

⏰️ Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10😁3😱3👍1
Ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar holidan xabar olindi

Talaba-yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning yashash sharoitlarini o‘rganish hamda ehtiyojlarini aniqlash maqsadida Urganch shahrida navbatdagi manzilli o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, tegishli tashkilotlar vakillari tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar xonadonlariga borilib, ularning holidan xabar olindi.

O‘rganishlar davomida talabalarning ta’lim olishi uchun yaratilgan sharoitlar, ijtimoiy holati va ehtiyojlari bilan tanishildi. Ularning murojaat va takliflari tinglanib, aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi hamda zarur choralarni ko‘rish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
😁18❤12👏8🤔3🎉1
Vazir  “Yangi Oʻzbekiston” universiteti faoliyati va yangi kampus qurilishi bilan tanishdi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov “Yangi Oʻzbekiston” universitetining amaldagi kampusi faoliyati bilan tanishib, zamonaviy Mechanics Lab laboratoriyasini koʻzdan kechirdi.

Shuningdek, vazir Yangi Toshkent shahrida bunyod etilayotgan universitetning 50 gektarlik yangi kampusi qurilishi bilan tanishdi.

Kampus tarkibida muhandislik, menejment, tabiiy fanlar, tibbiyot, raqamli texnologiyalar va agrotexnologiyalar maktablari, ilgʻor texnik tadqiqotlar instituti, innovatsion texnopark, sanoat va texnologiyalar xabi, maʼmuriy bino, tibbiyot markazi, talabalar turar joylari, sport majmuasi, suzish havzasi hamda boshqa ijtimoiy infratuzilma obyektlari barpo etilmoqda.

Tashrif davomida qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda va yuqori sifatda yakunlash hamda xalqaro standartlarga mos zamonaviy taʼlim va ilmiy muhitni shakllantirish masalalari muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/201023

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1❤43👍10😁2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti — sport va sog‘lom tafakkur orqali o‘z kelajagini yaratadiganlar maskanidir.
 
Bugun sog‘lom avlodni tarbiyalash, sport ilm-fanini rivojlantirish yo‘lida dadil odimlayotgan Yangi O‘zbekistonning muhim tayanch maskanlaridan biri — O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetidir.

Hozirda universitetdagi 21 ta mutaxassislik kafedrasi tomonidan 64 ta sport turi bo‘yicha malakali mutaxassislar yetishib chiqmoqda. 5 ta bakalavriyat ta'lim yo‘nalishi va 5 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha mamlakatimizning turli viloyatlari tashrif buyurgan 8 ming nafarga yaqin talabaga 400 dan ortiq malakali professor-o‘qituvchilar dars berib kelmoqda.


O‘z kelajagiga befarq bo‘lmagan yurtimiz va xorijdagi barcha abituriyentlarni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga o‘qishga taklif etamiz.
 
Murojaat uchun tel:

+99877-650-41-60;
+99877-650-42-60;
+99877-650-43-60;
+99877-650-47-60;
+99877-650-49-60;
🏪 Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤17👍6👏3