Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.71K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Abituriyentlar uchun davlat granti olishning so‘ngi imkoniyati!

2026/2027 o‘quv yili uchun “Tosh Tech texnika universitetida" qabul davom etmoqda.

Kirish imtihonlari matematika, fizika va ingliz tili fanlaridan o‘tkaziladi.

- Barcha uchun 100% davlat granti;
- 4 ta istiqbolli ta'lim yo‘nalishi
- Xorijiy mutaxassislar ishtirokidagi ta’lim va xalqaro hamkorliklar;
- To‘liq ingliz tilidagi «Lab-based» ta’lim;
- Yetakchi xorijiy oliygohlar bilan almashinuv dasturlari.

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish: https://my.uzbmb.uz/service/56

📞 +998 77 288 82 82

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤8👍1
Forwarded from "INNOVATOR" jurnali
📣 1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣ jurnali sizdan fikr so‘raydi!

Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi qoshidagi “Innovator” jurnali innovatsiyalar, ilg‘or texnologiyalar, startaplar va zamonaviy g‘oyalarni yorituvchi ilmiy-ommabop nashrdir.

❗️Jurnalimizni yanada qiziqarli, mazmunli va zamon talablariga mos ravishda takomillashtirishda Sizning fikr va takliflaringiz biz uchun juda muhim.

⚡️So‘rovnomada ishtirok etib, jurnal rivojiga o‘z hissangizni qo‘shishingizni so‘raymiz.

✍️So‘rovnomada ishtirok etish uchun havola:👉https://forms.gle/jxiavizpP4VZkQBf9
 
 Facebook 📱 | Telegram 📱| Instagram 📱 YouTube📱WEB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤14👍4🔥1😁1
🚀 AEROKOSMIK TEXNOLOGIYALAR — KELAJAK KASBINI TANLANG!

Kosmik sanoat, sun’iy yo‘ldoshlar va zamonaviy muhandislik yo‘nalishlariga qiziqasizmi? Unda "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetining Aerokosmik texnologiyalar yo‘nalishi siz uchun.

📚 Ta’lim yo‘nalishlari:
• Bakalavriat — 60711701 – Aerokosmik texnologiyalar
• Magistratura — 70711701 – Aerokosmik texnologiyalar


Talabalar dunyoning nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik dasturlari doirasida zamonaviy bilim va tajribaga ega bo‘lishadi:
🇧🇪 Gent universiteti (Belgiya) — QS #91
🇺🇸 Michigan State University (AQSh) — QS #105
🇨🇳 Harbin Institute of Technology (XXR) — QS #111

Aerokosmik texnologiyalar sohasida nimalarni o‘rganasiz?
🔹 Sun’iy yo‘ldosh tizimlari
🔹 CubeSat texnologiyalari
🔹 Masofadan zondlash (Remote Sensing)
🔹 GIS texnologiyalari
🔹 Kosmik aloqa tizimlari
🔹 Aerokosmik muhandislik


📞 Murojaat uchun:
+998 (99) 185-60-90
+998 (88) 007-48-07
🌐 Rasmiy sayt: tiiame.uz
📲 Telegram: @ilovetiiame

Kelajakni kutmang. Uni yarating. 🚀

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤10👏2🔥1😁1
Qoʻqon davlat universiteti delegatsiyasi Hindistonning Parul universitetidagi xalqaro akademik dasturda ishtirok etmoqda

Qoʻqon davlat universiteti delegatsiyasi Hindistonning Vadodara shahrida joylashgan Parul universitetida oʻtkazilayotgan International Staff Teaching and Training Week – 2026 xalqaro akademik dasturida ishtirok etmoqda.

Mazkur dastur turli mamlakatlardan tashrif buyurgan professor-oʻqituvchilar oʻrtasida taʼlim, ilmiy tadqiqotlar va xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Tashrif doirasida delegatsiya aʼzolari universitetdagi taʼlim jarayoni, zamonaviy oʻquv laboratoriyalari, ilmiy markazlar hamda raqamli taʼlim infratuzilmasi bilan yaqindan tanishmoqda. Shuningdek, professor-oʻqituvchilar uchun tashkil etilgan malaka oshirish kurslari, seminarlar va mahorat darslarida faol ishtirok etib, ilgʻor tajribalarni oʻrganmoqda.

