Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.71K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😅“Kelajak muhandislari” Respublika ko‘rik-tanlovining final bosqichi start olmoqda!

Joriy yilning 5–7-avgust kunlari tanlovning eng mas'uliyatli va hal qiluvchi bosqichi bo‘lib o‘tadi. Akseleratsiya bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, eng yuqori natija ko‘rsatgan 90 nafar eng kuchli ishtirokchi bosh sovrin uchun kurashadi.

Final bahslari quyidagi jadval bo‘yicha o‘tkaziladi:

✅ 5-avgust: “Eng yaxshi g‘oya”
✅ 6-avgust: “Eng yaxshi loyiha”
✅ 7-avgust: “Eng yaxshi ixtiro”

Ishtirokchilar — talabalar, amaliyotchi-muhandislar hamda professor-o‘qituvchilar ushbu yo‘nalishlarda o‘z ishlanmalarining amaliy va iqtisodiy samaradorligini kengaytirilgan ekspertiza oldida himoya qiladilar.

Taqdimotlar yakuniga ko‘ra tanlovning 9 nafar mutloq g‘olibi aniqlanadi va bosh sovrin — Prezident sovg‘asi: BYD Chazor avtomobili egasiga aylanadi.

✔️Boshlanish vaqti: 10:00
✔️Manzil: Toshkent shahri, Qamarniso ko‘chasi, 8/1-uy (Innotexnopark binosi)

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤55👍6
Prezident topshiriqlari ijrosi: energetika sohasi uchun kadrlar tayyorlash, yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik va investitsiya loyihalari boʻyicha vazifalar belgilandi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov raisligida oliy taʼlim tashkilotlari rahbarlari ishtirokida videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.

Yigʻilishda davlat rahbarining energetika sohasi uchun raqobatbardosh kadrlar tayyorlash boʻyicha belgilagan vazifalari ijrosi, 2026/2027-oʻquv yiliga tayyorgarlik, investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligini munosib nishonlash masalalari muhokama qilinib, ustuvor vazifalar belgilandi.

Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori oʻrinbosari Salom Samadov, Energetika vazirining birinchi oʻrinbosari Umid Mamadaminov, shuningdek, tegishli vazirlik va idoralar hamda yirik tarmoq korxonalari rahbarlari ishtirok etdi.
 
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/201760

👉 На русском
👉 In English
ㅤㅤㅤㅤㅤㅤ
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤14🔥2😁2🥰1👏1
Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Bitiruvchi – 2026” tantanali diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi

👩‍🎓Toshkent kimyo-texnologiya institutida 2025/2026-o‘quv yili bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi tantanali ruhda tashkil etildi.

🔗Tadbirda bitiruvchilarga oliy ta’limni muvaffaqiyatli yakunlaganliklarini tasdiqlovchi diplomlar topshirilib, ularning kelgusi faoliyatiga omad va zafarlar tilandi.

💼Bitiruvchilar uchun yangi marralar sari dadil qadamlar boshlanmoqda!

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤12👍2😁2