Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.71K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Bitiruvchi – 2026” tantanali diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi

👩‍🎓Toshkent kimyo-texnologiya institutida 2025/2026-o‘quv yili bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi tantanali ruhda tashkil etildi.

🔗Tadbirda bitiruvchilarga oliy ta’limni muvaffaqiyatli yakunlaganliklarini tasdiqlovchi diplomlar topshirilib, ularning kelgusi faoliyatiga omad va zafarlar tilandi.

💼Bitiruvchilar uchun yangi marralar sari dadil qadamlar boshlanmoqda!

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤12👍2😁2
📹Ayni damda Buxoro davlat texnika universitetida "Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda ilm va innovatsiya: oliy taʼlim muassasalarining roli va vazifalari" mavzusidagi ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorlar uchun respublika o‘quv-seminari bo‘lib o‘tmoqda.

Seminarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi Odiljon Mamatkarimov, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Oʻktam Salomov hamda Buxoro davlat texnika universiteti rektori Sadoqat Siddiqova kirish soʻzi bilan ochib berdi.

Seminar davomida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda ilm-fan va innovatsiyalarning o‘rni, ilmiy tadqiqotlarni amaliyotga joriy etish, universitetlarning ilmiy strategiyasini hududiy ehtiyojlar bilan uyg‘unlashtirish hamda ilmiy ishlar samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilinmoqda. Tadbirning amaliy qismi Buxoro davlat texnika universitetining "Yashil energetika poligoni"da davom etdi.

Batafsil: https://bstu.uz/news/51

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤16👍3🔥3
Kelajagingiz sari dadil qadam qo‘ying — xalqaro diplom sohibi bo‘ling

🎓 O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi va Rossiyaning nufuzli «Oliy iqtisodiyot maktabi» Milliy tadqiqot universiteti (NIU VSHE)ning qo‘shma magistratura dasturiga qabul boshlandi!

🌍 Dunyoda e’tirof etilgan ta’lim, xalqaro tajriba va yuqori malakali mutaxassisga aylanish imkoniyati sizni kutmoqda.

✨ Dasturning ustunliklari:
✅ Ikki universitetning diplomi;

🎓 Dasturni muvaffaqiyatli tamomlaganlarga quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha magistr darajasini tasdiqlovchi diplomlar beriladi:

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Bank va moliya akademiyasining “Moliya” mutaxassisligi

🇷🇺 “Oliy iqtisodiyot maktabi” Milliy tadqiqot universitetining “Moliya va kredit” mutaxassisligi bo‘yicha magistrlik diplomlari beriladi.
✅ Jahonning Top-500 talik nufuzli universiteti diplomini qo‘lga kiritish imkoniyati;

✅ O‘zbekiston va Rossiyaning yetakchi tashkilotlarida amaliyot va stajirovka;

✅ Xalqaro mehnat bozorida raqobatbardosh bilim va ko‘nikmalar.

🔥 Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Bugun ariza topshiring va kelajagingizni xalqaro ta’lim bilan bog‘lang!

❗️Hujjatlar 2026-yil 6-iyuldan  12-sentyabrgacha (shu kuni ham) https://admission.bfa.uz/ platformasi orqali onlayn qabul qilinadi.

❗️Batafsil maʼlumot bilan ushbu 👉 havola orqali tanishing.

#BFA #Uzbekistan #Rossiya #Vishka #BMA #double_degree

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
❤13👍2
#Olimlar_minbari
#27.07-02.08.2026

“Sun’iy intellekt falsafasi” —  Ismoil SAIFNAZAROV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi oʻrinbosari;

“Ilm bozorga chiqishi uchun bitta idora emas, butun zanjir ishlashi kerak” — Asror NOROV, Innovatsion rivojlanish agentligi direktori vazifasini bajaruvchi;

“Parlament diplomatiyasining yangi davri” — Ilhomjon TO‘XTASINOV, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori, professor;

“O‘zbekiston va Qirg‘iziston: tarixiy yaqinlashuvdan umumiy kelajak sari” — Baxtiyor MAHKAMOV, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori, professor;

“Zamonaviy muhandis bilim, tajriba va tafakkur egasi” — Sherzod NE’MATOV, Qarshi davlat texnika universiteti rektori;

“O‘zbekiston va Qozog‘iston birligi – mintaqamizning porloq kelajagi kafolati” — Bahodir XOLIQOV, Samarqand davlat chet tillari instituti rektori, professor;

«Новая веха парламентской дипломатии» — Илхомжон ТУХТАСИНОВ, ректор Узбекского государственного университета мировых языков, профессор;

“Eng ishonchli mezon – xalq hayotida yaratilgan natija” — Furqat JO‘RAQULOV, siyosiy fanlar doktori,
professor;

«Новый Узбекистан – пространство созидания, доверия и больших возможностей» — Суннатилла ГАИБНАЗАРОВ, декан факультета Ташкентского государственного технического университета;

“Publisistik tafakkur qudrati” — Qozoqboy YO‘LDOSH, Toshkent amaliy fanlar universiteti professori;

“Nomi ulug‘, qadri baland, ruhi tetik Buxoro!” — Abduxalil MAVRULOV, О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professori;

«В Узбекистане дан старт новому этапу «Цифрового правительства» — Акрамжон КАРИМОВ, и.о. профессора ТГТУ;

“Mahalla fenomeni: tarix, islohot va yuksalish mutanosibligi” — Naim OBLOMURODOV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori;

“Strategik yaqinlik va umumiy manfaatlarga asoslangan hamkorlikning noyob arxitekturasi” — Shokir G‘AFFOROV, Samarqand davlat universiteti professori;  

«Таинственный камень Сахибкирана» — Баходир РУЗИЕВ, преподаватель истории Шахрисабзского государственного педагогического института.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9
#xalqaro_hamkorlik

Bauman nomidagi MDTUning Toshkent shahridagi filialini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Sardor Rajabov N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv oʻtkazdi. Delegatsiyaga universitetning xalqaro faoliyat boʻyicha direktori Anton Yegorov boshchilik qildi.

Uchrashuv davomida universitetning Oʻzbekistondagi filiali faoliyatiga oid dolzarb masalalar muhokama qilindi. Jumladan, 2026/2027 oʻquv yili qabul jarayonlarini samarali tashkil etish, filialni ishga tushirish hamda Yangi Toshkent shahrida barpo etiladigan zamonaviy kampus qurilishiga tayyorgarlik ishlari koʻrib chiqildi.


Batafsil:https://gov.uz/edu/news/view/202184

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
😁10❤9🔥3👏3🎉1