Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.72K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Xizmat_safari #Namangan

Namangan davlat universitetida ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyat rivoji muhokama qilindi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Oʻktam Salomov Namangan davlat universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida vazir oʻrinbosariuniversitet rektori Abdugʻaffor Qirgʻizboyev hamrohligida oliy taʼlim muassasasida ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, taʼlim sifati va ilmiy infratuzilmani mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.


Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/202363

👉 На русском
👉
In English

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
❤7👍5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sizda hali ham Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi bo'lish imkoniyati bor

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda Xitoyning Nankin Audit Universiteti o‘rtasidagi qo‘shma (3+1), ikki diplomli bakalavriat dasturiga qabul davom etmoqda.

✅2 ta xalqaro tan olinadigan diplom;
✅3-kursni Xitoyda o‘qish imkoniyati;
✅100% grant asosida tahsil olish imkoniyati;
✅Ingliz tili sertifikati majburiy emas (mavjud bo‘lsa ustunlik beradi);
✅Davlat auditi, moliya, buxgalteriya hisobi, audit va boshqaruv yo‘nalishlari.

Dasturni muvaffaqiyatli va yuqori ko‘rsatkichlar bilan bitirgan bitiruvchilar uchun O‘zbekiston Respublikasining quyidagi nufuzli va strategik davlat tashkilotlarida hamda xalqaro sektorlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlash imkoniyati yaratiladi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, barcha davlat organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlarining Ichki audit, Moliyaviy nazorat va Komplaens-nazorat xizmatlari shular jumlasidandir.


📌Hujjatlarni daom.tsue.uz platformasi orqali topshiring.

📞Batafsil ma’lumot:
+998 (91) 005-11-55;
+998 (93) 581-12-28;
+998 (94) 594-40-50;

✈️Telegram: @davlat_auditi_bot

Batafsil ma'lumot...

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9🔥3🎉3😁2
#Fotojamlanma

“Kelajak muhandislari” respublika ko‘rik-tanlovining “Eng yaxshi g‘oya” yo‘nalishida qizg‘in bahslar davom etmoqda.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🔥8❤5👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kelajak_muhandislari #1_kun #videolavha

😅 “Loyihangiz finalga yetib keldi. Hakamlar bugun unga 10 balldan necha ball beradi va nega?”

“Kelajak muhandislari” respublika tanlovining hal qiluvchi bosqichida ishtirokchilar aynan ushbu savol atrofiga jamlanib, oʻz gʻoyalarini himoya qilishdi.

📱 Videoda ishtirokchilarning javoblari bilan tanishishingiz mumkin.

Sizningcha, qaysi loyiha eng yuqori ballga munosib?

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤12👍3👏1😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📷 Chirchiq davlat pedagogika universitetiga xush kelibsiz!

Chirchiq davlat pedagogika universitetida biz talabalarimizning intellektual, jismoniy va ma’naviy kamoloti uchun mustahkam poydevor yaratishga intilamiz.

🔗 Abituriyentlar universitetda quyidagi ta’lim shakllari bo‘yicha tahsil olishlari mumkin:

⏺ bakalavriat
⏺ magistratura
⏺ dual ta’lim
⏺ ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim

Davlat test sinovlariga hujjat topshirishga ulgurmagan yoki test natijalari o‘zi kutgan darajada bo‘lmagan abituriyentlar uchun esa CHDPU va Belorusiyaning Mogilev davlat universiteti hamkorligidagi Double Degree dasturi asosida tahsil olish imkoniyati mavjud.
Mazkur dastur doirasida talabalar 3+1 ta’lim modeli asosida tahsil olib, Chirchiq davlat pedagogika universiteti hamda Mogilev davlat universitetining diplomlariga ega bo‘ladilar.


Call-markaz raqami:
📞 +998715010214

🧷 Rasmiy veb-sayt: https://cspu.uz/
🧷 Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalar: @tvchdpi2017

😎 To’liq va original versiyasini You Tube ijtimoiy tarmog’ida tomosha qiling!

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤18👏2👍1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kecha chiqindi edi, bugun esa energiya manbai

Tasavvur qiling, chorvachilik yoki oziq-ovqat korxonalarida hosil bo‘layotgan organik chiqindilar endi muammo emas. Ular elektr energiyasi, issiqlik va tuproq unumdorligini oshiruvchi bioo‘g‘it manbaiga aylanishi mumkin.

Aynan shu g‘oya Namangan davlat texnika universiteti 1-bosqich magistranti Turaxanov Ilhomjon Raxmatillo o‘g‘li tomonidan ishlab chiqilgan BIOGROW innovatsion loyihasi asosini tashkil etadi.

BIOGROW organik chiqindilarni qayta ishlab, ulardan biogaz va bioo‘g‘it olish imkonini beradi. Natijada atrof-muhitga zarar kamayadi, energiya tejaladi va chiqindi foydali resursga aylanadi.

Ba'zan katta o‘zgarishlar murakkab texnologiyadan emas, oddiy muammoga topilgan to‘g‘ri yechimdan boshlanadi.

🌱 BIOGROW — Chiqindini resursga, resursni kelajakka aylantiramiz!

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤12🔥10👍9😁1🤩1
Sizda TDAU talabasi bo‘lish imkoniyati mavjud!

🟢Davlat test sinovlarida ishtirok etdingizmi? Endi eng muhim bosqich — oliy ta’lim muassasasi va kelajak kasbingizni belgilaydigan yo‘nalishni tanlash vaqti keldi.

Toshkent davlat agrar universitetini tanlab, zamonaviy agrar ta’lim, professional malaka va xalqaro imkoniyatlarga ega bo‘ling!

Universitetimizda:
🔹30 dan ortiq bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari;
🔹Kunduzgi, kechki, masofaviy, dual va qo‘shma ta’lim shakllari;
🔹7 ta ta'lim yo‘nalishlarida yo‘nalishlarida 3 yilda oliy ma’lumotli diplom olish imkoniyati;
🔹Dual ta’lim asosida o‘qish bilan birga ishlab, daromad topish imkoniyati;
🔹Yevropa va Osiyoning nufuzli universitetlarida qo‘shma ta’lim dasturlari asosida tahsil olish;
🔹Qishloq xo‘jaligi texnikalarini boshqarish bo‘yicha haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lish imkoniyati;
🔹Zamonaviy laboratoriyalar, o‘quv xonalari, sport majmualari va ijodiy to‘garaklar mavjud.


🔺Zamonaviy va talab yuqori bo‘lgan yangi ta'lim yo‘nalishlar - sun’iy intellekt, veterinariya farmatsevtikasi, biologiya va qayta tiklanuvchi energiya manbalari kabi yo'nalishlar hamda 900 ta qo‘shimcha kvota TDAU talabasi bo‘lish imkoniyatini sezilarli darajada oshiradi.

✅Toshkent davlat agrar universitetini tanlang va agrar sohaning bilimli, tashabbuskor hamda raqobatbardosh mutaxassisiga aylaning!

🔶 Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumotni olish uchun BOSING!

📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
☎️ +998 71 260 41 69
☎️ +998 71 260 46 80

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤20👍7😁7😱2🤔1
“ToshTech” texnika universitetida zamonaviy muhandislik taʼlimi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov "ToshTech" texnika universitetiga tashrif buyurib, universitet faoliyati va yangi kampusni ishga tushirishga tayyorgarlik jarayoni bilan tanishdi.

Tashrif davomida universitetda yaratilayotgan zamonaviy taʼlim muhiti, muhandislik laboratoriyalari va xalqaro standartlarga mos infratuzilma bilan tanishildi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤13👍10🔥4