Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.71K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
“Rektorlar maktabi” dasturiga kimlar hujjat topshirishi mumkin?

Oliy ta’lim muassasasida rahbarlik faoliyatini olib borayotgan va zamonaviy boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirishni istagan nomzodlar uchun “Rektorlar maktabi” dasturi yangi imkoniyatlarni taqdim etadi.

Quyida nomzodlar uchun belgilangan asosiy mezonlar bilan tanishing:
• Fuqarolik talabi
• Yosh mezoni
• Ta’lim darajasi
• Ish tajribasi
• Rahbarlik tajribasi
• Tanlov bosqichlari

Nomzodlar uchun belgilangan talablarga javob bersangiz, zarur hujjatlarni tayyorlab, “Rektorlar maktabi” dasturida ishtirok etish uchun ariza topshirishingiz mumkin.

Kelajakdagi oliy ta’lim liderlari safidan joy olish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang.

📌 Hujjatlar qabuli: 2026-yil 10-avgustga qadar davom etadi.

📌 Qabul kvotasi: 40 nafar.

📞 Bog‘lanish uchun:
✔️ Telefon: +998 (71) 202-41-11 (220)
✔️ E-mail: info@newuu.uz

Hujjatlaringizni hoziroq topshiring!

👉 Ro‘yxatdan o‘tish: https://rectors.newuu.uz/

👉 “Rektorlar maktabi” kanaliga obuna bo‘ling:
https://t.me/rektorlar_maktabi

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤13👍2
Oliy taʼlim vazirligida “Career.edu.uz” platformasi boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi

Davlatimiz rahbarining bitiruvchilar bandligini ta’minlashga qaratilgan topshiriqlari ijrosi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tashabbusi doirasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida “Career.edu.uz” platformasidan foydalanish bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi.

Seminarda vazirlik va idoralarining mas’ul xodimlari ishtirok etib, platformaning imkoniyatlari, undan foydalanish tartibi va amaliyotga joriy etish masalalari muhokama etildi. Shuningdek, bitiruvchilar bandligini ta’minlash jarayonida platformadan samarali foydalanish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.

#seminar #career_edu_uz

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤13👍1
🇺🇿🇺🇸O‘zbekiston va AQSh strategik sherikligi yangi bosqichga chiqmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi.

🟢Suhbat davomida ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

🟢Qayd etilganidek, bugungi kunda O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi hamkorlik jadal sur’atlarda rivojlanmoqda. Uch yillik iqtisodiy hamkorlik dasturi izchil amalga oshirilayotgani, Ishbilarmonlik va investitsiya kengashi faoliyati yo‘lga qo‘yilgani hamda hududlararo aloqalar kengayib borayotgani alohida ta’kidlandi.

🟢Shuningdek, fuqaro aviatsiyasi, avtomobilsozlik, tog‘-kon sanoati, energetika, metallurgiya, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar kabi ustuvor yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani qayd etildi.

🟢Muloqotda global va mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash, xalqaro mojarolarni tinch yo‘l bilan hal etish masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

🟢Suhbat yakunida Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh Prezidenti Donald Trampni o‘zi uchun qulay vaqtda rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelishga taklif qildi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤20🎉2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Kelajak muhandislari”: Suvni tozalash uchun mahalliy membrana texnologiyasi yaratildi

Termiz davlat universiteti (TerDU) Kimyo fakulteti professor-o‘qituvchisi hamda loyiha rahbari Yoqubjon Bozorov tomonidan suv resurslarini tozalash va sifatini oshirishga qaratilgan “UZECOMEM” (Water Technology) loyihasi taqdim etildi.

Ushbu loyihaning asosiy maqsadi suvni tozalashda ishlatiladigan yuqori samarali membrana filtrlarini mahalliy xomashyo asosida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishdan iborat. Ishlab chiqilgan filtrlar kimyoviy hamda mexanik ta’sirlarga o‘ta chidamli bo‘lib, suv tarkibidagi turli moddalar va tuzlarni samarali ushlab qoladi.


#KelajakMuhandislari #ishlanmalar

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍14❤5🤔3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul_2026
 
Qarshi davlat texnika universitetida 2026/2027-oʻquv yili uchun qabul qizgʻin davom etmoqda
 
Kelajagingizga ishonchli qadam qoʻying va zamonaviy bilim hamda amaliy koʻnikmalarni egallash imkoniyatidan foydalaning!
 
🔹 63 ta bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari;
🔹 47 ta magistratura mutaxassisliklari;
🔹 kunduzgi, kechki va masofaviy taʼlim shakllari;
🔹 zamonaviy laboratoriyalar va innovatsion taʼlim muhiti;
🔹 xalqaro hamkorlik va akademik almashinuv dasturlari;
🔹 iqtidorli talabalar uchun keng imkoniyatlar mavjud.

 
❗️ Aziz abituriyentlar! Orzuingizdagi kasbni egallash yoʻlida toʻgʻri tanlov qiling.
  
☎️ Call markaz raqami: +998-75-220-09-24

Qarshi davlat texnika universiteti — kelajak muhandislari, IT mutaxassislari va yuqori malakali kadrlar tayyorlanadigan zamonaviy taʼlim maskani!

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤7👍1