Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Kelajak muhandislari”: Suvni tozalash uchun mahalliy membrana texnologiyasi yaratildi

Termiz davlat universiteti (TerDU) Kimyo fakulteti professor-o‘qituvchisi hamda loyiha rahbari Yoqubjon Bozorov tomonidan suv resurslarini tozalash va sifatini oshirishga qaratilgan “UZECOMEM” (Water Technology) loyihasi taqdim etildi.

Ushbu loyihaning asosiy maqsadi suvni tozalashda ishlatiladigan yuqori samarali membrana filtrlarini mahalliy xomashyo asosida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishdan iborat. Ishlab chiqilgan filtrlar kimyoviy hamda mexanik ta’sirlarga o‘ta chidamli bo‘lib, suv tarkibidagi turli moddalar va tuzlarni samarali ushlab qoladi.


#KelajakMuhandislari #ishlanmalar

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍14❤5🤔3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul_2026
 
Qarshi davlat texnika universitetida 2026/2027-oʻquv yili uchun qabul qizgʻin davom etmoqda
 
Kelajagingizga ishonchli qadam qoʻying va zamonaviy bilim hamda amaliy koʻnikmalarni egallash imkoniyatidan foydalaning!
 
🔹 63 ta bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari;
🔹 47 ta magistratura mutaxassisliklari;
🔹 kunduzgi, kechki va masofaviy taʼlim shakllari;
🔹 zamonaviy laboratoriyalar va innovatsion taʼlim muhiti;
🔹 xalqaro hamkorlik va akademik almashinuv dasturlari;
🔹 iqtidorli talabalar uchun keng imkoniyatlar mavjud.

 
❗️ Aziz abituriyentlar! Orzuingizdagi kasbni egallash yoʻlida toʻgʻri tanlov qiling.
  
☎️ Call markaz raqami: +998-75-220-09-24

Qarshi davlat texnika universiteti — kelajak muhandislari, IT mutaxassislari va yuqori malakali kadrlar tayyorlanadigan zamonaviy taʼlim maskani!

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤7👍1
#xizmat_safari

Vazir Oʻzbek-Fransuz universitetining yangi kampusidagi qurilish ishlari bilan tanishdi


Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Oʻzbek-Fransuz universiteti uchun barpo etilayotgan yangi kampusda amalga oshirilayotgan qurilish-taʼmirlash ishlari bilan tanishdi.

Tashrif davomida universitetning zamonaviy taʼlim infratuzilmasini shakllantirish, oʻquv xonalari va talabalar uchun zarur sharoitlarni yaratish boʻyicha olib borilayotgan ishlar koʻzdan kechirildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/203755

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤14👍2👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Uch kun. Yuzlab g‘oyalar. Bitta katta maqsad.

5–7-avgust kunlari “Kelajak muhandislari” respublika ko‘rik-tanlovining final bosqichida “Eng yaxshi g‘oya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” yo‘nalishlarida ishtirokchilar o‘z ishlanmalarini taqdim etib, hakamlar hay’ati oldida o‘z loyihalarini himoya qildilar.

Qizg‘in bahslar, hayajonli daqiqalar, yangi tanishuvlar va unutilmas taassurotlar — tanlovning uch kunlik tafsilotlari bir videoda.

#KelajakMuhandislari #Final

Facebook | Instagram | YouTube |Telegram
❤19👍6👏6🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ortga_qaytmas_islohotlar | 07.08.2026

Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda ilmiy-innovatsion faoliyatning o‘rni va samaradorligi (Buxoro davlat texnika universiteti misolida)

Buxoro davlat texnika universitetida 700 nafarga yaqin professor-o‘qituvchi va 500 dan ortiq doktorant ilmiy izlanish olib bormoqda. Bugungi kunga qadar 100 dan ortiq ixtiro yaratilgan bo‘lib, ularning 40 ga yaqini Buxoro viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga qaratilgan.

Shuningdek, universitetda 1 200 dan ortiq muammoni qamrab olgan “Muammolar banki” shakllantirilib, ular asosida magistr va doktorantlarning dissertatsiya hamda tadqiqot mavzulari belgilangan.

👉🏻 https://bstu.uz/page/qabul_2026

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤14👍6😁3🔥2👏1
#xalqaro_hamkorlik

Oʻzbekiston va Yaponiya oliy taʼlim sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi


Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Yaponiyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Kendzi Xirata bilan uchrashdi.

Muloqotda ikki mamlakat oʻrtasida oliy taʼlim, ilm-fan va innovatsiyalar sohalaridagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/203749

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11👍5👏1
“Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovi gʻoliblariga tabrik

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤10👍3👏2🔥1
Prezident sovrini uchun “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovining taqdirlash marosimi o‘tkazildi

Bugun “Humo Arena” majmuasida mamlakatimizda ilk bor o‘tkazilgan Prezident sovrini uchun “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tanlov g‘oliblariga tabrigini o‘qib eshittirildi.

Tanlovning tuman va shahar bosqichida 124 ming nafardan ziyod yoshlar o‘z iste’dod va qobiliyatlarini namoyon etdi. Tanlov ko‘plab maktab bitiruvchilari hayotida yangi sahifa ochib, 22 ming nafar yigit-qiz uchun ishlash, ta’lim olish va mehnat bozorida o‘z o‘rnini topish imkoniyatini yaratdi. Yakunlarga ko‘ra, o‘nta kasb yo‘nalishida eng yuqori natijaga erishgan 120 nafar ishtirokchi g‘olib va sovrindor deb topildi.

Tabrikda tanlov g‘oliblari va yuqori natija ko‘rsatgan ishtirokchilar orasidan O‘zbekiston terma jamoasini shakllantirib, ularni “WorldSkills International” xalqaro kasbiy mahorat musobaqasida munosib ishtirok etishga tayyorlashni hozirdan boshlash zarurligi qayd etildi. Bu maqsadda eng kuchli mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb etish, jamoani zamonaviy uskunalar va o‘quv-mashq bazasi bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Davlatimiz rahbarining qutlovida butun O‘zbekiston yoshlariga xalqimizning yuksak ishonchini oqlash uchun doimo izlanish, yangi bilim va texnologiyalarni egallash, xorijiy tillarni o‘rganish hamda o‘z kasbining eng ilg‘or mutaxassisi bo‘lib yetishish da’vati yangradi.
Ular o‘z mehnati, bilimi va ko‘nikmalari bilan mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib, Yangi O‘zbekistonni bunyod etadigan oltin avlod bo‘lib yetishishiga ishonch bildirildi.

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
❤26👍4🔥1👏1😁1