Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.71K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#dual_talim #hamkorlik

Prezident topshiriqlari ijrosi: energetika sohasida ta’lim va amaliyot uyg‘unligi

🔹Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish hamda energetika sohasi uchun zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega mutaxassislarni tayyorlash borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

🖇Shu maqsadda Farg‘ona tumanida o‘tkazilgan seminar doirasida “Hududgazta’minot” AJ hamda Farg‘ona davlat texnika universiteti o‘rtasida dual ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi.

Tadbirda “Hududgazta’minot” AJ Boshqaruvi raisi M. Xodjayev, universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Seminar davomida Prezidentimiz tomonidan belgilangan ustuvor vazifalar, ishlab chiqarish va ta’lim integratsiyasini mustahkamlash, gaz ta’minoti sohasi uchun raqobatbardosh va malakali mutaxassislar tayyorlash masalalari muhokama qilindi.


Hamkorlik memorandumi doirasida universitetning 3–4-bosqich talabalari uchun dual ta’lim tizimini keng joriy etish, ularni ishlab chiqarish amaliyotiga faol jalb qilish, ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish, shuningdek, energetika tarmog‘ining dolzarb amaliy muammolariga ilmiy yechimlar ishlab chiqish ko‘zda tutilgan

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11👍4🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Davlat test sinovlarida ishtirok etdingizmi? Endi tanlov sizniki!

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul davom etmoqda.

Abituriyentlar universitetda quyidagi ta’lim shakllari bo‘yicha tahsil olishlari mumkin:

⏺kunduzgi ta’lim
⏺masofaviy ta’lim
⏺magistratura
⏺ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim

🇺🇿 🇰🇷Davlat test sinovlariga hujjat topshirishga ulgurmagan yoki test natijalari o‘zi kutgan darajada bo‘lmagan abituriyentlar uchun esa TATU va Janubiy Koreyaning Kookmin universiteti hamkorligidagi Double Degree dasturi asosida tahsil olish imkoniyati mavjud.
Mazkur dastur doirasida talabalar 3+1 yoki 4+0 ta’lim modeli asosida tahsil olib, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda Kookmin universitetining diplomlariga ega bo‘ladilar.


Xalqaro ta’lim dasturi bo‘yicha hujjatlar apply.tuit.uz platformasi orqali qabul qilinmoqda.

Murojaat uchun:
+998 55 055 42 42

Facebook | Instagram | YouTube |Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13❤12🔥2
Sun’iy intellekt va raqamli turizm: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalari uchun infotur o‘tkazildi

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalari uchun sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar va kreativ industriyalarga bag‘ishlangan infotur tashkil etildi. Tadbir universitet va ““NazzAR Innovation Group” o‘rtasidagi hamkorlik memorandumi doirasida “Future Lab by “NazzAR Innovation Group” CreativeTech xabi tomonidan uyushtirildi.

Infotur davomida talabalar “Magic Mirror” interaktiv installyatsiyasi va “NazzAR Bobo” raqamli qahramoni bilan tanishdilar. Tadbirda universitet rektori Muhsinjon Xolmuxamedov va “NazzAR Innovation Group” asoschisi Bobur Rahimov smart-turizm, madaniy merosni raqamlashtirish va AI imkoniyatlari haqida gapirdilar.


👉 In English
👉 На русском

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
❤16👏1😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kelajak endi masofadan ham yaqin!

💻 Farg‘ona davlat universitetida endilikda masofaviy ta’lim orqali istalgan hududdan zamonaviy va sifatli oliy ta’lim olish imkoniyati yaratildi.

Bakalavriat bosqichida ham 20 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha masofaviy ta’lim yo‘lga qo‘yilgan.

🌐 Zamonaviy LMS platformasi, jonli onlayn mashg‘ulotlar, elektron kutubxona va professor-o‘qituvchilar bilan doimiy muloqot sizga o‘qish va ishni birgalikda olib borish imkonini beradi.

Ta’lim yo‘nalishlari:
Kunduzgi
Kechki
Masofaviy

📍 Qayerda bo‘lishingizdan qat’i nazar, sifatli ta’lim endi sizga yanada yaqin!

🎥 Batafsil ma’lumot videoda.

📲 Qabul–2026
🌐 qabul.fardu.uz

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤13👍1🔥1😱1🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mehr faqat insonlarga emas, atrofimizdagi har bir jonzotga ham kerak

Bir kosa suv, bir parcha ozuqa yoki shunchaki shafqatli munosabat — kim uchundir kichik ish boʻlishi mumkin. Ammo jonivor uchun bu hayotni saqlab qoluvchi mehr ifodasidir.

