Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.71K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Mustaqillik35 #Olima_ayollar

O‘zbekistonlik olimaning innovatsion ishlanmasi KIWIE-2026 xalqaro tanlovida oltin medal bilan taqdirlandi


Namangan davlat texnika universiteti professori Ozoda Abdullayeva Janubiy Koreyaning Seul shahrida bo‘lib o‘tgan “Koreya xalqaro ixtirochi ayollar ko‘rgazmasi” — KIWIE-2026 xalqaro tanlovida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

KIWIE — dunyoning turli mamlakatlaridan xotin-qiz ixtirochi va innovatorlarni birlashtiruvchi nufuzli xalqaro tanlovlardan biri bo‘lib, unda zamonaviy ilmiy-texnik ishlanmalar va innovatsion g‘oyalar xalqaro ekspertlar tomonidan baholanadi.


Tanlovning rasmiy natijalariga ko‘ra, professor Ozoda Abdullayeva tomonidan taqdim etilgan “Motocognition” innovatsion ishlanmasi Oltin medal bilan taqdirlandi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/205678

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤35👏13👍8🔥6
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining axborot hamkori “O‘zbekiston talabasi” jurnalining iyun sonini mutolaa uchun taqdim etamiz.

Mazkur sondan:
— Yalovbardorlar hamrohi
— OTFIV: Iyun sarhisobi
— "Bolajon xalq" haqida o‘ylar
— Kutubxonalarni "jonlantirish" yo‘li
— Toshkent davlar tibbiyot universiteti: innovatsion tajribalar amaliyotda
— Sun’iy go‘zallik qurbonlari
— "Olis qit’adagi o‘ylar
— "Shum bola": hazil tagidagi zil
— Noma'lum ayol
— Bitiruvchidan tashakkurnoma yoxud Amir Olimxon avlodi emasman
— "Siyosatchi bo‘lish uchun "vaznim" yetmadi..."
— "Farz"dan qarzmiz

va boshqa maqolalar o‘rin olgan.


👉Jurnal
👉PDF shaklini yuklab olish

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
❤11👍4👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul_2026

Green Universityda 2026/2027-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli davom etmoqda

Kelajagingizga ishonchli qadam qo‘ying va barqaror rivojlanish, ekologiya hamda zamonaviy iqtisodiyot yo‘nalishlarida sifatli ta’lim olish imkoniyatidan foydalaning!

➡️4 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi — Ekologiya va davlat boshqaruvi, Atrof-muhit va barqaror boshqaruv, Yurisprudensiya, “Yashil” iqtisodiyot;
➡️7 ta magistratura mutaxassisligi — Barqaror rivojlanish, Ekologik huquq, Sirkulyar iqtisodiyot, Barqaror turizm, Barqaror moliya va boshqa yo‘nalishlar;
➡️zamonaviy va fanlararo ta’lim muhiti;
➡️barqarorlik va iqlim yechimlariga yo‘naltirilgan ta’lim;
➡️akademik va ilmiy-tadqiqot imkoniyatlari;
➡️milliy va xalqaro hamkorlar bilan hamkorlik;
➡️O‘zbekistonlik talabalar uchun 100 ta grant imkoniyati mavjud.

❗️Talab etiladi: xorijiy til bo‘yicha B2 darajadagi sertifikat yoki Green University ichki imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tish.

Aziz abituriyentlar! Zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallash, kelajak kasbingizni puxta tanlash hamda barqaror kelajak qurish yo‘lida Green University imkoniyatlaridan foydalaning!

👉 Hoziroq ariza topshiring

✉️ info@greenuniversity.uz
☎️ +998 55 512 00 77
📍Location

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤13😁2😱2🔥1🎉1
“Raqamli avlod” onlayn IT oromgohiga roʻyxatdan oʻtish boshlandi

🚀Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tashkil etilayotgan “Raqamli avlod” onlayn IT oromgohiga roʻyxatdan oʻtishga start berildi.

Loyiha yoshlarning raqamli texnologiyalar sohasidagi bilimlarini mustahkamlash, amaliy koʻnikmalarini rivojlantirish hamda zamonaviy kasblarni egallashiga koʻmaklashishni maqsad qilgan.

🖥 Dastur doirasida ishtirokchilar quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha bilimlarini mustahkamlash imkoniyatiga ega boʻladilar:
🔹 Vibe Coding;
🔹 Prompt Engineering (AI);
🔹 Sunʼiy intellekt;
🔹 Data Science;
🔹 Kiberxavfsizlik;
🔹 UI/UX;
🔹 AI Agent texnologiyalari.


🔗 Roʻyxatdan oʻtish
⏳ Imkoniyatni qoʻldan boy bermang. Onlayn IT oromgohida ishtirok etish uchun hoziroq roʻyxatdan oʻting.

