Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.71K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Xalqaro_ilmiy_amaliy_konferensiya

Xalqaro konferensiya kun tartibida: oliy taʼlimning xalqaro raqobatbardoshligi, taʼlim sifati va bitiruvchilar bandligi


14-avgust kuni bo'lib o'tgan хalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasida 2026/2027-o‘quv yilini samarali tashkil etish, xalqaro reyting agentliklari bilan ishlash, xorijiy talabalarni jalb etish va oliy ta’limda raqamli xizmatlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Oliy ta’lim tashkilotlarining xalqaro reytinglardagi ishtirokini kuchaytirish, xorijiy talabalarni jalb etish mexanizmlarini takomillashtirish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ilgari surildi.

Tadbir doirasida O‘zbekistonning ta’lim imkoniyatlarini xorijda targ‘ib qilish va hamkorlik aloqalarini rivojlantirish maqsadida Ozarbayjon va Qozog‘iston bilan hamkorlik memorandumlari imzolandi.

Xususan, Ozarbayjonda “O‘zbekistonda o‘qish” tashabbusini keng targ‘ib qilish, xorijiy talabalarni O‘zbekiston oliy ta’lim tashkilotlariga jalb etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Shuningdek, xalqaro konferensiya ishtirokchilari O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, markazda amalga oshirilayotgan ishlar, ilmiy-ma’rifiy loyihalar hamda islom sivilizatsiyasining boy ilmiy va madaniy merosini targ‘ib etishga qaratilgan faoliyat bilan tanishdilar.


Mazkur tashabbuslar O‘zbekiston oliy ta’limining xalqaro nufuzini oshirish, xorijiy hamkorlik geografiyasini kengaytirish va ta’lim xizmatlarini xalqaro maydonda targ‘ib qilishga xizmat qiladi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤13👏5🔥3
#dual_taʼlim #energetika

Energetika sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlashda dual ta’limga e’tibor kuchaytirilmoqda

Farg‘ona davlat texnika universiteti hamda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ o‘rtasidagi hamkorlik doirasida ta’lim va ishlab chiqarish jarayonlarini uzviy bog‘lashga qaratilgan dual ta’lim tizimini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Mazkur tizim asosida 3–4-bosqich talabalari nazariy bilimlarini bevosita ishlab chiqarish jarayonlarida mustahkamlash, zamonaviy energetika obyektlarida amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda kelgusidagi kasbiy faoliyatiga zarur kompetensiyalarni shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Batafsil...

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤20😁4👍2
Buxoroda akademiklar va yosh olimlar ishtirokida ilmiy muloqotlar o‘tkazildi

Buxoro davlat universiteti hamda Buxoro davlat texnika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining taniqli olimlari va akademiklari ishtirokida ilmiy-ma’rifiy uchrashuvlar tashkil etildi.

Ilmiy muloqotlarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti akademigi O‘tkir Roziqov, S.Azimov nomidagi Fizika-texnika instituti bosh ilmiy xodimi, fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik Qodir G‘ulomov, iqtisod fanlari doktori, professor, akademik Qalandar Abdurahmonov hamda huquqshunoslik fanlari doktori, professor, akademik Akmal Saidov ishtirok etdi.

Akademiklar Buxorodagi oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyati, ta’lim-tadqiqot faoliyati va rivojlanish loyihalari bilan tanishib, ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuchaytirish hamda ilmiy maktablarni rivojlantirish yuzasidan fikr almashdilar.

Bunday muloqotlar yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash va ilmiy salohiyatni oshirishga xizmat qilmoqda.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤17👍6🔥3