Edu.uz
✔
144K subscribers
40.5K photos
7.76K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mustaqillik_tengdoshim

Mustaqillik bilan tengdosh, yurtimiz taraqqiyoti bilan hamnafas bo‘lib voyaga yetayotgan yoshlarimiz — bugungi islohotlarning munosib davomchilaridir

Urganch davlat universitetining Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i, mustaqil tadqiqotchi G‘ulomjon Otajonov hamda Biologiya kafedrasi o‘qituvchisi, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Umida Avezovaning “O‘zbekiston24” telekanalidagi “Ortga qaytmas islohotlar” ko‘rsatuvida ishtirok etib, o‘z fikr va mulohazalari bilan chiqishdi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤15👍3🔥2
#xizmat_safari #Xorazm

Vazir Urganch davlat universitetining yangi yotoqxonasi bilan tanishdi

15-avgust kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Xorazm viloyatiga xizmat safari doirasida Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova hamrohligida Urganch shahridagi Al-Xorazmiy majmuasi hududida DXSh asosida barpo etilayotgan 400 o‘rinli yangi talabalar turar joyida bo‘ldi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/206605

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👏12❤6🤔2👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri bilan suhbat

📺 “UzReport TV” telekanalining 14-avgust kungi efirida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov bilan bu yilgi qabul jarayonlari, ta’lim sifati, talabalar uchun yotoqxonalar, oliy ta’limdagi yangilanishlar va boshqa dolzarb mavzularda suhbat bo‘lib o‘tdi.

Suhbat davomida boshlovchi Gulnoza Husanova ta’kidlaganidek, Qo‘ng‘irotboy Sharipov “UzReport TV” studiyasiga tashrif buyurgan ilk vazir bo‘ldi.

🎥 Suhbatni to‘liq tomosha qiling:

🌐 YouTube: https://youtu.be/PmbnFisA6sI
🌐 Facebook: https://www.facebook.com/share/v/186Dy6pc7h/

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14❤12🔥3🎉1
#vazir_tabrigi

Aziz yoshlar!


2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga yakuniy tanlov natijalari — mandat e’lon qilindi.

Avvalo, talabalikka tavsiya etilgan barcha yoshlarni ushbu quvonchli kun bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!

Bugun sizlar hayotingizdagi eng muhim va unutilmas kunlardan birini boshdan kechirmoqdasiz. Sizning bu natijangiz ortida yillar davomidagi izlanish, mehnat, ustozlaringizning sabog‘i va ota-onangizning ishonchi turibdi. Bu yutuq — nafaqat sizning, balki sizni qo‘llab-quvvatlagan oilangiz va ustozlaringizning ham quvonchidir.

Endi oldingizda yangi, yanada mas’uliyatli bosqich — talabalik davri turibdi. Oliy ta’lim dargohida sizlarni yangi bilimlar, yangi do‘stlar, yangi imkoniyatlar va katta maqsadlar kutmoqda. Tanlagan yo‘nalishingizni chuqur egallab, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishingiz, kelajakda mamlakatimiz rivojiga munosib hissa qo‘shadigan malakali mutaxassis bo‘lib yetishishingizga ishonaman.

Shu bilan birga, talabalikka tavsiya etilmagan yoshlarimiz uchun ham imkoniyatlar eshigi ochiq. Yurtimizning barcha hududlarida faoliyat yuritayotgan texnikumlarda ta’lim olish va zamonaviy kasb egallash imkoniyati mavjud.

Barcha yangi talabalarni yana bir bor samimiy muborakbod etaman!

Sizlarga mustahkam sog‘liq, katta marralar, ilm yo‘lida muvaffaqiyat va yorqin kelajak tilayman!

Talabalik baxti muborak bo‘lsin!

Qo‘ng‘irotboy Sharipov,
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤64👍18🔥15🎉8👏6
#Xalqaro_ilmiy_amaliy_konferensiya

Xalqaro konferensiya kun tartibida: oliy taʼlimning xalqaro raqobatbardoshligi, taʼlim sifati va bitiruvchilar bandligi


14-avgust kuni bo'lib o'tgan хalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasida 2026/2027-o‘quv yilini samarali tashkil etish, xalqaro reyting agentliklari bilan ishlash, xorijiy talabalarni jalb etish va oliy ta’limda raqamli xizmatlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Oliy ta’lim tashkilotlarining xalqaro reytinglardagi ishtirokini kuchaytirish, xorijiy talabalarni jalb etish mexanizmlarini takomillashtirish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ilgari surildi.

Tadbir doirasida O‘zbekistonning ta’lim imkoniyatlarini xorijda targ‘ib qilish va hamkorlik aloqalarini rivojlantirish maqsadida Ozarbayjon va Qozog‘iston bilan hamkorlik memorandumlari imzolandi.

Xususan, Ozarbayjonda “O‘zbekistonda o‘qish” tashabbusini keng targ‘ib qilish, xorijiy talabalarni O‘zbekiston oliy ta’lim tashkilotlariga jalb etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Shuningdek, xalqaro konferensiya ishtirokchilari O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, markazda amalga oshirilayotgan ishlar, ilmiy-ma’rifiy loyihalar hamda islom sivilizatsiyasining boy ilmiy va madaniy merosini targ‘ib etishga qaratilgan faoliyat bilan tanishdilar.


Mazkur tashabbuslar O‘zbekiston oliy ta’limining xalqaro nufuzini oshirish, xorijiy hamkorlik geografiyasini kengaytirish va ta’lim xizmatlarini xalqaro maydonda targ‘ib qilishga xizmat qiladi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤13👏5🔥3