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9😱2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oliy ta’limda xalqaro hamkorlik: O‘zbekiston–Xitoy aloqalari yangi bosqichda

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi strategik sheriklik doirasida oliy ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlik izchil rivojlanmoqda.

Bu jarayonda Buxoro davlat universitetining Xitoyning yetakchi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan akademik mobillik, qo‘shma ta’lim dasturlari, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi hamda qo‘shma ilmiy loyihalar yo‘nalishidagi hamkorligi alohida o‘rin tutadi. Shuningdek, BuxDUda Xitoy tili va madaniyati markazi faoliyati yo‘lga qo‘yilib, talaba-yoshlar uchun yangi xalqaro ta’lim imkoniyatlari yaratilmoqda.

#Xalqaro_hamkorlik #BuxDU #Xitoy

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1❤15🔥9🤩8😁7🎉4
🇹🇷Kelajagingizni Turkiyaning nufuzli universitetlari bilan birga quring!

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan tashkil etilgan Turkiy Davlatlar Xalqaro universitetida 2026/2027-oʻquv yili uchun qabul davom etmoqda.

🎓 Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari:
☑️Davolash ishi;
☑️Kompyuter injiniringi;
☑️Elektr muhandisligi;
☑️Oziq-ovqat texnologiyasi;
☑️Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish;
☑️Neft va gaz ishi;
☑️Kimyo muhandisligi;
☑️Geologiya-qidiruv ishlari texnikasi va texnologiyasi;
☑️Telekommunikatsiya texnologiyalari.


➡️Universitetda dual diplom dasturi (1 ta taʼlim — 2 ta xalqaro diplom), zamonaviy talabalar turar joyi va 50 ta davlat granti kabi imkoniyatlar mavjud.

DTM imtihonlarida 60 va undan yuqori ball toʻplagan abituriyentlar universitetga imtihonlarsiz qabul qilinishi mumkin.

☎️ Telefon: +998 71 230 74 74
📍Manzil: Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Kichik halqa avtomobil yoʻli koʻchasi, 3A-uy.

#Qabul_2026

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤13👍3🔥2😱1
🇺🇿🇯🇵O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov Yaponiya Yer, infratuzilma, transport va turizm vaziri o‘rinbosari Sasaki Hajime boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Muloqot davomida ikki davlat o‘rtasida ilm-fan, texnologiyalar va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikning bugungi holati hamda uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Batafsil...

👉 На русском
👉 In English

#Xalqaro_hamkorlik #Yaponiya

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤10👍2🔥2🤔1😱1
#diqqat_tanlov

📢 “Bolalar uchun eng yaxshi badiiy asar” respublika ijodiy tanlovi e’lon qilinadi!

Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti hamkorligida bolalar va o‘smirlar uchun mazmunan boy, tarbiyaviy ahamiyatga ega, zamonaviy va qiziqarli badiiy asarlar yaratishni rag‘batlantirish maqsadida “Bolalar uchun eng yaxshi badiiy asar” respublika ijodiy tanlovi tashkil etilmoqda.

📚 Badiiy asarlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha qabul qilinadi:

— Oila va insoniy qadriyatlar;

— Vatan, mahalla va jamiyat;

— Ustoz, maktab va ta’lim;

— Tabiat, texnologiya va kelajak;

— Orzular va kelajakdagi kasblar.


Tanlov uchun 6–10, 11–14 hamda 15–17 yoshdagi bolalar va o‘smirlarga mo‘ljallangan badiiy asarlar taqdim etilishi mumkin.

🏆 G‘oliblar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.


Eng yaxshi deb topilgan asarlar esa maxsus to‘plam shaklida nashr etiladi.

📌 Batafsil shartlar, asarlarni taqdim etish tartibi va muddatlari tez orada e’lon qilinadi.

📤 Tanlov uchun ijodiy ishlarni yuborish: @trm_hikoya_yuborish_bot

☎️ +998 55 519-02-02

Balki bolalar kutayotgan eng yaxshi badiiy asarni aynan siz yozarsiz.

Bolalarimiz eng yaxshi asarlarga munosib!

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤28🎉2😱1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#no_comment

Ayni paytda Toshkentdagi “Hilton Tashkent City“da oliy ta’lim xizmatlarini rivojlantirish, ta’lim dasturlari sifatini oshirish, ta’limda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va bitiruvchilar bandligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boshlanish arafasida.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍23❤11🥰5👏1🤔1
#Qonunchilik_yangiliklari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi.

Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi.

Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi.

Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan:

– Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi;

– Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi.

Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi:

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash;

– Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish;

– Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish;

– aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish;

– qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash;

– Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish;

– Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar.

Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan.

Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi.

Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi.

Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda.

Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤27🥰1