Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.71K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
🖥 Akademik litseylarga kirish test sinovlari bo‘yicha apellyatsiya arizalarini ko‘rib chiqish jarayoni boshlandi

✅ 2026/2027-o‘quv yili uchun akademik litseylariga kirish test sinovi natijalaridan norozi bo‘lgan va belgilangan tartibda my.edu.uz platformasi orqali apellyatsiya shikoyati bergan talabgorlarning murojaatlari 2026-yil 14-avgust kuni ko‘rib chiqiladi.

ℹ️Apellyatsiya o‘tkaziladigan joy, sana va vaqt har bir abituriyentning my.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabinetida ko‘rsatilgan.

‼️ Eslatma: Ariza bergan talabgorlar 14-avgust kuni belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va abituriyent ruxsatnomasi bilan Bilimni baholash agentligiga kelishlari shart.

Bizni kuzating!

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤18👍4🎉1
#Seminar #KasbiyTalim

Paxta terimi mavsumiga tayyorgarlik: mexanizatorlar uchun o‘quv kurslari tashkil etildi


2026-yilgi paxta terimi mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda paxta terish mashinalari mexanizatorlari uchun maxsus o‘quv kurslari o‘tkazilmoqda.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamkorligida o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlarda ishtirokchilarning zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalarini boshqarish, ulardan samarali foydalanish, texnik xizmat ko‘rsatish va mehnat xavfsizligi bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalari oshirilmoqda.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/204789

👉На русском
👉In English


Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤14👍2🔥1👏1
O‘zDJTUda yangi talabalar turar joyi qurilishi yakuniy bosqichda

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida davlat-xususiy sheriklik asosida barpo etilayotgan 1 100 o‘rinli yangi talabalar turar joyidagi qurilish jarayonlarini ko‘zdan kechirdi.

Tashrif davomida binodagi qurilish va pardozlash ishlari, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari hamda namunaviy xonada talabalar uchun yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishildi.

Obyektni sifatli va xavfsiz yakunlash, belgilangan talablar asosida foydalanishga tayyorlash hamda talabalar uchun qulay yashash va ta’lim olish muhitini yaratishga alohida e’tibor qaratildi.

Batafsil...

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤15👍7😁3🤩2😱1
#Dayjest #Qabul #Texnikum

Oliy ta’lim muassasalarida texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan
bitiruvchilarni bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining 2-bosqichiga suhbat asosida qabul qilish jarayonlari davom etmoqda

⏩Andijon davlat texnika instituti;
⏩Toshkent davlat tibbiyot universiteti;
⏩Samarqand davlat tibbiyot universiteti;
⏩Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali;
⏩Toshkent davlat yuridik universiteti;
⏩Jizzax davlat pedagogika universiteti;
⏩Andijon davlat tibbiyot instituti;
⏩Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti;
⏩Urganch davlat universiteti;
⏩Urganch davlat pedagogika instituti;
⏩Jizzax politexnika instituti;
⏩Farg‘ona davlat universiteti;
⏩Buxoro davlat pedagogika instituti;
⏩Buxoro davlat universiteti;
⏩Qoraqalpoq davlat universiteti;
⏩Qo‘qon davlat universiteti;
⏩Samarqand davlat pedagogika instituti.


Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9
Yosh olima ayollar uchun maxsus loyiha

🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan “Yoshlar va ilm-fan” jurnali yosh tadqiqotchi xotin-qizlar o‘rtasida “Women in science” tanlovini e’lon qildi. Unda barcha xotin-qizlar o‘z maqolalari bilan ishtirok etishlari mumkin.

Maqolalar @yoshlar_ilm_fan_bot manzili orqali quyidagi yo‘nalishlarda qabul qilinadi:

↪️Texnika fanlari;
↪️Tabiiy fanlar;
↪️Ijtimoiy-gumanitar fanlar.

🏆 Tanlov doirasida saralangan eng yaxshi maqolalar bepul nashr etiladi hamda g‘oliblar sertifikat va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

⬇️Qabul muddati: 2026-yil 25-avgustgacha

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤13👍11🔥7🤩3