Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Prezident sovrini uchun “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovining taqdirlash marosimi o‘tkazildi

Bugun “Humo Arena” majmuasida mamlakatimizda ilk bor o‘tkazilgan Prezident sovrini uchun “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tanlov g‘oliblariga tabrigini o‘qib eshittirildi.

Tanlovning tuman va shahar bosqichida 124 ming nafardan ziyod yoshlar o‘z iste’dod va qobiliyatlarini namoyon etdi. Tanlov ko‘plab maktab bitiruvchilari hayotida yangi sahifa ochib, 22 ming nafar yigit-qiz uchun ishlash, ta’lim olish va mehnat bozorida o‘z o‘rnini topish imkoniyatini yaratdi. Yakunlarga ko‘ra, o‘nta kasb yo‘nalishida eng yuqori natijaga erishgan 120 nafar ishtirokchi g‘olib va sovrindor deb topildi.

Tabrikda tanlov g‘oliblari va yuqori natija ko‘rsatgan ishtirokchilar orasidan O‘zbekiston terma jamoasini shakllantirib, ularni “WorldSkills International” xalqaro kasbiy mahorat musobaqasida munosib ishtirok etishga tayyorlashni hozirdan boshlash zarurligi qayd etildi. Bu maqsadda eng kuchli mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb etish, jamoani zamonaviy uskunalar va o‘quv-mashq bazasi bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Davlatimiz rahbarining qutlovida butun O‘zbekiston yoshlariga xalqimizning yuksak ishonchini oqlash uchun doimo izlanish, yangi bilim va texnologiyalarni egallash, xorijiy tillarni o‘rganish hamda o‘z kasbining eng ilg‘or mutaxassisi bo‘lib yetishish da’vati yangradi.
Ular o‘z mehnati, bilimi va ko‘nikmalari bilan mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib, Yangi O‘zbekistonni bunyod etadigan oltin avlod bo‘lib yetishishiga ishonch bildirildi.

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
❤26👍4🔥1👏1😁1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sun’iy intellekt va lazer texnologiyasi asosida uchuvchisiz uchish apparatlariga (UAV) qarshi kurashuvchi yangi tizim taqdim etildi

«Kelajak muhandislari» respublika koʻrik-tanlovi doirasida yosh ixtirochi-muhandis Ikromjon Moʻydinjonov tomonidan ARGUS-SYS anti-UAV tizimi loyihasi taqdim etildi.

Ushbu zamonaviy ishlanma uchuvchisiz uchish apparatlarini (dronlarni) tez va samarali neytrallashtirishga qaratilgan. Tizim YOLOv8 AI algoritmi va optik uzatgichlar yordamida dronlarni avtomatik aniqlaydi hamda nishonga oladi. 500W quvvatli (405 nm) lazer nuri orqali 1000 metrdan ortiq masofada 2 soniyadan kam vaqt ichida nishonni bartaraf etadi.


#KelajakMuhandislari #Ishlanmalar

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍17🎉9❤6😱3😁2
Nagaoka texnologiya universitetining O‘zbekistondagi vakolatxonasi ochildi

Joriy yilning 7-avgust kuni Toshkent davlat texnika universitetida Nagaoka texnologiya universitetining O‘zbekistondagi vakolatxonasini ochish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Yaponiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Kenji Xirata, JICAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Kan Sakay, Nagaoka texnologiya universiteti Prezidenti Shigexaru Kamado, universitetning xalqaro strategiya bo‘yicha vitse-prezidenti Yukio Miyashita, TDTU rektori, akademik Sadritdin Turabdjanov boshchiligidagi oliygoh rahbariyati ishtirok etdi.

Batafsil: tdtu.uz

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegramл
❤18👍6😁5😱2🤔1
“Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” tanlovining taqdirlash marosimida 10 ta kasb yo‘nalishi bo‘yicha maxsus pavilyonlar namoyish etildi

Taqdirlash marosimi doirasida mehnat bozorida eng yuqori talabga ega bo‘lgan 10 ta ustuvor kasb yo‘nalishiga bag‘ishlangan maxsus pavilyonlar tashkil etildi. Ushbu ko‘rgazmali maydonchalar barcha mehmonlarga har bir sohaning amaliy ish jarayoni, qo‘llaniladigan zamonaviy texnologiyalar hamda yosh mutaxassislarning salohiyati bilan bevosita tanishish imkonini berdi.

Ko‘rgazmali pavilyonlarda tanlovning asosiy yo‘nalishlari:
👨‍🔧 Elektromontaj;
👷‍♂️ Payvandlash texnologiyasi;
🚰 Santexnika;
🩺 Tibbiy va ijtimoiy g‘amxo‘rlik;
🏗 Quruq qurilish va suvoq ishlari;
✂️ Sartaroshlik;
🚗 Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish;
👗 Moda texnologiyalari;
👨‍🍳 Oshpazlik;
👨‍💻 Kompyuter grafikasi sohalari keng taqdim etildi.


Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤21👍6🤔2🔥1