Jamiyatning insonparvarligi eng avvalo ojizlarga boʻlgan munosabati bilan oʻlchanadi. Hayvonlarga mehr-shafqat koʻrsatish, ularni asrash va himoya qilish — nafaqat qonun talabi, balki har birimizning insoniy burchimizdir.

Keling, mehr ulashaylik. Chunki ezgulik har doim kichik qadamdan boshlanadi.

#MehrUlashing
#JonivorlargaMehr
#HayvonlarniAsraylik
#EzguQadriyatlar
#Yalpiz_Darxan

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤18🔥5👏4🤩4👍1
#Qonunchilik_yangiliklari

20 ming dollargacha ta’lim krediti: xorijda o‘qish imkoniyatlari kengaymoqda


Dunyoning eng nufuzli universitetlarida tahsil olishni rejalashtirayotgan yoshlar va pedagoglar uchun yangi imkoniyat!

2026/2027-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan yoshlar hamda pedagog xodimlarni xalqaro reytinglarning QS yoki THE TOP-300 ro‘yxatiga kiruvchi xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o‘qishini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning yangi mexanizmi joriy etildi.

📎 Yangi tartibga ko‘ra, bakalavriat va magistratura bosqichlarida tahsil olish uchun;
💵 Bir o‘quv yiliga 20 000 AQSH dollarigacha ekvivalent miqdorda milliy valyutada ta’lim krediti ajratiladi.

Kreditning asosiy qarzi o‘qishning rasmiy muddati tugaganidan keyin 7 oy o‘tgach boshlanib, 7 yil davomida qaytariladi.

📑 Kredit oluvchi bankka murojaat qilishda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
▫️ ariza;
▫️ shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi;
▫️ taklifnoma-xat (1-kurslar uchun);
▫️ akademik o‘zlashtirish natijalari (2-kursdan boshlab);
▫️ to‘lov-kontrakt asosida o‘qish bo‘yicha shartnoma hamda oliy ta’lim tashkilotining bank rekvizitlari ko‘rsatilgan invoys;
▫️ birgalikda qarz oluvchilarning so‘nggi 12 oylik daromadlari yuzasidan ma’lumot;
▫️ mehnat daftarchasidan ko‘chirma (30 yoshdan oshgan pedagoglar uchun).


📈 Kredit bo‘yicha foiz stavkasi Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida belgilanadi.

Mazkur mexanizm iqtidorli yoshlar va pedagoglar uchun dunyoning yetakchi universitetlarida sifatli ta’lim olish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi hamda raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashga xizmat qiladi.

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
❤22👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Imtihonlar allaqachon topshirilib bo'lindi, va hozir eng muhim bosqich — qaysi oliygoh, qaysi yo'nalishni tanlash vaqti keldi.

Andijon davlat pedagogika institutida 2026/2027 o'quv yili uchun ikkita yangi, zamonaviy yo'nalish ochildi.

Axborot tizimlari va texnologiyalari hamda  bugungi kunning eng istiqbolli sohasi, Sun'iy intellekt, IT sohasi, dasturlash yoki sun'iy intellektga qiziqadigan bo'lsangiz — bu ayni sizga mos yo'nalish bo'lishi mumkin. Umuman olganda institutda pedagogikaning istalgan yo'nalishida tajribali ustozlardan saboq olishingiz mumkin.


Endi tanlov faqat sizning qo'lingizda. Kelajakni bugun tanlang — Kelajak Andijon davlat pedagogika institutida! 💫

Batafsil ma'lumot uchun institut sahifasiga o'ting yoki qabul komissiyasiga murojaat qiling.

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
❤17
JDPUda Sejong universiteti bilan hamkorlikdagi xalqaro IT va madaniyat dasturiga start berildi

Koreya Respublikasining nufuzli Sejong universitetidan tashrif buyurgan 23 nafar talaba va professor-o‘qituvchilar ishtirokida "WFK IT Ko‘ngillilar Guruhi Dasturi" yozgi maktabi o‘z ishini boshladi. 2–15-avgust kunlari bo‘lib o‘tadigan ushbu loyihada 200 nafar iqtidorli yosh koreyalik mutaxassislardan sun’iy intellekt, zamonaviy dasturlash va raqamli texnologiyalar bo‘yicha amaliy saboq oladi.

Dastur davomida ishtirokchilar zamonaviy IT bilimlarini egallash bilan birga, Koreya xalqining boy madaniy merosi, an’analari va urf-odatlari bilan yaqindan tanishib, madaniyatlararo tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

#JDPU #SejongUniversity

Batafsil...

👉На русском
👉In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤12👍3