Batafsil...

👉На русском
👉In English

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
❤15
#Qabul_2026 #Ikkinchi_mutaxassislik

🎓 Ikkinchi mutaxassislik uchun qabul davom etmoqda

Sizda oliy ma’lumot bormi? Yana bir mutaxassislik bo‘yicha tahsil olishni istaysizmi?

Namangan davlat pedagogika institutida 2026/2027-o‘quv yili uchun ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga hujjatlar qabul qilinmoqda.

📅 Hujjat topshirishning so‘nggi kuni — 10-avgust.

📲 Hujjatlar my.edu.uz platformasi orqali onlayn topshiriladi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun:
➖ pasport va JSHSHIR ma’lumotlari;
➖ diplom va uning ilovasi;
➖ tanlangan ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shakli kerak bo‘ladi.

📊 Qabul o‘rinlari:
☀️ Kunduzgi ta’lim — 525 ta;
🌙 Kechki ta’lim — 200 ta.
☝️ Ta’lim to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Ma’lumot uchun: +998941535585

Shoshiling, hujjat topshirish muddati yakunlanishiga oz vaqt qoldi!

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11👍2🔥2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😅“Kelajak muhandislari” Respublika ko‘rik-tanlovining final bosqichi start olmoqda!

Joriy yilning 5–7-avgust kunlari tanlovning eng mas'uliyatli va hal qiluvchi bosqichi bo‘lib o‘tadi. Akseleratsiya bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, eng yuqori natija ko‘rsatgan 90 nafar eng kuchli ishtirokchi bosh sovrin uchun kurashadi.

Final bahslari quyidagi jadval bo‘yicha o‘tkaziladi:

✅ 5-avgust: “Eng yaxshi g‘oya”
✅ 6-avgust: “Eng yaxshi loyiha”
✅ 7-avgust: “Eng yaxshi ixtiro”

Ishtirokchilar — talabalar, amaliyotchi-muhandislar hamda professor-o‘qituvchilar ushbu yo‘nalishlarda o‘z ishlanmalarining amaliy va iqtisodiy samaradorligini kengaytirilgan ekspertiza oldida himoya qiladilar.

Taqdimotlar yakuniga ko‘ra tanlovning 9 nafar mutloq g‘olibi aniqlanadi va bosh sovrin — Prezident sovg‘asi: BYD Chazor avtomobili egasiga aylanadi.

✔️Boshlanish vaqti: 10:00
✔️Manzil: Toshkent shahri, Qamarniso ko‘chasi, 8/1-uy (Innotexnopark binosi)

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤55👍6
Prezident topshiriqlari ijrosi: energetika sohasi uchun kadrlar tayyorlash, yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik va investitsiya loyihalari boʻyicha vazifalar belgilandi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov raisligida oliy taʼlim tashkilotlari rahbarlari ishtirokida videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.

Yigʻilishda davlat rahbarining energetika sohasi uchun raqobatbardosh kadrlar tayyorlash boʻyicha belgilagan vazifalari ijrosi, 2026/2027-oʻquv yiliga tayyorgarlik, investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligini munosib nishonlash masalalari muhokama qilinib, ustuvor vazifalar belgilandi.

Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori oʻrinbosari Salom Samadov, Energetika vazirining birinchi oʻrinbosari Umid Mamadaminov, shuningdek, tegishli vazirlik va idoralar hamda yirik tarmoq korxonalari rahbarlari ishtirok etdi.
 
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/201760

👉 На русском
👉 In English
ㅤㅤㅤㅤㅤㅤ
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤14🔥2😁2🥰1👏1
Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Bitiruvchi – 2026” tantanali diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi

👩‍🎓Toshkent kimyo-texnologiya institutida 2025/2026-o‘quv yili bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi tantanali ruhda tashkil etildi.

🔗Tadbirda bitiruvchilarga oliy ta’limni muvaffaqiyatli yakunlaganliklarini tasdiqlovchi diplomlar topshirilib, ularning kelgusi faoliyatiga omad va zafarlar tilandi.

💼Bitiruvchilar uchun yangi marralar sari dadil qadamlar boshlanmoqda!

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤12👍2😁2